33
tridandina, smart, dandi, lingachilar, yoglar maktra, shakta va boshqa oqimlar bo’lib,
xalq orasida Shivaning bir ming sakkizta nomi mavjud.
Vishnu. Hozir Hindistonda birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi ilohdir.
Rigvedada u quyosh xudosi – birinchi darajali xudo hisoblanib, ibodat paytida uni
Savitar Roxita, Surya, Audita nomlari bilan ataydilar. U “Krishna bilan qo’shilib
yarim inson, yarim xudo shaklidagi qahramon deb tan olinadi”.
“Mahobxorat” va “Ramayana” dostonlarida “Avatara” – insonning Vishnuga
qo’shilib ketishi haqida so’z yuritiladi. Vishnu ba’zida to’rtqo’lli qilib tasvirlanadi.
Vishnu hech qachon inson va hayvonni qurbonlik qilishlarini talab qilmagan.
Krishna murakkab obraz bo’lib u haqda olov, chaqmoq, momaqaldiroq,
osmon, quyosh bilan bog’liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, engilmas
qahramon sifatida ta’riflanadi.
Vishnuizm bayramlari turli-tuman bo’lib, ular bir necha kunlarga cho’zilib
ketadi. Ular duolar o’qish, ta’zim bajo keltirish, ommaviy diniy marosimlarda
qatnashish, hadya, qurbonliklar atash, ibodatxona yaqinidagi yoki ichidagi
hovuzlarda cho’milish kabilar bo’lgan. Bu marosimlar faqat ruhoniylar
boshchiligida bajariladi. Sigir muqaddas hayvon hisoblanganligi uchun u xudolar
qatorida e’zozlanadi. U keyinchalik “tirik but”ga aylanib, Shivaning ma’budlik
o’rnini to’ldirdi. Vishnuizmda muqaddas hayvon maymun bo’lib Rigvedada
“Vrishakani (erkak maymun) timsolida Xanumanning timsolini ko’rishimiz
mumkin”,-degan rivoyat keltirilgan. Maymun Ram (Ramayana dostonidagi odam-
xudo) ning ittifoqchisi maymun –xudo Xanumanning vakili sifatida ulug’lanadi.
Hinduiylikda Hindistonning har bir hayvoni xudo yoki xudoning hamrohi deb
e’tiqod qilinadi. Hinduiylikning aqidaviy, marosimiy, ramziy sohalaridagi tizimi
murakkablashib ketadi. Xalq ommasi doirasida hozirda ham sodda, but va ruhlarga
sig’inish davom etmoqda.