Andijon davlat




Download 275 Kb.
bet3/4
Sana14.05.2024
Hajmi275 Kb.
#231724
1   2   3   4
Bog'liq
erkinoy kurs ishi22

Sanoatning tiklanishini va rivojlanishi bolsheviklar istaganidek respublikada sinfiy tabaqalanishni sezilarli darajada tezlashtirdi. 1922 yil yanvardan 1925 yil yanvargacha ishchilar va xizmatchilarning soni 6244 kishidan 14824 kishiga yetdi. ya’ni 2 baravardan ko‘proq o‘sdi. Ishchilarning 30% ini mahalliy millatlarning vakillari tashkil etardi. Binobarin, shuni alohida ta’kidlash joizki, Turkistonda sanoat ishlab chiqarishining tiklanish sur’atlari yangi iqtisodiy siyosatning joriy qilinishi munosabati bilan iqtisodiy o‘sish uchun yaratilgan imkoniyatlarga mutlaqo mos kelmasdi, 1924-25 xo‘jalik yilida respublika sanoati yalpi mahsulotining miqdori 1914 yilgi darajaning faqat 65% ini tashkil etardi16. Yangi iqtisodiy siyosat yo‘lining o‘ziga xos xususiyati — tovar-pul munosabatlarining jonlanishi, savdo va ayirboshlash klassik shakllarining «harbiy kommunizmga mos cheklashlardan ozod bo‘lishi edi. Erkin savdo 1921-yildan e’tiboran rivojlana boshlagan va tezda iqtisodiyotning ta’sirchan mexanizmida aylanib qolgan edi. Uning sog‘lomlashtirishda 1922— 1924 yillarda o‘tkazilgan pul islohoti ma’lum darajada yordam berdi.
Davlat pul muomalasidagi tartibsizliklarga chek qo‘ydi, muomalaga erkin almashtiriladigan valyuta — chervonest chiqarildi, uning kursi oltinga tenglashtirilgan edi. Natijada bozorning roli tiklanib bordi. Bozorlar, yarmarkalar ochilishi munosabati bilan banklar tarmog‘i, kredit va sugurta xizmatlari tashkil etildi. Turkiston dehqonlari Turkiston MIQning 1922 yil 11 aprelidagi ,,Natura solig‘i to‘g‘risida” gi qarorini katta quvonch bilan kutib olishdi. Bu qaror barcha uchun manfur bo’lgan oziq-ovqat razvertkasini bekor qilgan edi. Mazkur qarorning amalga oshirilishi dehqonlarning turli toifalaridan olinadigan soliqlarni nafaqat sezilarli ravishda kamaytirildi, shu bilan birga ishlab chiqarishni tartibga solishining iqtisodiy omillarini rivojlantirishga imkon tug‘dirdi. Biroq dastlabki yil davomida oziq-ovqat soligi goyasi juda zaif amalga oshirildi. Turkistonda oziq-ovqat solig‘i 8 xil natura solig‘idan tashkil topar edi. U qishloq xo‘jalik mahsulotining oziq-ovqat turlari bilan bir qatorda texnikaviy ekinlar va yem-xashakni ham qamrab olardi.
Turkistonda oziq-ovqat solig’i natura shaklining joriy qilinishini oziq-ovqatning keskin yetishmasligi, inflyatsiyaning avj olishi, pul muomalasining izdan chiqqanligi taqozo etgan edi. Biroq oziq-ovqat solig‘ining bu shakli soliq to‘lovlar uchun ham, soliq idoralari uchun ham mahsulotni tashib keltirish va saqlash bilan bog‘liq bir qator qiyinchiliklarni yuzaga chiqardi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligining sog‘lomlashuvi va dehqon xo‘jaliklari moliyaviy ahvolining mustahkamlanishiga qarab soliqni birhillashtirish yuzasidan choralar ko‘rish boshlandi. 1923 yil 13 iyunda Turkiston MIQ va Turkiston ASSR XIK oziq-ovqat solig‘idan yagona qishloq xo‘jalik solig‘iga o‘tish to‘grisida dekret chiqardi.
Natijada tovar-pul munosabatlarining subyekti bo‘lgan dehqonlarning roli sezilarli ravishda kuchaydi. Tovar-pul munosabatlari yangi tizimini shakllantirish ja-rayonlarining kuchayishiga yangi iqtisodiy siyosatni faqat agrar va sanoat ishlab chiqarish sohasidagina emas, balki shahar xo‘jaligi, aholiga savdo, maishiy va madaniy xizmat ko‘rsatish sohalarida ham qo‘llash yordam berli. Hamma joyda savdo shoxobchalarini, umumiy ovqatlanish korxonalarini, uylar, tomosha muassasalari, hammom, bozor, karvonsaroy, yer uchastkalari, bog‘lar va boshqa obyektlari ijaraga berish tajriba qilina boshlandi. Lekin xarakterli tomoni shundaki, mazkur sohalardagi ijaraga berish munosabatlarining ko‘lami sanoat-dagiga nisbatan ancha kengroq miqyos kasb etgan edi. Qishloqda ham ijara kengaydi. Bu yerda mahalliy hokimiyat organlari yerni, irrigatsiya inshootlarini, nasoslar va shu kabilarni foydalanish uchun ijaraga berdilar.
Xususan. faqat 1921 — 1922 yillarda qishloq joylarida 30 ta sug‘orish stansiyasi ijaraga tolshirildi. Qishloqda ijara-tijorat faoliyatini avj oldirish siyosatini amalga oshirishda sinfiy-mafkuraviy yo‘l qo‘llanildi. Ijaraga beriladigan obyektlarni davlat nazoratida bo’lgan xo‘jalik tashkilotlarida, "Qo‘shchi» ittifoqida, artellar va kooperativlarga berishdan iborat birinchi darajali ish amalga oshirildi17. Xususiy kapital asosida tashkil etilgan vositachilik va savdo shirkatlari, artellar qat’iq mafkuraviy nazorat ostida bo‘ldi. Xususan, partiya hujjatlarida shirkalar va artellar niqobi ostida «sof kapitalistik birlashmalar yashiringan bo‘lmasligi»ni qat’iy ravishda kuzatib borish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan edi.
Yangi iqtisodiy siyosat voqeliklarining shak-shubhasiz ijobiy tomoni shu bo‘ldiki, davlatning xususiy kapital bilan, ijarachilar, turli-tuman mol-mulk egalari va xo‘jaliklar bilan munosabatlari soliqlar orqali yo‘lga qo‘yildi. Biroq soliq xizmati faoliyatida ham sinfiy yondashuv ustivorlik qilar edi. Ko‘pincha «xususiylar»ga juda katta miqdorda soliqlar solinar, tadbirkorlikning erkin faoliyati esa butunlay cheklab qo‘yilgan edi.Iqtisodiyotning erkin rivojlanishiga, tadbirkorlar guruhlari mavqeining kuchayib borishiga qarshi shak-shubhasiz davlat tomonidan to‘siqlar qo‘yilardi. Ular o‘rtasidagi «kelishmovchilik» natijasida yuzaga kelgan ziddiyatlar yangi iqti-sodiy siyosat islohotlari va shakllanib kelayotgan yangi povar-nul munosabatlari imkoniyatlarini zaiflashtirdi.
Shunday qilib, 20-yillarning birinchi yarmida Turkistonda vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatga umumiy baho berib shuni aytish mumkinki, jamiyat hayotining barcha sohalarida boshlangan erkin faoliyat jarayoni, yangi iqtisodiy siyosat prinsiplari va tarkibiy qismlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari vayronagarchilikni sekin-asta tugatishga va xo‘jalik hayotining tiklanishiga olib keldi. Iqtisodiy jonlanish sanoatni, hunarmandchilik ishlab chiqarishini, qishloq xo‘jaligini qamrab, tovar-pul munosabatlarida o‘z ifodasini topdi. 1924- yildayoq respublikada tovar aylanishining umumiy hajmi 60 mln. so‘mlikni tashkil etdi, chakana savdo korxonalarining soni bir mingtadan oshib ketdi, umumiy ovqatlanish sohasida turli ixtisosdagi korxonalar faoliyat ko‘rsata boshladi. 1924-25 xo‘jalik yilida ulgurji savdo sohasida davlat va kooperaniyaning ulushi 59,4%ni, umumiy tovar almashuvining 48,4% ini tashkil etdi.; Qolgan qismi esa «xususiy»lar zimmasiga to‘g‘ri keldi. Biroq bolsheviklar andozasida bo‘lsa ham harakatga tushirgan yangi iqtosodiy siyosat Turkistondagn istiqlolchilik kurashlari yangi bosqichinint avj olishi natijasida o‘zini to‘liq namoyon qila olmadi.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytamanki, O‘zbekiston tarixida 1920-1924-yillar oralig‘ida amalga oshirilgan islohotlar bir qator ziddiyatli xususiyatlarga egadir bunga sabab esa asrlar osha amal qilib kelgan munosabatlarning tubdan o‘zgartirib yuborilganligidir. Umumiy xolatda Turkiston islohotlarga muhtoj edi biroq bu ichki kuchlar tomonidan sekin asta milliy qadriyatlarga qo ‘pol ziyon yetkazmagan xolda, puxta reja asosida amalga oshirilishi lozim edi, biroq mustabid sovet tuzumi kuch ishlatar tizimga tayangan xolda xalqning fikrini inobatga olmay o‘zboshimchalik bilan tub aholining milliy qadriyatlariga mos kelmaydigan islohotlarni amalga oshirdi. Bundan tashqari Turkiston ASSR tashkil etilib, u to‘laligicha Moskvadagi sovet hukumati manfaatlariga bo‘ysundirildi. Mahalliy aholi vakillarining manfaatlari esa deyarli hisobga olinmadi bundan tashqari tub aholi orasidan yetishib chiqqan o‘qimishli, mahalliy shart-sharoitni yaxshi biladigan hukumat vakillarining takliflari ham umuman hisobga olinmadi. Mahalliy aholining manfaatlarini ko‘zda tutuvchi qarorlar ham deyarli qabul qilinmadi, qabul qilinganlari ham amalda to‘liq bajarilmadi.
Turkiston ASSRda amalga oshirilgan “sovetcha islohotlar”ning oqibatida iqtisodiyot izdan chiqa boshlagan bir vaqtda NEP joriy qilish orqali iqtisodiyot bir oz jonlantirildi. NEPning mohiyati sodda va umuman yer egaligi munosabatlariga o‘xshash tizim edi. Bu tizim sovetcha iqtisodiyotga mutlaqo zid bo‘lishiga qaramay sovetlar iqtisodiy vaziyatni o‘nglash hamda aholini o ‘z tomoniga og ‘dirish maqsadida ushbu islohotlar amalga oshirildi.
Ushbu islohot qanday maqsadda amalga oshirilganiga qaramay o‘lka aholisining iqtisodiy holatini birmuncha yaxshilab olishiga imkon yaratdi. Bundan tashqari aholining ko‘p yillik orzu umidlarini ham ro‘yobga chiqqanday bo‘ldi biroq bu islohotlar faqat vaqtinchalik vaziyatdan chiqish uchun qilingan soxta islohot ekanini aholi keyinchalik kech angladi.
Biroq keying xollarda sanoatni tiklash va yer-suv islohotlarini o‘tkazish jarayonida tub aholining qadriyatlariga mos kelmaydigan islohotlar o‘tkazildi bu esa turli xil ziddiyatlarning kelib chiqishiga ham olib keldi.
Umumiy holatda islohotlar iqtisodiy hayotning jonlanishiga olib kelgan bo‘lsada, aholi uchun tushunarsiz va ularning to‘la manfaatlariga emas balki markaz manfaatlarigagina mos edi.



Download 275 Kb.
1   2   3   4




Download 275 Kb.