Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

Daolik (Daoizm). Xitoyda mil. av. bir ming yillikning o’rtalarida 
Konfutsiylik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo’ldi. Bu ta’limot, diniy tasavvurlar 
bilan hech qanday aloqasi bo’lmagan. Daolik targ’ibotchilari ham podshohlar 
orasidagi tinimsiz urushlarni qoralar edi.
Daolik bir jihatdan shamanizm va folbinlik bilan bog’liq edi, chunki qadimgi 
davolash uslublari falsafa, ayniqsa, dao falsafasi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan. 
Shamanlar davolash uslublarida inson tanasidagi jarayonlarni tashqi fazoviy 
kuchlar, har xil ruhlar ta’siri bilan bog’lab, jodugarlik va sehrdan keng 
foydalanganlar.
Dao nazariyasi mil. av. IV-III asrlarga kelib rivojlana boshladi. Ijtimoiy-
siyosiy masalalar va axloq daolik uchun unchalik muhim emas edi. Biroq daolik 
vakillari birinchi bo’lib borliq, tabiat, koinot haqidagi tushunchalarni ishlab chiqa 
boshladilar. Xitoydagi faylasuflar akademiyasida daolik nazariyotchilari Tyan Pen, 
Sun Stzyan, In Ven, Shen Dao, Xuan Yuan va boshqalar to’plangan bo’lib, u erda 
o’z fikrlarini olg’a surib, beto’xtov munozaralar olib bordilar va risolalar yozdilar. 
Ularning yozgan asarlari hozirgi kungacha saqlanmagan bo’lsa-da, ularning fikrlari 
daolikning asosiy manbasi sanaladigan "Dao de stzin" risolasida o’z aksini topgan. 
Mazkur risola muallifi, an’anaga ko’ra, Lao-Цzi hisoblanadi.
Lao-Цzi mil.av. III asr o’rtalarida yashagan deb taxmin qilinadi. Uning 
ta’limotiga ko’ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi Buyuk Dao hisoblanadi. 
Dao – yo’l, haqiqat, tartib demakdir. Dao haqidagi ta’limot Konfutsiylikda bo’lgan. 
Chunki dao to’g’risidagi fikrlar Konfutsiylik va daolik shakllanishidan ancha oldin 
vujudga kelgan, shuning uchun ham har ikki ta’limotda bu narsa o’z aksini topgan. 
Dao - ijtimoiy me’yorlar, intizom va axloqning yig’indisidir. Daolik vakillari esa, 
daoga boshqacharoq qaraganlar. Ya’ni, ular uchun dao umumiy tabiat qonuni, 
boshlanish va tugashning asosidir. Dao to’g’risidagi fikrlar umumlashtiriladigan 
bo’lsa, dao - butun borliq demakdir. Daoni hech kim yaratmagan, barcha narsalar 
daodan kelib chiqqan va unga qaytadi. Dao hech kimga ko’rinmaydi, sezgi a’zolari 
uni ilg’ay olmaydi. Nimani ko’rish, eshitish, sezish, anglash mumkin bo’lsa, u dao 
emas.
Daolik ta’limotining asosiy mohiyatlaridan biri bu dao va u bilan aloqador 
tabiat falsafasi hamda kosmogoniya masalalaridir. Ikkinchi asosiy nuqta mavjudlik, 
hayot va o’limning nisbiyligi va shunga bog’liq holda uzoq yashash, abadiy hayotga 
erishish tushunchasidir. Milodning birinchi asri – Xan davriga kelib, abadiy hayot 
masalasi daolik olimlarining asosiy muammosiga aylandi. Uchinchi va so’nggi 


26 
masala u vey prinstipidir. Daolik falsafasining mana shu uch ta’limoti Xan asriga 
kelib daoliknining shakllanishiga asos bo’ldi. 
Milodiy II asrga kelib daolikda yangi sektalar paydo bo’ldi. Ulardan biri 
"Taypindao" (buyuk tenglik ta’limoti) bo’lib, uning asoschisi Chjan Stzue 
hisoblanadi. U xalq orasida sehr-jodu orqali barcha kasalliklarni tuzatuvchi hamda 
kishi umrini uzaytiruvchi shaxs sifatida shuhrat topdi. Uning atrofiga ko’plab 
odamlar yig’ildilar. Chjan Stzue odamlarni 36 jangovor guruhga bo’lgan. Katta 
guruhlarga "da fan" katta sehrgarlar, kichik guruhlarga "syao fan" kichik sehrgarlar 
boshliq etib tayinlanganlar. Sektada yuqori boshliq Chjan Stzue (buyuk osmon 
rahnamosi) sanaladi. Uning ikki ukasi buyuk er rahnamosi va buyuk inson 
rahnamosi deb talqin qilinadi. Bu uchtalik daosizmning osmon, er va inson birligi 
ta’limotining ramziy ko’rinishi edi. "Taypindao" sektasi ta’limoti "Taypinstzin" 
kitobiga asoslanadi. 
"Udoumidao" (Besh dou guruch ta’limoti) sektasi ham mavjud bo’lib, uning 
asoschisi mashhur daochi Chjan Dao Lin bo’lib, doaolik ibodatxonasining asoschisi 
hisoblanadi. 
Daolik milodiy asrning birinchi ming yilligi davomida buddaviylik va 
Konfutsiylik bilan raqobatlashib keldi. Milodning VI asriga kelib, daolik 
Konfutsiylikdan keyin ikkinchi o’rinni egallagan edi. XIII asrdan boshlab Daolik 
ta’limotining aniq asoslarga ega emasligi va ilk davrdagi yuksak ta’limotlari turli 
xurofotlar bilan almashgani tufayli inqirozga yuz tuta boshladi.
XX asr boshlariga kelib, Xitoyda turli daolik sektalariga qarshi kurash 
boshlandi. XX asrning ikkinchi yarmida Dao tarafdorlari juda ozchilikni tashkil 
qildi. Ushbu kichik guruhlar monaxlar, targ’ibotchilar va bashoratchilarni o’z ichiga 
olgan. 

Download 1,47 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon davlat universiteti falsafa kafedrasi dinshunoslik

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish