“
TASDIQLANGAN”
“Olmaliq KMK” AJ
Kuzatuv kengashining
2023-yil “30”avgustdagi 14-son majlis
qarori
“Olmaliq KMK” AJ
qoidabuzarliklar haqida
xabardor qilish
SIYOSATI
2
1. Umumiy qoidalar
1.
“Olmaliq KMK” AJ (keyingi oʻrinlarda –
jamiyat) xodimlarining
jamiyatning Axloq kodeksida belgilangan yuqori axloq va prinsipiallik
meʼyorlariga rioya qilishlarini taʼminlashga intiladi. Axloq kodeksida barcha
xodimlar kodeks meʼyorlarining haqiqiy yoki potensial buzilishi
va boshqa har
qanday noqonuniy, qonunga xilof, axloqsiz yoki xavfli harakatlar toʻgʻrisida
vijdonan xabar berishlari shart ekanligi koʻzda tutilgan.
2.
Jamiyat qoidabuzarliklar toʻgʻrisida xabar berish maqsadi, qoʻllanilishi,
murojaat qilinishi lozim
boʻlgan vakolatli organ, shuningdek, vijdonan qilingan
murojaatlardan soʻng, xabar beruvchining himoyasini taʼminlashni ushbu
Qoidabuzarliklar haqida xabardor qilish siyosati (keyingi oʻrinlarda –
Siyosat)
bilan tartibga soladi.
2. Siyosatni qoʻllashning maqsadi va amal qilish doirasi
3.
Siyosatning maqsadi jamiyat xodimlarining oʻz xavotirlari va taxmin
qilinayotgan qonunga xilof xatti-harakatlar haqida xabar berish, shuningdek,
Komplayens xizmati va/yoki Ichki audit xizmatiga ularning ishida yordam berish
ma
jburiyatini mustahkamlab qoʻyishdan iborat.
4.
Jamiyat ushbu majburiyatlarni vijdonan bajaradigan xodimlarni taʼqib
qilinishini himoyalash majburiyatini oladi. Siyosat, shuningdek, xodimlarga
nimalar himoyalangan faoliyat bilan bogʻliq ekanligi, xabardor qil
ishning qaysi
kanallaridan foydalanish kerakligi va qanday istisno holatlarda xodim tegishli
maʼlumotlarni vakolatli tashqi tomonga taqdim etishi mumkinligi toʻgʻrisida
tushuntirishlar beradi.
5.
Siyosat anonimlik va maxfiylik masalalarini aniqlashtirishga qaratilgan
boʻlib, jamiyat ariza beruvchilarni himoya qilish va qonunga xilof xatti
-harakatlar
bilan bogʻliq boʻlgan har qanday taʼqib choralariga qarshi kurashish choralarini
tavsiflaydi.
6.
Ushbu siyosat kompaniyaning barcha xodimlariga, shu jumladan Ijroiya
organi aʼzolariga nisbatan amal qiladi.
|