5. Jalb qilingan xodimlarning huquqlari
27.
Xabar predmeti boʻlgan yoki boʻlishi mumkin boʻlgan xod
imlar, agar
bunday xabarnoma vaziyatni aniqlashtirishga toʻsqinlik qilmasa, ularga qoʻyilgan
ayblovlar toʻgʻrisida darhol xabardor qilinishi kerak.
28.
Qoidabuzarliklar haqida xabar berish va keyingi tartib-taomillar shaxsiy
maʼlumotlarni qayta ishlash bilan bogʻliq boʻlganligi sababli, ushbu maʼlumotlar
amaldagi meʼyoriy
-
huquqiy hujjatlarda va shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish
boʻyicha jamiyatning ichki hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq koʻrib
chiqiladi.
29.
Ushbu Siyosat uchun masʼul boʻlim Komplayens
xizmati hisoblanadi.
Komplayens xizmati Siyosatning dolzarbligini taʼminlash va ilgʻor tajribalarni
namoyish etish uchun javobgardir. Vakolatli xodim Siyosatning samarali
qoʻllanilishini taʼminlash uchun masʼuldir.
30.
Har bir rahbar oʻzining funksional javob
garligi doirasida ushbu
Siyosatga rioya qilishi, namuna boʻlishi va qoʻl ostidagi xodimlarga koʻrsatmalar
berishi shart.
6. Qoidabuzarliklar haqida xabardor qilish siyosati meʼyorlariga amal
qilinishi ustidan nazorati
7
31.
Komplayens xizmati Siyosatni kamida ikki yilda bir marta yoki
zaruratga koʻra vaqti
-
vaqti bilan Siyosatning maqsadlari yoʻlida zarur
oʻzgarishlar va qoʻshimchalarni aniqlash, shuningdek, amaldagi qonunchilik
hujjatlari va ichki siyosatga, jamiyatning tartib-taomillariga muvofiqligini
taʼminlash uchun qayta koʻrib chiqadi.
32.
Siyosatga kiritiladigan har qanday oʻzgarishlar Kuzatuv kengashining
Korrupsiyaga qarshi kurashish va etika qoʻmitasi tavsiyasiga binoan Kuzatuv
kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
|