Siyosatni amalga oshirish




Download 254,54 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana16.05.2024
Hajmi254,54 Kb.
#237360
1   2   3   4
Bog'liq
9eba5f4aa382610f8bb381682d1c541f (1)

4. Siyosatni amalga oshirish
 
15.
Ariza beruvchi qoidabuzarliklar toʻgʻrisida Komplayens xizmatiga xabar 
berishi, Komplayens xizmatida vakolatli shaxs xabarlarni qabul qilish, kerak 
boʻlganda tegishli maʼlumot taqdim etish va yordam koʻrsatish, shuningdek, 
bunday xabarni olgandan keyin tegishli choralar koʻrilishini taʼminlashi lozim.
16.
Vakolatli shaxs Komplayens xizmati rahbari tomonidan tayinlanadi va u 
bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Vakolatli shaxs tashkilotda xabardor qilish 
jarayonlari haqida tegishlicha bilimlarni taʼminlash, har qanday xabarlarni olish 
va bunday xabarlar tegishli mansabdor shaxslar tomonidan koʻrib chiqilishini 
taʼminlash, shuningdek, xabarni taqdim etgan tomon bilan alo
qani saqlab turish 
va bu boradagi yangilanishlardan xabardor qilib turish uchun javobgardir. 
17.
Ariza beruvchi quyidagi usullardan biri yordamida xabar joʻnatishi 
mumkin: 
elektron pochta orqali
;
pochta orqali; 
ishonch telefoni orqali; 
bevosita vakolatli shaxsga murojaat qilish orqali. 
18.
Taqdim etilgan xabarlarni toʻgʻri tekshirish va baholashni osonlashtirish 
uchun, imkon qadar xabarga quyidagi maʼlumotlar kiritilishi kerak:
sodir boʻlgan yoki sodir boʻlishi mumkin boʻlgan hodisani batafsil 
tavsiflash; 
hodisa sodir boʻlgan joy, vaqt va sana yoki qachon va qayerda sodir boʻlishi 
mumkinligi; 
hodisada ishtirok etgan shaxs(lar)ning ismi va lavozimi yoki boshqa 
identifikatsiya maʼlumotlari;
xabarni topshirayotgan shaxsning ismi va lavozimi, agar xabar anonim 
tarzda topshirilmagan boʻlsa;
xabar yoki shikoyat taqdim etishga olib kelgan sabablar;
xabar qilingan faktlarning ishonchliligini tasdiqlaydigan mavjud hujjatlarga 
havolalar. 



19.
Agar ariza beruvchi bu haqida yuqorida tavsiflangan usullardan biri 
orqali Komplayens xizmatiga xabar berishni istamasa, bu haqida u Kadrlar 
boʻlimi boshligʻiga, Ichki audit xizmati boshligʻiga yoki jamiyat direktoriga xabar 
berishi mumkin. Xabarni olganda
n soʻng, tegishli qabul qiluvchi darhol xabarni 
Komplayens xizmatiga topshirishi kerak. Jamiyatning boshqa har qanday 
rahbariga yuborilgan xabarlar darhol Komplayens xizmatiga yoki yuqorida qayd 
etilgan jamiyatning tarkibiy boʻlinmalaridan biriga yetkazili
shi kerak. 
20.
Jamiyat anonim boʻlmagan xabarlarni iloji boricha batafsil maʼlumot 
bilan yuborishni ragʻbatlantiradi. Bu shikoyatning asosli ekanligini aniqlash 
uchun keyingi har qanday harakatlarda yordam beradi. Ariza beruvchi, 
shuningdek, har qanday aloqa kanallaridan foydalangan holda anonim ravishda 
xabar yuborishi yoki uning shaxsi oshkor etilmasligini talab qilishi mumkin. Agar 
xabar beruvchi shaxs nomaʼlum boʻlsa, vakolatli xodim xabar beruvchining 
shaxsini 
himoya 
qilish 
uchun 
barcha 
saʼy
-harakatlarni amalga oshiradi. Aks holda, jamiyat ushbu Siyosatda nazarda 
tutilgan himoyani taklif qila olmaydi. 
21.
Ariza beruvchining shaxsi maksimal darajada oshkor etilmagan holda 
koʻrib chiqiladi, ariza beruvchi oʻz shaxsini oshkor qilishga rozilik bergan va 
qonunchilik hujjatlarida boshqacha talablar belgilangan hollar bundan mustasno. 
Bunday holda, jamiyat ariza beruvchi shaxsini oshkor qilishdan oldin uni 
xabardor qilishi shart. 
22.
Jamiyat ariza beruvchilarga muammolar haqida xabar qilish uchun 
ushbu Siyosatda ko
ʻ
rsatilgan ichki kanallardan foydalanishni tavsiya qiladi. Ichki 
xabardor qilish jamiyatga insofsiz harakatlar sodir etilishining oldini olish yoki 
belgilangan meʼyorlarga xilof xatti
-
harakatlarga yoʻl qoʻyilmasligini, 
shuningdek, taʼqibdan himoya qilinishini taʼminlaydi.
23.
Jamiyat alohida holatlarda, ariza beruvchilar jamiyatga nisbatan chetdan 
taxmin qilinayotgan meʼyorlarga xilof harakatlar boʻlishi mumkinligi haqida 
xabar berishlarini taʼminlaydi. Bunday tashqi xabardor qilish ushbu Siyosatda 
nazarda tuti
lgan himoya bilan taʼminlanishi uchun ushbu xabar quyidagilarning 
oldini olish uchun zarur: 
jamoat xavfsizligi yoki salomatligiga jiddiy tahdidni yuzaga kelishini; 
jamiyat faoliyatiga jiddiy ziyon yoki milliy va xalqaro huquqning 
buzilishini. 



24.
Tashqi xabarni taqdim etishga qaror qilgan shaxs, agar ushbu shaxs bu 
haqida anonim ravishda xabar bermagan boʻlsa, ushbu Siyosatga muvofiq 
himoyaning taʼminlanishini uchun yuqoridagi shartlarga qatʼiy rioya qilishi 
lozim. 
25.
Jamiyat himoya qilinadigan faoliyat bilan shug
ʻ
ullanadigan ariza 
beruvchilarni taʼqib qilinishini taqiqlaydi. Agar xodimlar tomonidan taʼqiblar 
aniqlansa, intizomiy jazoga olib kelishi mumkin boʻlgan notoʻgʻri xatti
-harakatlar 
sifatida baholanadi. 
26.
Oʻziga nisbatan taʼqib choralari qoʻllangan deb hisobl
agan har qanday 
ariza beruvchi yuqorida koʻrsatilgan xabar berish kanallaridan foydalangan holda 
taʼqib qilinayotgani haqidagi daʼvoni tasdiqlovchi barcha maʼlumotlar va 
hujjatlarni Komplayens xizmatiga taqdim etishi kerak. Komplayens xizmati 
vakolat doira
sida taʼqibning oldini olish, shuningdek, ariza beruvchi bilan aloqani 
saqlab turish va xabar qilish jarayoni haqidagi maʼlumotlarni yangilanishini 
taʼminlaydi.

Download 254,54 Kb.
1   2   3   4




Download 254,54 Kb.
Pdf ko'rish