• Cho‘qintirish (kreщenie – s
  • Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/132
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,47 Mb.
    #139490
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   132
    Bog'liq
    Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

    3. Xristianlik marosimlari. Xristianlikda sirli marosimlar (tainstva) katta o‘rin 
    egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko‘ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga 
    alohida savoblar nozil bo‘ladi. Ularning “sirli marosim” deb atalishiga sabab 
    xristianlik aqidasiga ko‘ra bu amallar bajarilayotgan vaqtda Muqaddas Ruh ham 
    qatnashadi. Bu marosim va bayramlar barcha xristian yo‘nalishlarida mavjud, faqat 
    ularni amalga oshirish shakli va o‘tkazilish vaqti turlicha. 
    Cho‘qintirish (kreщenie – suvga botirish). Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, 
    cho‘qintirish orqali kishi dinga qabul qilinadi, ya’ni cherkov a’zosiga aylanadi. 


    61 
    Bu marosim insonni uch marotaba suvga botirish yoki boshidan suv quyish 
    bilan birga, ruhoniy tomonidan maxsus so‘zlarni aytish orqali amalga oshiriladi. 
    Injilga ko‘ra, cho‘qintirish va Muqaddas ruhning kelishi osmondan tug‘ilishning 
    maxsus shartlaridan biridir. Uning asosi sifatida Injildan misollar keltiriladi: “Iso 
    javob berdi: “Senga to‘g‘risini aytay, agar kim suvdan va Ruhdan tug‘ilmas ekan, 
    Xudo saltanatiga kirmaydi” (Ioanndan, 3:5). 
    Suvga botirish marosimi birinchi bo‘lib Ioann tomonidan amaliyotda 
    qo‘llangan. Shu kabi amaliyot Tavrotda aytib o‘tilgan “prozema”, ya’ni 
    “butparastlarni dinga kiritish marosimi”ga o‘xshab ketadi. Unda erkaklar dinga 
    kirishi uchun xatna qilinishi kerak bo‘lsa, ayollar uchun esa faqat diniy ritualni 
    bajarish marosimi shart qilingan. 
    Xristianlikning har bir yo‘nalishida cho‘qintirish marosimi turlicha talqin 
    etiladi. Pravoslav va katolik cherkovlarida cho‘qintirish sirli marosim sifatida e’tirof 
    etiladi. Bu hodisa Ioann cho‘qintiruvchining faoliyati ya’ni Iordan daryosida uning 
    oldiga keluvchi insonlarni suvda tozalanishi, yomon illatlarni qayta qilmasliklari, 
    Masihni toza qalb bilan kutib olish maqsadida amalga oshirilgan. Masih kelishini 
    Ioann targ‘ib qilgan, cherkov nuqtai nazaridan cho‘qintirish paytida inson hayotda 
    shahvoniy jihatdan o‘lib, Muqaddas Ruh tomonidan ma’naviy hayotga qayta 
    tiriltiriladi degan aqida mavjud. Marosim vaqtida inson nafaqat barcha qilgan 
    gunohlaridan poklanadi, shu jumladan, gunohlaridan ma’naviy forig‘ bo‘ladi. 
    Suv yordamida “o‘ldirish, jonsizlantirish” – mavjud bo‘lgan qusurlardan 
    tozalanish hisoblanadi. Albatta u mutlaq poklanish bo‘lmasada, to‘xtovsiz 
    yovuzlikni, yomonlikni to‘xtatadi, deb ta’kidlanadi. Rim nomalarida bu haqda 
    shunday yoziladi: “Cho‘qintirilayotgan Iso bilan birga o‘lib, u bilan birga abadiy 
    hayotda tiriladi. Shunday qilib biz cho‘qintirilib u bilan birgalikda o‘limga dafn 
    qilindik, zeroki Ota nomi bilan Iso o‘liklardan tirilgani kabi, biz ham yangilangan 
    hayotda yashaymiz” (Rim, 6:4). 
    Cho‘qinishdan so‘ng inson gunoh ishlarni qilsa u Xudoning marhamatidan voz 
    kechgan bo‘ladi: “Agar Xudoni anglab, bizning xaloskorimiz Isoni tan olib turib, 
    eski yillariga, eski xolatiga qaytsalar, buning oxiri avvalgidan ham og‘irroqdir” (2 
    Petr, 2:20). 
    Cho‘qintirish marosimi xristian dinining eng muhim va asosiy marosimlaridan biridir. Bu 
    marosim asosan cherkovda o‘tkaziladi. Xristianlar e’tiqodiga ko‘ra, inson tug‘ma gunohkor bo‘lib 
    tug‘iladi va undan forig‘ bo‘lish uchun muqaddas suv yordamida poklanadi. Shundan so‘ng 
    poklangan bola cherkov a’zoligiga qabul qilinadi.
    Cho‘qintirishga o‘xshagan marosim qadimgi Hindiston, Rim, Misr, Kichik Osiyo va boshqa 
    davlatlar hududlarida yashagan xalqlar orasida ham mavjud bo‘lgan. Xristianlikda cho‘qintirish 
    marosimi milodning I asri oxirlarida paydo bo‘lgan. IV asrda birinchi xristian jahon soborining 
    qaroriga muvofiq, bu marosim har bir xristian uchun majburiy deb e’tirof etilgan va “e’tiqod 
    ramzi” sifatida qabul qilingan. Shu vaqtdan boshlab “cho‘qintirilgan” so‘zi “xristian” degan so‘z 
    bilan teng ma’no kasb eta boshlagan. 
    Xristianlar boshqa dindagi hamma kishilarni “cho‘qinmaganlar” (“Isoni tanimaganlar”) deb 
    atay boshlaganlar. Cho‘qintirish marosimini tartibga solish maqsadida Qadimgi Karfagen 
    cherkovi ishlab chiqqan 124 qoidadan birida ushbu normalar belgilangan: “Go‘daklar va yangi 
    tug‘ilgan chaqaloqlarni cho‘qintirmaganlarga la’nat bo‘lsin”. 


    62 
    Pravoslov yo‘nalishida cho‘qintirish marosimi asosan yangi tug‘ilgan chaqaloqqa 
    o‘tkaziladi. Ota-ona o‘z farzandlarining diniy bilimiga mas’ul bo‘lib, cho‘qintirilayotgan bola 
    e’tiqodiga kafil hisoblanadilar. Cho‘qintirilayotgan bola o‘g‘il bo‘lsa, uni erkak kishi ko‘taradi, 
    agarda qiz bo‘lsa, ayol kishi tomonidan amalga oshiriladi. Bu holatda rohib ota-ona vazifasini 
    bajara olmaydi. Qadimda cho‘qintirish marosimini voyaga etganlar qalban his qilgandagina 
    o‘tkazilgan.
    Xristianlikning ilk davrida ba’zilar go‘daklarni gunohsiz deb bilib, agar olamdan o‘tsa 
    jannatga tushadi, shu sababli ularni go‘daklikda cho‘qintirish shart emas deb hisoblaganlar. 
    Boshqalar esa bolani cho‘qintirish lozimligini takidlaganlar. Ko‘p insonlar cho‘qintirish 
    marosimini juda ham ortga surganlar. Ba’zilar o‘limi oldidan bu marosimni o‘tkazganlar. Toki 
    ular umr mobaynida qilib o‘tgan gunohlaridan shu yo‘l bilan poklanib ketmoqchi bo‘lar edilar. 
    Shuning uchun cherkov bu an’anaga qarshi chiqib, go‘dak tug‘ilgan kundan boshlab sakkiz kun 
    ichida bu marosimni bajarish lozimligini talab darajasiga ko‘targan. 

    Download 1,47 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   132




    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

    Download 1,47 Mb.
    Pdf ko'rish