Xitoyda Konfutsiylik va daolik ta’limotlarining vujudga kelishi tarixi




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

1. Xitoyda Konfutsiylik va daolik ta’limotlarining vujudga kelishi tarixi. 
Konfutsiylik (Konfustianizm) falsafiy g’oya sifatida maydonga kelgan. 
Uning asoschisi Konfutsiy (Kun Stzi) mil. av. 551 yilda tug’ilib mil. av. 479 yili 
vafot etgan. Konfutsiy otasidan erta ajragan va onasi qo’lida tarbiyalangan. Onasi 
ham ko’p o’tmay dunyodan o’tgan. Konfutsiy ta’lim olib, ilm o’rgangach, 19 
yoshida uylanadi. Yoshlarga ta’lim berishga kirishadi. Yangi ustozning ong haqidagi 
fikrlari, chuqur ma’noli so’zlari mamlakat bo’ylab keng tarqaladi. Konfutsiy 
huzuriga mamlakatning turli mintaqalaridan ilmga chanqoq yoshlar oqib kela 
boshlaydilar. Konfutsiyning 3000 ga yaqin shogirdlari orasida etmish ikki eng 
ko’zga ko’ringan izdoshlari mamlakatning obro’li xonadonlaridan bo’lishi bilan bir 
qatorda kambag’al, oddiy kishilardan ham iborat bo’lgan. Konfutsiy maktabi 
qadimgi Xitoyda asta-sekin katta ta’sir doirasiga aylana bordi. Uning ko’plab 
shogirdlari qadimgi Xitoy podshohliklarida nufuzli mansablarni egalladilar. 
Konfutsiy yoshlar tarbiyachisi va ustozi sifatida keng shuhrat qozonib, ilk Xitoy 
ma’rifatparvari nomiga sazovor bo’lgan bo’lsa, u tomonidan taklif qilingan 
islohotlarning amalga oshirilishida uning aksi bo’ldi.
Konfutsiyning asosiy e’tiborini tortgan narsa o’z zamonasining kamchiliklari 
va aybu nuqsonlari edi.
Oddiy xalqning nochorligi, amaldorlarning cheksiz zulmi, hukmdorlar 
o’rtasidagi o’zaro ziddiyatlar, qadimgi ma’naviy an’ana va qadriyatlardan 
uzoqlashish – bularning hammasi Konfutsiy keskin tanqidiy qarashlarining yuzaga 
kelishiga turtki bo’ldi. Uning fikrlari jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi uchun 
hamma e’tirof qilgan obro’ga ega bo’lish kerak edi. Konfutsiy xuddi ana shu obro’ni 
uzoq o’tmishning yarim afsonaviy obrazlaridan topdi. Konfutsiy vafotidan bir necha 
asr o’tgach, uning o’zi orzu qilganidek, podshohlar dono, amaldorlar fidoiy, xalq esa 
farovon bo’lgan paytda uning ta’limoti xalq hayotining ajralmas bir qismi bo’lib 
ulgurdi. 
Konfutsiy “komil inson” (Цzyun-stzu) xaqidagi g’oyasini yaratdi. Stzyun-stzi 
yuksak ma’naviyatli inson – ikki asosiy xususiyatga ega bo’lishi kerak: insoniylik 
va mas’uliyat (ajdodlar oldidagi qarzni)ni his qilish. Komil inson, eng avvalo, 
ishonchli va fidoiy bo’lishi kerak. U o’zini ayamasdan o’z ishonchiga, o’z 


23 
hukmdoriga, o’z otasi va barcha o’zidan kattalarga xizmat qilishi kerak. Bunday 
inson doimo kamolot sari intilishi zarur.
Konfutsiylikda markaziy o’rinni axloqiy masalalar egallagan.
Diniy masalalar, aqidalarga Konfutsiychilik ancha sovuqqon munosabatda 
bo’lgan. Konfutsiyning o’zi qadimgi Xitoyda keng tarqalgan turli ruhlarga bo’lgan 
ishonch masalasiga shubhali munosabatda bo’lgan. "Lunyuy" (Konfutsiyning 
falsafiy fikrlari va suhbatlari majmuasi, u Konfutsiylikning asosiy manbasi)da 
keltirilishicha, Konfutsiy g’ayritabiiy narsalar va ruhlar to’g’risida gapirishni 
yoqtirmagan. Shuningdek, u taqdir, inson umri, o’lim xaqida so’z yuritishdan 
qochgan. Undan "o’lim nima?" - deb so’raganlarida, u "Biz tiriklik nima ekanligini 
bilmaymiz-u, o’lim nima ekanligini qaerdan bila olar edik"- deb javob bergan ekan. 
Biroq o’sha davrda qadimdan davom etib kelayotgan diniy qadriyatlar, urf-
odatlarga Konfutsiy ehtirom bilan munosabatda bo’lgan. 
Konfutsiyning yana bir asosiy ta’limoti – "Syao" ta’limotidir. Mazkur 
ta’limotga ko’ra inson o’z ota-onasiga munosib bo’lishi haqidagi g’oyani o’zida 
mujassamlashtirgan. Konfutsiy fikricha, inson uchun "Syao"dan muhimroq narsa 
yo’q. "Syao" va "di" (ukaning akaga, kichiklarning kattalarga xurmati) 
insoniylikning asosidir" degan. Undan "Syao"ning asosiy ma’nosi nima, farzandlik 
xizmati qanday bo’lishi kerak, degan savolga Konfutsiy shunday javob bergan: 
"aqlli va ota-onangni boqishga yaroqli bo’lishingdir. Zero, odamlar uylaridagi itlar 
va otlarini ham boqadilar-ku, agar insonlar ota-onalariga ortiq ehtirom 
ko’rsatmasalar hayvonlarni boqishlaridan nima farqi qoladi?". 
"Syao" ta’limotining "Li qonunlari"ga ko’ra farzand ota-ona hayotlik 
chog’ida mutlaqo ularning ixtiyoridadir. To ular dunyodan o’tgunicha o’ziga-o’zi 
egalik qilishga haqli emas. Agar ota-onasi vafot etadigan bo’lsa, farzand qanday ish 
bilan mashg’ul bo’lishidan qat’i nazar, qanday lavozimni egallagan bo’lmasin, 
barcha ishini tashlab 3 yil davomida aza tutishi shart. Konfutsiylikning "Syao" 
ta’limoti asrlar mobaynida Xitoy madaniyati, axloqiy normalariga katta ta’sir 
o’tkazib keldi. Konfutsiylik ta’limotiga ko’ra, oila nikohdan, yoshlarning kelishuvi 
bilan boshlanmaydi. Balki, oila ehtiyojlari uchun nikoh amalga oshiriladi. Konfutsiy 
urf-odatlariga ko’ra, avlodlar o’z ajdodlari ruhi oldida qilishlari zarur bo’lgan barcha 
marosimlarni o’z o’rnida, muntazam ravishda bajarishlari lozim.
Konfutsiy ta’limoti buning aksini, ya’ni “tiriklar o’tganlar oldida 
qarzdordirlar”, degan g’oyani ilgari surdi. Konfutsiy o’zidan oldin jamiyatda mavjud 
o’tganlar ruhlari haqidagi aqidalarni tamoman o’zgartirib yubordi.
Modomiki, tiriklarning asosiy vazifasi o’tganlarni rozi qilish, ularga xizmat 
qilish ekan, butun oila mana shu asosiy g’oyaga xizmat qiluvchi bir jihozni tashkil 
qiladi. Mana shuning uchun ham har bir oila boshliqlari o’z ajdodlari oldidagi 
qarzlarini ado etishlari uchun oila naslini davom ettirishlari kerak. Konfutsiy 
fikricha, dunyodan befarzand o’tish va o’zidan nasl qoldirmaslik nafaqat shu 
insonning yoki shu xonadonning, balki butun jamiyatning fojiasidir. Konfutsiylik 
juda tez muvaffaqiyatga erishmadi. Konfutsiyning o’zi esa, zamondoshlari 
tomonidan tan olinmay vafot etdi. Keyinchalik uning shogirdlariga ham oson 
bo’lmadi.


24 
Garchi Konfutsiychilar o’z ta’limotlarini qadimgi Chjou aqidalariga bog’liq 
urf-odatlar, marosimlar, axloqiy me’yorlar asosiga qurgan bo’lsalar-da, ular mazkur 
aqidalar orasida o’z munosabatlari, qolaversa, har bir masala yuzasidan o’z 
xulosalarini ham berib bayon qilardilar. Mana shu narsa Konfutsiylikning 
muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo’ldi. Undan tashqari, uning muvaffaqiyatiga 
sabab bo’lgan omillardan yana biri – Konfutsiychilarning o’zlari foydalangan 
qadimgi kitoblar, she’rlar, risolalarni yig’ib o’quvchilariga o’rgatganliklaridir. Bu 
ishning asosiy qismi Konfutsiyning o’zi tomonidan bajarilgan edi. U turli 
podshohliklarda mavjud bo’lgan 3 mingdan ortiq qadimiy qo’shiqlar, yozuvlarni 
jamlab, ularni qayta tahrir qilgan. Konfutsiy va uning shogirdlari tomonidan tahrir 
qilingan asarlar keyinchalik Konfutsiylikning asosiy manbalariga aylandi.
Mil. av. IV-III asrlarga kelib Konfutsiy ta’limoti o’z asoschisi davridagidan 
ko’ra ancha keng tarqaldi va katta ta’sir doirasiga ega bo’ldi. Xan sulolasi davriga 
kelib, (mil. av. III-II asrlar) Konfutsiylik davlat mafkurasi darajasiga ko’tarildi. Xan 
podshohlari Konfutsiy ta’limotini to’liq qabul qilmagan bo’lsalar-da, uning kuchini, 
jamiyatda egallab, ulgurgan mavqeini e’tirof qilgan holda undan davlat 
boshqaruvida foydalandilar.
Konfutsiy o’zi yashab ijod etgan joy Stuyfuda vafot etgandan keyin uning 
qabri yaqinida bir ibodatxona qurdilar. Ibodatxonaga Konfutsiyning shogirdlari va 
yaqinlari tomonidan uning barcha tabarruk narsalari, unga taalluqli ashyolar - 
yozgan asarlari, musiqa asboblari, ro’zg’or anjomlari, aravasi va boshqa narsalar 
keltirib qo’yildi. Vaqt o’tishi bilan faylasufning nufuzi oshib, ta’limoti keng 
tarqalgani sari ushbu ibodatxona ham asta-sekin doimiy ziyoratgohga aylanib bordi. 
Stuyfu yaqinida Konfutsiy shogirdlari va izdoshlari makon tutgan kattagina qishloq 
barpo bo’ldi. Lu podshohligi hukmdorining o’zi Stuyfuga kelib Konfutsiy 
ibodatxonasida uning xotirasiga qurbonlik qildi. Ibodatxonaning ahamiyati oshgani 
sayin uning er mulklari ham kengayib bordi. Bu joy oddiy mahalliy ibodatxona 
shaklidan Xan sulolasi davriga kelib butun mamlakat miqyosidagi muqaddas 
ziyoratgohga aylandi. Mil. av. 195 yilda birinchi Xan podshohi Lyu Ban shaxsan 
o’zi Konfutsiy ibodatxonasida unga atab "tay-lyao" (Xitoyda eng oliy qurbonlik - 
qo’y, ho’kiz va cho’chqa) uchtalik qurbonligi keltiradi.
Mil.avvalgi 195 yildan boshlab Konfutsiy nomi Xitoyda ilohiylashtirildi va 
unga atab muntazam qoidalar asosida qurbonliklar qilinadigan bo’ldi. Xan sulolasi 
davrida Konfutsiyga knyazlik unvoni berildi. X-XIII asrlarga kelib, Sun sulolasi 
davrida unga imperatorlik unvoni, otasiga esa knyazlik unvoni berildi. Keyinroq 
Yuan va Min sulolalari (XIII-XIV asrlar) davrida unga yana ham yuksakroq unvon 
– "Eng haqiqiy donishmand", "Millatlarning ulug’ ustozi" unvonlariga sazovor 
bo’ldi.
Xitoy shaharlarida Konfutsiyga atab 1000 dan ortiq ibodatxonalar qurildi. Ilk 
davrlarda ibodatxonaning qurbonlik qilinadigan joyida oddiygina Konfutsiy nomi 
yozilgan lavha osilgan edi. Xitoyga buddaviylikning kirib kelishi oqibatida bu lavha 
o’rnini Konfutsiyning haykali egalladi. Stuyfudagi ibodatxonadan boshqa barcha 
ibodatxonalar bir xil shaklga ega edi. Unda Konfutsiy haykali yonida uning 


25 
shogirdlaridan 86 tasining nomi yozilgan lavha yoki haykallari qo’yilgan. 
Stuyfudagi ibodatxonada ularning soni ko’proq.
Har oyda ikki marta 1 va 15 kunlarda Konfutsiy haykali oldida odatiy 
qurbonliklar, yilda ikki marta — bahorda va kuzda alohida tantanali marosimlar 
o’tkazilar edi. Tantanaga kelgan imperator va ularning mulozimlari donishmand 
timsoli oldida turib unga "Sen buyuksan, ey mutlaq donishmand, sening fazilatlaring 
ko’p, ta’limoting beqiyos, o’tganlar orasida senga tengi yo’q!" kabi maqtovlar va 
olqish so’zlari bilan murojaat qilishgan. Konfutsiy nomi o’rta asrlarda Xitoyda 
ilohiylashtirildi. Uning timsoli hattoki podshohlar boshidagi tojlardan o’rin oldi.

Download 1,47 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Xitoyda Konfutsiylik va daolik ta’limotlarining vujudga kelishi tarixi

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish