Hindiston milliy dinlari. Vedalar (Vedizm)




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/132
Sana17.01.2024
Hajmi1,47 Mb.
#139490
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132
Bog'liq
Dinshunoslik majmua 2023-2024-o\'quv yili pdf

4. Hindiston milliy dinlari. Vedalar (Vedizm). Miloddan avvalgi ikkinchi 
ming yilliklar o’rtalarida Hindistonga, Panjob hududiga g’arbdan Hindiqush dovoni 
orqali oriy jangari xalqlar bostirib kelganlar. Ular Eronga ko’chib kelgan qo’shni 
qabila tillariga yaqin hind-evropa tillarida so’zlashar edilar. Ular harbiy ishlarda
she’riyatda usta bo’lib, o’zlari bilan muqaddas yozuvlari-Vedalar (sanskrit-
muqaddas bilim)ni olib kelganlar. 
Hind adabiyoti boy bo’lib, uning anchagina qismi yo’qolib ketgan. Uning 
boshlanishi Vedalardir. 
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirib, ularda 
ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy voqealar bayon etilgan. Vedalar to’rt 
yirik to’plamdan iborat: 
1. Rigveda (“Madhiyalar vedasi”); 
2. Samaveda (“Qo’shiqlar vedasi”); 
3. Yajurveda (“Qurbonliklar vedasi”); 
4. Atxarvaveda (“Afsun va jodular vedasi”); 
Rigveda. Rigveda xudolarga aytilgan madhiyalarning to’plami, diniy 
yodgorliklar bo’lib, uning mualliflari rishi kuylovchilarning asosiy vazifalari 
xudolarni oriy tomonga og’dirish bo’lgan. Rigvedada zardushtiylikning muqaddas 
kitobi “Avesto” bilan o’xshash afsona va marosimlar bor. Rigveda Panjobda, Hind 
havzasi va uning oqimida miloddan avvalgi VI asrda paydo bo’lgan. Unda Shimoliy 
Hindistonda miloddan avvalgi 2-1-ming yilliklarda yuz bergan voqealar haqida 
ma’lumot beriladi. 


30 
Samaveda. Rigvedaga ko’proq bog’liq bo’lib, u hozirgi davrga ikki tahrirda 
etib kelgan (cakha – aynan, shahobcha); Kautxuma (Kauthuma) va Ranayaniya 
(Ranayaniya). 
Kautxuma to’plami 1810 she’rdan iborat bo’lib, undan faqat 76 tasi 
Rigvedada uchramaydi. Undagi she’rlar Rigvedaning VIII va IX mandalasidan 
olingan bo’lib, tantanali qurbonlik marosimi paytida o’qiladi. To’plam ikki qismdan 
iborat: birinchi qism hajmi Agni, Indra, Sama xudolariga, ikkinchi qism Somaga 
qurbonlik keltirish marosimida aytiladigan qo’shiqlardan iborat. Samovedaning 
maqsadi diniy marosimlarda aytiladigan qo’shiqlarni o’rgatishdan iborat. 
Hindistonda hozirda ham vedalarni kuyga solib kuylovchilar-samovedinalar 
saqlanib, ularning maktablari mavjud. 
Yajurveda. Yajurveda shrauta (qurbonlik marosimi) bilan bog’liq bo’lib, 
uning asosiy qismini qurbonlik usullari – yajus tashkil etadi. Bu marosimlarda to’lin 
oyli tunda, yangi oy chiqqan payti Agni uchun qurbonliklar o’tkazilgan. 
Vedaning bu maktablari qora va oq yajurvedaga bo’lingan. Qora 
yajurvedaning turli maktablarga xos bo’lgan Katxoxa, Kapishtxala-Katxa, 
Maytrayani, Tayttiriya kabi tahrirlari mavjud. Oq Yajurvedaning Vajasaneyi nomli 
birgina tahriri bor. 
Yajurvedaning tarkibi uch asosiy bosqichni tashkil etadi. I.Marosim. II. Yajus 
va mantralar. III. Braxmana sharhlari. 
Atxarvaveda. U mil.av. 1-ming yilliklar boshlariga borib taqaladigan qadimiy 
hind afsunlarini o’zida aks ettirgan. Qadimiy hind jamiyatida mavjud bo’lgan barcha 
taraflarni, nuqson va kamchiliklarni o’zida aks ettirgan. Atxaravaveda afsonaviy 
ruhoniy Atxarvana (“Olov ruhoniysi”) nomi bilan bog’liq bo’lib, afsun va jodular 
o’sha davrda olov ustida bajarilgan. Atxarvaveda 6 ming she’rdan iborat bo’lib, 371 
madhiyani o’z ichiga oladi. Ular yigirmata kitobda jamlangan. 
Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta’limot ilgari suriladi. 
Hindistonda ko’pxudolik keng targ’ib qilinadi. Xudolar orasida “eng ulug’i, eng 
kichigi, eng qarisi, eng yoshi bo’lmay, ular barchasi ulug’likda tengdir. Bir xudo 
ba’zida butun borliqning hukmdori bo’lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir xudoga 
tobe bo’lishi mumkin. Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe bo’lishi 
mumkin. Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bo’ysunadilar. Bu Veda 
ilohiyotchiligiga xos bo’lib, shu munosabat boshqa xudolarga ham tegishlidir. 
Vedalarda xudolar osmon xudolari quyosh xudolari, havo xudolari, er 
xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan. 
Osmon xudolari. Dyaus, Varna, Indra kabi xudolar osmonlarni boshqarib 
turuvchilarga kirganlar. Keyinchalik Varuna suv va dengizlar xudosiga aylanib 
ketgan. 
Quyosh xudolari. Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon 
bo’lishidan besh xudo yuzaga kelganligi haqida so’z yuritiladi. Mitra (do’st) – 
qadimiy xudodir. Surya – quyoshning yorqinroq namoyon bo’lgan ko’rinishidir. 
Savitri -quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bo’ladi. Pushan muruvvatli 
bo’lib, quyoshning mahsuldorlik faoliyatini o’zida namoyon qiladi. Vishnu xudolar 
orasida abadiy bo’lib, hozir Hindistonda ulug’lanadi.


31 
Yana Ashvina va Sitvar nomi bilan ataluvchi ikki tong xudosi qo’shiladi.
Indra osmon podshosi va oriylarning milliy xudosidir. Yomg’ir xudosi 
Panjaniya, shamol xudosi Vayyular Vedalarda aniq tasvirlanmagan. Ular Indra bilan 
jamlangan holda tasvirlanadi.
Runada odamlar qo’rqib unga bag’ishlab madhiya, duolar o’qiganlar. U 
Rigvedada Shiva (yoqimli) nomi bilan zikr etiladi. Shiva Vishnu bilan keyinchalik 
Hindistonda unutilgan xudolar turkumini egalladi. 
Er xudolari. Agni – olov xudosi, u haqidagi afsonalar Hindistondan tashqarida 
vujudga kelgan. U odamlarning qurbonliklarini xudolarga etkazuvchi ruhoniy 
sifatida tasavvur qilingan.
Ushas – tong va uning nuri ma’budasidir. Sarasvatilar – daryo xudosi, 
keyinchalik so’z xudosi sifatida tasvirlangan. 
Veda ibodatlari ikki turga bo’lingan. Birinchisi, duolar, ikkinchisi, xudolarga 
atab qilinadigan qurbonliklar yoki narsalarni taqdim qilishdan iborat bo’lgan. Duo 
kitoblari bo’lmagan paytda ibodatlar faqat qurbonliklar shaklida amalga oshirilgan. 
Keyin Rigveda, Atxarvaveda kabi madhiya va duolarni o’zida jamlagan kitoblar 
paydo bo’lgach, ibodatning ikkinchi ko’rinishi – duo va madhiyalar xudolarga atab 
o’qish odat tusiga kirgan. 
Braxmanlik – veda dinlarining bir tarmog’idir. O’z hayotlarini ibodat qilish, 
ilohiyot ilmini o’rganish, murakkab marosimlarni o’tkazish va xalq ruhoniy hayotini 
boshqarishga bag’ishlagan braxmanlar kastasi (tabaqasi) vujudga keldi. Dinda ilohiy 
tilni o’zgartirib bo’lmasligi, sanskritning muqaddas tilga aylanib qolishi 
brahmanlikning kelib chiqishiga sabab bo’lgan. 
Oriylar ko’chmanchilikdan o’troq hyotga o’tib davlatdagi hukmron sinfga 
aylanib, madaniyati, hayot tarzi boshqacha bo’lgan turli xalqlar bilan uchrashib, 
boshqa tabiiy sharoitga duch keldilar. Ularning eski dinlari – vedizm taraqqiy etdi. 
Bu taraqqiyot dinni falsafiy jihatdan chuqurlashtirish, ruhoniylar tabaqasini, 
mavqeini ko’tarish, ibodat va marosimlarini murakkablashtirish hisobiga bo’ldi. 
Keyin o’zgartirish taqiqlangan diniy aqida vujudga keldi. Brahmanlikda ko’proq 
ruhoniylar tabaqasining manfaatlari himoya qilingan.
Braxmanlikning asosiy elementlari braxmanlar va vedalarga tegishli 
sutralardir. Sutralar san’atning alohida ko’rinishi bo’lib, sanskrit tilida yozilgan. 
Unda ma’lum tabaqaga yuqori o’rin berilgan.
Braxmanlar o’zlarining kelib chiqishini etti ruhoniy oilaning boshliqlari 
bo’lgan kishidan deb hisoblaydilar. Oriylar Hindistonda harbiy yurishlarini davom 
ettirib, borgan sari kamroq qarshilikka duch kelardilar. Ulardan kshatriy (jangchilar) 
tabaqasi e’tiboridan chetga chiqib, diniy – ruhiy jihatdan ta’siri kuchliroq bo’lgan 
tabaqa – braxmanlarning nufuzi oshib bordi. Ular diniy, huquq, urf-odat kabi 
sohalaridan ham xabardor edilar.
Brahmanlarning hayoti to’rt bosqichdan iborat.
Birinchi bosqichda braxmanning diniy hayoti balog’at yoshiga etib, muqaddas 
bosqichning qabul qilish va baxshida qilish “marosimidan”keyin boshlanadi. 
Brahmanning yoshligi birorta donishmand brahman xuzurida vedalarni yodlash, 
uning uyida muqaddas olovning doimo tutib turish, ustozning xizmatini bajarish, 


32 
uning uchun sadaqa yig’ish bilan o’tadi. Brahman bu bosqichda “braxmacharin” 
deb atalgan.
Ikkinchi - “grihasta” nomli bosqichda uy xo’jayini vazifasini bajarib, 
uylanishi, oilani boqishi, farzandlar tarbiyasi, amaliy hayot ilmi (qachon va nimani 
eyish, nimani echish, ibodat qilish, marhumlarni dafn etish, mehmonlarni qanday 
kutish, ovqatni qanday tayyorlash, qariyalarga, ayollarga, yosh bolalarga 
munosabat)ni qonun asosida fuqarolik burchlarini bajarib borishi lozim.
Uchinchi bosqich “vanaprastha” (o’rmon zohidi) davri bo’lib, unda oilasi yoki 
yolg’iz holda o’rmonga ketishi kerak. Braxman u erda “o’z nafsini jilovlab” ildizlar, 
mevalarni eb, diniy amallarni “jon-jahdi” bilan bajarishi lozim. Bu davrda bir qator 
mashaqqatlarni o’z boshidan kechiradi. 
To’rtinchi bosqichda tarkidunyochilik yoki diniy qashshoqlik – “saniyasi” 
davrini boshdan kechiradi. Uning maqsadi “Oliy Brahmaga etishish, u bilan 
qo’shilib ketish, bu dunyo va o’lgandan keyingi abadiy baxtga erishish”ga intiladi. 
U tarkidunyochilik bosqichida faqat sadaqadan tushgan narsalar hisobiga kuniga bir 
marta ovqatlanib kun kechiradi.

Download 1,47 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132




Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Hindiston milliy dinlari. Vedalar (Vedizm)

Download 1,47 Mb.
Pdf ko'rish