• MAQSAD VA VAZIFALARI
  • Andijon davlat universiteti




    Download 1.57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/97
    Sana17.06.2023
    Hajmi1.57 Mb.
    #73917
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
    Bog'liq
    Mus.o\'q.met darslik
    omonov-a a-qoraliyev-t -m -pul-va-banklar -darslik-2019, Dublikat Kenjayev, Ulashev Ozodbek mikrosxematexnika, Gulimmatova Ruxsora, Kamolova Dilfuza, Foydalanigan adabiyotlar, BET LOYIHA222, Объективка намунаси, MONITORING YUZI, ICHKI MONITORING 36-MAKTAB
    Mualliflar 
     
     
     
     
     



    I BOB 
    MUSIQA O‘QITISH METODIKASI VA MAKTAB REPERTUARI FANINING 
    NAZARIY ASOSLARI 
    1.1. MUSIQA O‘QITISH METODIKASI VA MAKTAB REPERTUARI KURSINING 
    MAQSAD VA VAZIFALARI 
    Respublikamiz jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib 
    o‘rin egallagan. Uni saqlab turish uchun ma’naviy salohiyat bilan iqtisodiy 
    qudratimizni XXI asr ilmiy-texnika tarraqiyoti talablariga javob beradigan tarzda 
    rivojlantirishimiz zarur. Turli sohaga mansub bo‘lgan kadrlarni tayyorlash va 
    ularning kasbiy mahoratini oshirish ta’lim jarayonining asosiy maqsadidir. Buning 
    uchun ayniqsa yoshlarimiz dunyoqarashini, madaniyati va ma’naviyatini, kasbiy 
    bilim va insoniy fazilatlarini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish talab etiladi. 
    Bunday murakkab ijtimoiy vazifani amalga oshirishda ilm-fan va amaliy 
    faoliyatlar ichida, ilmiy asosga suyangan “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab 
    repertuari” fani ham yetakchi o‘rin egallaydi. 
    1997-yil 29-avgust O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining II chaqiriq IX 
    sessiyasida “Ta’lim to‘g‘risida‘‘gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
    respublikamizda yangicha ta’lim tizimini bunyod etib, kelgusida bu sohada amalga 
    oshirilishi lozim bo‘lgan istiqbolli vazifalarni belgilab bergan. Shular sirasiga
    zamonaviy ilm-fanning shu kunda erishilgan yutuqlari bilan birga hududimiz 
    o‘qituvchi va pedagoglarining kasbiy kompententlik darajasidan kelib chiqib, 
    jahondagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holda, 
    hududimizga mos bilim berish nazariya va usullarni yaratish maqsad qilib 
    qo‘yilgan. Chunki xalqimizning kelajagi ko‘p jihatdan o‘qituvchiga unung 
    salohiyatiga, kasbiy tayyorgarligiga, yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish 
    faoliyatiga bog‘liq. Yosh avlodni bilimli, madaniyatli, ma’naviyatli, odobli, 
    e’tiqodli, barkamol inson qilib voyaga yetkazish, o‘qituvchi zimmasiga asosiy 
    vazifa qilib qo‘yilgan. 



    Shuningdek, bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogika, psixologiya, ma’naviyat, 
    milliy istiqlol g‘oyasi, informatika, yangi pedagogik texnologiya, musiqa san’atiga 
    oid fanlarni o‘qitish imkoniyatlari yanada kengaytirilgan. Zamonaviy talab va 
    metodlar asosida, umumkasbiy fanlar bo‘yicha dastur hamda o‘quv qo‘llanmalar, 
    darsliklar yaratilgan. Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimi, yosh avlodni sog‘lom va 
    barkamol inson bo‘lib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Buni 
    amalga oshirish uchun o‘quv mashg‘ulotlari va dars jarayonini olib borish 
    qobiliyatini o‘qituvchilar o‘zlarida paydo qilishlari uchun ta’lim nazariyasi bilan 
    birga o‘qitishning zamonaviy usullarini egallab, ularni pedagogik amaliyotda 
    qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilishlari zarur. O‘qituvchi “Pedagogik texnologiya” 
    jarayonining asl mohiyatiga har bir mashg‘ulotning loyihasini tuza olishi va bu 
    loyihalardan pedagogik amaliyotda mohirona foydalana olishlari kerak. Shu bilan 
    birga o‘z ma’naviyati ustida tinmay ishlash ko‘nikmasini hosil qilish kerak. 
    Yevropa va Sharq kompozitorlarining mumtoz asarlari bilan tanishib, “Musiqa 
    madaniyati” darslarini sifatli va samarali olib borish uchun intilishi lozim.
    “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fani pedagogika fani 
    sifatida, tajribada sinalgan ishlarni barcha qismlarini umumlashtirib, amaliyotda 
    samarali natijalar bergan musiqa o‘qitish metodlarini taqdim etadi. Metodika fani 
    asosan, pedagogika, psixologiya, estetika va san’atshunoslikning tadqiqot 
    natijalariga asoslanadi. U musiqa o‘qitishning qonun-qoidalarini ta’riflab, 
    kelajakda yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda qo‘llanadigan zamonaviy 
    texnologiyalar va metodlarni belgilab beradi. Metodika fani ta’lim-tarbiya 
    jarayonida o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash uslublari mazmunini anglatadi. 
    “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fani birdaniga shakllangan fan 
    emas, balki o‘z tarixiy taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lgan fan. O‘zbekistonda metodika 
    fani shakllanishiga buyuk mutafakkirlar, olimlar, ilg‘or tajribali o‘qituvchilar, 
    metodistlar, mahalliy olimlarning tadqiqot ishlari, izlanishlari, tajriba-sinov ishlari, 
    risolalari, fikrlari, o‘quv dasturlari va darsliklarini yaratib o‘z hissalarini 
    qo‘shganlar. Bularga misol qilib, Buyuk mutafakkirlardan Alisher Navoiy, Abu 
    Nasr al-Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abdulla Avloniy, olimlardan: Ikrom Akbarov, 



    Ilyos Akbarov, To‘ra Husanov, Aliftina Vasileva, Yelena Kenzer, Lutfulla 
    Qo‘ldosh, Ye. Gudkova Qo‘ldosh Mamirov, Darvin Omonullayev, Oqilxon 
    Ibragimov, Soibjon Begmatov; kompozitorlardan Shermat Yormatov, Fattox 
    Nazarov, Doni Zokirov, Nadim Norxo‘jayev, Rustam Abdullayev, Habibullo 
    Rahimov, Dilorom Omonullayeva, Avaz Mansurov; metodistlardan Hamidulla 
    Nurmatov, Emma Shainskay, Dildora Karimova, Gulnora Sharipovalar o‘z
    hissalarini qo‘shganlar.
    “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” kursining fan sifatida 
    maqsadi talabalarni bo‘lajak musiqa o‘qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlash, 
    ularni metodik bilim va mahorat bilan qurollantirish. Bu maqsadga erishish uchun 
    amaliy mashg‘ulotlar mobaynida ijodiy mehnat qilish talab etiladi. Ma’lumki 
    maktabda o‘quvchilarning yosh psixologik-fiziologik xususiyatlariga qarab, 
    musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi qo‘llanadi. Bu yerda ta’lim usuli, o‘quv 
    materiallarining dasturi ta’lim tamoyillari, o‘quv tarbiyaviy ishlarning maqsad va 
    vazifalari muhim ahamiyat kasb etadi.
    “Metodika” so‘zi grekcha so‘z bo‘lib, “tadqiqot yo‘li”, “bilish usuli” degan 
    ma’noni anglatadi. Musiqa o‘qitish metodlari deganda, maktab o‘quvchilarining 
    bilim, ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirishda qo‘llangan ish uslublari 
    tushuniladi. “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” kursining asosiy 
    vazifalari quyidagilardan iborat: 
    – ta’lim tizimida shaxs madaniyati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish; 
    – ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, zamonaviy pedagogik 
    texnologiyalarga, qo‘yilayotgan talablarni o‘rganish; 
    – dars ishlanmalarini tayyorlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish; 
    – metodik ishlanmalar, ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar tayyorlash
    kompyuter, slayd, disklar, magnit tasmalardan foydalana bilish; 
    – har bir sinf o‘quvchilarini yoshiga mos ravishda musiqa o‘qitish metodlari va 
    usullarini tanlab qo‘llash; 
    – kelajak avlodning musiqiy madaniyati va ma’naviyatini musiqa vositasi orqali 
    shakllantirish; 



    – sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tarbiya ishlarini tashkil etish uslublarini 
    o‘rganish va shakllantirish; 
    – pedagogik amaliyotda tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish; 
    – taniqli kompozitor, shoirlar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish, tanlovlarda 
    ishtirok etib, o‘quvchilarning ma’naviy tarbiyasini shakllantirish; 
    – xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimini o‘rganish; 
    – o‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil etish; 
    – berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib, amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarga 
    puxta tayyorlanish; 
    – tavsiya etilgan adabiyotlar bilan mustaqil ishlash; 
    – talabalarni mustaqil fikrlash, izlanish, tahlil qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatish; 
    – talabalarni mustaqil ish jarayonida ijodiy faolligini oshirish; 
    – amaliy mashg‘ulotlar ma’ruzalarning mantiqiy davomi bo‘lib, o‘zlashtirgan 
    bilimlarini mustahkamlaydi. 
    “Musiqa o‘qitish metodikasi va maktab repertuari” fani umumkasbiy fan 
    hisoblanib, pedagogika, psixolgiya, maktab repertuari praktikumi, nutq madaniyati, 
    musiqa tarixi, yakka kuylash, dirijorlik, musiqa asbobi, solfedjio, xor, musiqa 
    nazariyasi, bolalar adabiyoti, pedagogik mahorat, ona tili, adabiyot, tabiat kabi 
    fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Ushbu musiqiy nazariy fanlar, bo‘lajak 
    o‘qituvchilarga musiqa san’atini bolalarga samarali yetkazish yo‘llarini o‘rgatadi.
    Bu fan o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllanishiga, musiqiy 
    fanlarni puxta egallashiga ko‘mak beradi. Bu esa bo‘lajak o‘qituvchilarni musiqiy 
    san’at sirlarini o‘quvchilarga samarali yetkazish yo‘llarini o‘rgatadi. 

    Download 1.57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




    Download 1.57 Mb.
    Pdf ko'rish