|
Andijon davlat
|
bet | 1/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 275 Kb. | | #231724 |
Bog'liq erkinoy kurs ishi22
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Tarix fakulteti 301-guruh talabasining
Abdumajitova Erkinoyning
O‘zbekiston tarixi fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Turkiston ASSRda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning xususiyatlari (1920-1924-yillar)
Bajardi: Abdumajitova. E
Qabul qildi :Xasanov. J
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.
Shavkat Mirziyoyev
Kirish
Bolsheviklar hukumati Rossiya markazida boigani singari chekka o’lkalar, shu jumladan, Turkistonda ham Kompartiya diktaturasini o’rnatish yo’lidan bordi. Ammo u bu ishni rejali sur'atda va ustomonlik bilan amalga oshirdi. Shu boisdan ham V.Lenin boshliq markaziy hukumat ulug’ davlatchilik va mustamlakachilikdan iborat bosh strategik maqsadga putur yetkazmagan holda ba'zi bir taktik manevrlar ishlatib olkada o’z ta'sir doirasini mustahkamlashga qaror qildi. Bunda asosiy diqqat-e'tibor tub yerli aholi o‘rtasida bolshevistik tashviqot va targibotni kuchaytirish asosida ularni turli yoilar bilan Sho‘ro ta'siriga olishga qaratildi. Ana shu maqsadda RSFSR Xalq Komissarlari Sho‘rosi 1919-yil 12-fevralda Sh.Eliava raisligida «Turkiston ishlari bo‘yicha alohida muvaqqat komissiya» tuzdi. Mazkur Komissiyaning asosiy vazifasi Turkistonga harbiy yordam uyushtirishdan iborat edi. Dastlab Turkiston xalqlarining milliy mustaqillik, erk va ozodlik uchun kurashini bostirish, so‘ngra esa Xiva xonligi va Buxoro amirligini harbiy yoi bilan mustamlaka asoratiga solishdan iborat maqsadlarni ko‘zlab 1919-yil 5-martda Sharqiy front qo‘shinlarining M.V.Frunze qo‘mondonligidagi janubiy guruhining tuzilishi Mar-kaziy Osiyo xalqlari taqdirida ayanchli va qonli dahshatlar davri boshlanganligidan darak berar edi.
Turkiston o‘lkasi ijtimoiy-siyosiy hayotida 1919-yil 7-31-martda bo‘lib o‘tgan Oika Sho‘rolarining Favqulodda VII qurultoyi maium darajada iz qoldirdi. Qurultoy ishida Turkkomissiyaning a'zosi P.A.Kobozev qatnashdi. U hozirgi holat to‘g‘risida ma'ruza qildi va mamlakatdagi ahvolni tavsiflab berdi. Qurultoy P.A.Kobozev ma'ruzasi asosida so‘l eserlar partiyasi halokatga uchraganligi va Turkistonda ham bir partiyalilik tizimi o‘rnatilganligini qayd etdi. May oyidan e'tiboran Dashnaksutyun partiyasi faoliyatiga ham chek qo‘yildi. Qurultoyda Turkiston MIQ va Respublika XK Kengashmmg yangi tarkibi saylandi. Turkiston MIQning raisi etib A.A.Kazakov va Respublika XK Kengashining raisi qilib Q.E.Sorokin saylandi. Milliy ishlar seksiyasi majlislarida mahalliy aholi o‘rtasidagi ishlar darajasi qoniqarsiz deb topildi va bu masalaga katta e'tibor berish lozimligi ko‘rsatildi. Turkiston o‘lkasi Sho‘rolari VII Favqulodda Qurultoyining milliy ishlar seksiyasida ko‘tarilgan masalalar partiya konfe-rensiyasida maxsus qarab chiqildi. Konferensiya Turkiston Kommunistik partiyasi O’lka Qo‘mitasi qoshida O’lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. O’lka partiya qo‘mitasiga musulmonlar byurosining funksiyalari va vazifalari to‘g‘risida Nizom ishlab chiqish taklif qilinadi. Musbyuro tarkibiga TRisqulov (rais), A.Muhitdinov, N.Xo‘jayev, XJbrohimov va Y. Aliyev kiradi. Musbyuro faoliyatiga baho berib Turor Risqulov o‘z tarjimai holida quyidagilarni yozgan edi: «Musbyuro davri bu Turkistondagi mahalliy mehnatkash aholining katta siljish davri edi. Musbyuro o‘zini dastlab Turkistonning sohibi sifatida namoyish qildi. Musbyuro atrofida faqat mahalliy kommunistlar va mehnatkash omma emas, balki teng huquqli xorijiy inqilobiy partiyalar ham birlashdilar, (Masalan, yosh buxoroliklar, yosh xivaliklar, ozarbayjon, fors kommunistlari va b)1 Musbyuro davri mahalliy aholi uchun ma'lum ma'noda siljish davri bo‘lsa-da, u erkin faoliyat ko‘rsata olmas edi. Chunki o‘lkada siyosiy rahbarlik nuqtalari bolsheviklar qo‘lida edi. Ular o‘lkadagi tang siyosiy vaziyatni hisobga olib vaqtincha maTum ma'noda mahalliy millatlarga Musbyuro atrofida uyushib harakat qilishga yo‘l bergan edilar. Amalda esa Turkiston o‘lkasi partiya va sho‘ro muassasalarida rahbarlik lavozimlarini egallab olgan shaxslarning aksariyati mustamlakachilik g‘oyasi bilan zaharlangan edilar. Ular mahalliy millatlarga, ular orasidan chiqqan partiya a'zolariga, rahabarlikka ko‘tarilgan ba'zi shaxslarga kamsitib, nopisandlik va past nazar bilan qarar edilar. Buni 1919-yil iyulda bo‘lib o‘tgan Musulmon kommunistlarining birinchi oTka konferensiyasi ham ochiq-oydin qayd etgan edi. Konferensiya hujjatlarida «ko‘pgina mas'ul o‘rtoqlarning» mahalliy yo‘qsillarga ishonmasligi, milliy qarama-qarshilikni kuchaytiray otganliklari, «musulmon yo' qsil-larning talaygina joylarda davlat qurilishida tegishlicha» ishtirok etmayotganliklari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'kidlangan edi. Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining raisi A.A.Kazakov o‘lkadagi bunday vaziyatni oqlab, 1919-yil 24-mayda o‘sha musulmon kommunistlarining 1-Oika konferensiyasida shunday degan edi: «Turkiston jumhuriyatida 95 foiz musulmon va faqatgina 5 foiz ruslar yashaydi va shu 5 foiz butun hokimiyatni deyarli o‘z qo‘lida ushlab turibdi. Shunday qilib, ozchilik hukmronligi davom etmoqda. Lekin bu vaqtincha hol. Musulmon dunyosi tayyor bo‘lgach, biz jumhuriyatni boshqarish ishini unga topshiramiz. Biz ularga yordam beramiz)2.
A.A.Kazakov va uning atrofidagi maslakdoshlari Turkiston o‘lkasidagi mahalliy aholi savodsiz, proletariat yo‘q, shu bois-dan ular hokimiyatni mustaqil boshqarishga tayyor emas degan asossiz uydirmani ilgari surardilar. Bunday g‘oyani Turkiston Kompartiyasining III syezdida (1919-yil iyunda) P.G.Konstan-tinopolskiy quyidagicha ifoda etgandi: «Ochiq aytamanki, Turkistonda proletariat yo‘q, yarim proletariat bor, ezilgan yo‘qsillar bor, ezilgan dehqonlar bor, nazarimda, bu omma tarixiy jarayonni ilgari suradigan... inqilobiy kuch bo‘la olmaydi». Turor Risqulov 1919-yil iyun oyida Turkiston Kompartiyasining III Oika Qurultoyida Turkkomissiyaning Farg‘ona to‘g‘risidagi ma'ruzasida ochiq-oydin aytgan edi: «Farg‘onada Sho‘ro hokimiyati yo‘q... u yerda eski Nikolay zamonidagi tartib hukmron... Bizning partiyaviy o‘rtoqlarimiz barcha musulmon yo‘qsillardan shubhalanadilar... Ijroiya qo‘mitaning majlisini qilganda ba'zi masalalarni muhokama qilish chog‘ida eski shaharlar vakillarini majlis zalidan chetlatganlar, chetlatilganlar ham - o‘sha ishchilar, rus yo‘qsillari ulardan chetlanmoqda». Shu boisdan ham Tur-kiston Kompartiyasining ko‘zga ko‘ringan arboblaridan biri awalida jadidchilik harakati peshqadamlaridan biri Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov 1920-yil 1-8-sentabrda Boku shahrida o‘z ishini olib borgan Sharq xalqlarining birinchi qurultoyida so‘zlagan nutqida zaharxanda bilan aytgan edi: «Turkiston tarixi musulmon dunyosining boshqa qismlarida tarqalmasligi uchun men hoki miyatimizni ogohlantiraman, uch yil davomida yuritilayotgan bu siyosatning hamma nuqsonlarini bilamiz, biz aytamiz: kontrin-qilobchilaringizni u yerdan olingiz, millatchilik urug‘ini sepuvchi kelgindi elementlaringizni olingiz, kommunizm niqobi ostida ishlayotgan mustamlakachilaringizni olingiz»3. Turkiston Kompartiyasi IV o‘lka Qurultoyi (1919-yil 12-sentabr va 6 oktabr) va Respublika Sho‘rolarining VIII Qurultoyi Turkiston o‘lkasida avj olgan shovinistik siyosatni qoralagan qarorlar qabul qildi. Ammo qarorlar qog‘ozda qoldi, shovinizm va mustamlakachilik siyosatiga qarshi hech qanday amaliy chora-tadbir ko‘rilishi mumkin ham emas edi. Chunki o‘lkada amalga oshirilayotgan genosid, sovet mustamlakachiligi va shovinistik siyosat tepasida Kompartiya va Sho‘ro hukumati rahbarlarining o‘zlari turgan edilar. 1919-yil oktabr oyidan keyingi davrda nafaqat Turkistonda, balki butun o‘rta Osiyoda Sho‘ro hukumatini o^rnatish bahonasida amalga oshirilgan dahshatli qirg‘inlar, mahalliy musulmon ahlining insoniy qadr-qimmatini va shuurini toptash, oyoq osti qilish VLLenin tashabbusi bilan tuzilgan Butumossiya MIQ va RSFSR XK Kengashining Turkiston ishlari bo‘yicha komissiya (Turkkomissiya) nomi bilan bog‘liqdir. 29-sentabrda RKP (b) Markaziy Qo‘mitasining Tashkiliy byurosi Turkkomissiya to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqladi.
1919-yil 7-oktabrda XK Kengashi Turkkomissiya tuzish to‘g‘risidagi qarorni XK Kengashi nomidan imzolash uchun VLLeninga vakolat berishga qaror qildi va Lenin uni imzoladi4. Komissiya tarkibiga Sh.Eliava (rais), ELGoloshchekin, G.LBokiy, Ya.E,Rudzutak, M.VFrunze, VVKuybishevlar kirdi5. Ularning oldingi uchtasi Turkiston ishlari bo‘yicha 1919-yil fevralda tuzilgan Alohida Muvaqqat Komissiyaning a'zosi edilar. 1919-yil 4-noyabrda Turkkomissiya partiya-sho‘ro xodimlarining katta bir guruhi bilan Toshkentga yetib keldi va o‘z faoliyatini boshlab yubordi. Shu munosabat bilan VLLenin «Turkistondagi kommunist o‘rtoqlarga» maxsus xat bilan murojaat qildi. U o‘z xatida bunday degan edi: «Turkiston xalqlari bilan to‘g‘ri munosabat bogiasl endilikda Rossiya Sotsialistik Federativ Sovet Respublikasi uchur hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, juda katta jahonshumul-tarixi; ahamiyatga egadir. ...Bizning Turkiston komissiyamizga katta ishonch bilan qara shingizni va uning direktivalariga, ya'ni huddi shu ruhda unga Butui Rossiya Markaziy Ijroiya Komiteti tomonidan berilgan direktivalarg qattiq rioya qilishlaringizni sizlardan juda iltimos qilaman). Mazkur xat asosida Turkkomissiya tub yerli musulmon millat lariga o‘z ta'sir kuchini o‘tkazish uchun qator tadbirlarni ko‘rdi Ularning barcha diqqat-e'tibori o‘lkani Rossiyaning mustamlak asoratida saqlab qolishga qaratildi. Komissiya a'zolari keskinlikn yumshatish uchun 1920-yil yanvarda T.Risqulovni Turkiston MI( raisligiga ko‘tardi va boshqa tadbirlarni ko‘rdi. Ammo Turkkomissiy; rahbarligida o‘lkada amalga oshirilgan bir qator tadbirlar ommaninj mustaqillikkaboigan intilishini kuchaytiribyubordi. Buborada 1920 yil 12-18-yanvarda bo‘ lib o‘tgan Turkiston Kompartiyasining V Oik; konferensiyasi xarakterlidir. Unda qator masalalar bilan birga millr masala va milliy kommunistik seksiyalar to‘g‘risidagi masala han muhokama qilindi. Turkkomissiya a'zolari ushbu masala bo‘yichj ayyorlik bilan sopini o‘zidan chiqarib Turor Risqulovni ma'ruzach etib tayinlaydi. Natija ular kutganchalik boiib chiqmadi. Ma'ruzach Turor Risqulov konferensiyada Kompartiya va Sho‘ro hukumatininj oikada yurgizayotgan shovinistik siyosatini ayovsiz tanqid qildi bir qator amaliy takliflar kiritdi. Turor Risqulov V Olka partiy* konferensiyasining ochilishi arafasida o‘z takliflarini musulmoi partiya tashkilotlari III konferensiyasining vakillari muhokamasig; qo‘yib, bu takliflarni quvvatlash bo‘yicha ularning va'dasini olgai edi. Turor Risqulov ilgari surgan bu amaliy takliflar nimalardan ibora edi? Ular quyidagilardir:
|
| |