Andijon davlat




Download 275 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2024
Hajmi275 Kb.
#231724
1   2   3   4
Bog'liq
erkinoy kurs ishi22

Birinchidan, respublikaning nomini o‘zgartirish, uni Turkiston Muxtor Sho‘ro Respublikasi emas, balki «Turk Respublikasi» det atash;
Ikkinchidan, Turkiston Kompartiyasini «Turk kompartiyasi) nomi bilan yuritish;
Uchinchidan, «Turkiston Respublikasining Konstitutsiyasi»ni qaytadan ko‘rib chiqish, milliy harbiy qo‘shin tuzish.
Turkkomissiya a'zolari Turor Risqulov takliflarini bekor qildira olmadilar. Konferensiya Turkiston Kompartiyasini «Turk kommunistik partiyasi» deb atash to‘g‘risidagi qaror qabul qildi. Ammo VLLenin boshchiligida Kompartiya Markaziy Qo‘mitasi va Sho‘ro hukumati konferensiya qarorlarini e'tiborga olmadi, konferensiyada Turkiston mustaqilligi masalasini ko‘tarib chiqqan T.Risqulov va uning maslakdoshlariga qarshi kurashni tashkiliy jihatdan boshlab yubordi. Bu ishda Turkiston Kompartiyasining V o‘lka konferensiyasida qatnasha olmagan Turkkomissiya a'zosi M.V Frunze alohida rol o‘ynadi. T. Risqulov VLLeninga bir necha bor konferensiya qarorlarini tasdiqlashni so‘rab radiogramma qilgan bo‘lsa-da, bu ishdan foyda chiqmadi. 1920-yil 22-fevralda Moskvadan yaxshigina «nazariy maslahatlar» olib Toshkentga yetib kelgan M.VFrunze Konferensiya ishida qatnasha olmaganini ro‘kach qilib, konferensiya qaroriga ochiqdan-ochiq qarshi chiqdi.
1920-yil 8-martda RKP (b) MQ Turkiston Kompartiyasi to‘g‘-risidagi qarorni imzolaydi. Ammo Turk Kompartiyasi va Turk Respublikasi haqidagi qarorni tasdiqlamaydi. Markazning tutgan bu yo‘lidan norozi bo‘lgan T.Risqulov va N.Xo‘jayev boshliq Turkiston MIQ vakillari 1920-yil 17-mayda Moskvaga keladilar va Turkiston-ning mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan dastumi imzolash uchun RKP (b) MQga topshiradilar. Unda Turk Respublikasini va Turk Kompartiyasini tan olish, Turkkomissiyani bekor qilish, Turkiston fronti harbiy inqilobiy Kengashi huquqlarini cheklash, Turkistondan qizil askarlar qo‘shinlarini olib chiqib ketish yoki uning ruslardan iborat qismini milliy ixtiloflarni kuchaytirayotganligi uchun qurol-sizlantirish, musulmonlardan milliy qo‘shin tuzish kabi talablar qo‘yilgan edi. Shuningdek dasturda tashqi aloqalar, tashqi savdo va harbiy masalalarni RSFSR ixtiyoridan olib Turkiston MIQga berish ilgari surilgan edi. RKP (b), MQ va Sho‘ro hukumati bu talablarning barchasini rad etdi. Faqat rad etdigina emas, mustaqillik va istiqlol uchun kurashuvchilarga qarshi keskin choralar ko‘rdi, ularni qonundan tashqari deb e'lon qildi. Istiqlolchilar bilan, ularning boshliqlari va yalovbardorlari bilan har qanday muzokaralar va murosayu madoralar, ularning qarindosh-urug‘larini garovga olish bekor qilinib, uning o‘rniga yoppasiga qirib tashlash usuli qo‘llanildi. T.Risqulov VLLenin bilan bir qator suhbatlardan so‘ng o‘z xatti-harakatlarining quruq sarob ekanligini angladi. o‘zining to‘g‘ri takliflari va g‘oyalari uchun «millatchilik sari og‘ish»da ayblandi. T.Risqulov va uning maslakdoshlari rahbarlik lavozimlaridan chetlashtirildilar.
O‘shanda Lenin bilan suhbatlashganlardan yana biri Nizomiddin Xo‘jayev (Turkiston MIQ raisi o‘rinbosari) ham uning nomiga yozib qoldirgan ma'ruzanomasida Farg‘onada Sho‘ro tomonidan mahalliy xalqqa qarshi olib borilayotgan vahshiyona siyosatni qoralagandi. U ma'ruzanomada Farg‘onada 35 qo‘rboshi ikki yil-dan beri jang harakatlari olib borayotganlari, «bosmachilik» fronti tugashi o‘rniga, aksincha avj olib borayotgani, dashnoqlar, Jaloloboddagi rus quloqlarining yordami va qo‘llab-quwatlashuvi hamda Turkiston mustamlakachilari «kommunist»larning noto‘g‘ri siyosat olib borganligi oqibatida «bosmachilar» hir necha ming piyoda askarga ko‘payganini yozgan edi. «Rasmiy xabarlarga ko‘ra, - deb yozadi N.Xo‘jayev, - Farg;ona fronti tugatilgan, ammo dushman qizil ordenlar bilan yana bizga qarshi va o'sha maslrum Farg‘ona partizanlik fronti va bu dushman mahalliy kommunistlar hamda Sho^ro xodimlarim so‘ydilar va so‘ymoqdalarki, bunga sabab qizil askarlar va dashnoqlarning bosmachilarga qarshi kurash niqobida tinch aholini qirib tashlaganida, ayollar nomusiga tegilayotganida, 26 qishloqni qirganlarida, 0'zganda 1500 kishi qirib tashlanganida, urushning ikki yilida Farg‘onada harbiy o‘ljaning pulemyot, miltiq va boshqalarning umumiy jami yo‘qli-gidadir. Sizga ta'riflash uchun Faig‘onadagi dashnoqlar to‘gcrisida ma'lumot beraman. Abram degan bir kishi (armani, qizil askar) Quva qishlog‘ida qurolsiz musulmonlardan 87 kishini, 0'rtoq Martm 47 kishini qilich bilan chopib tashladi, Farg‘onada shunday holat yuzaga kelgan bir paytda Farg‘ona diviziya harbiy komissari qilib (Turk MIQ Raisi o‘rinbosarining noroziligiga qaramasdan) kommunist, armani Saakov tayinlandi. Bu shuni isbotlamoqdaki, birinchidan, Turkkomissiya mahalliy mas'ul xodimlarga nisbatan faqat tilmoch sifatida munosabatda bo‘lmoqda. Ikkinchidan, butun Turkiston voqeasida mahalliy xodimlar ahvolim tasavvur qilish mumkin bo‘ladi».
RKP (b) MQning Siyosiy Byurosi 1920-yil 29-iyunda «RKP (b)ning Turkistondagi asosiy vazifalari to‘g‘risida» degan nomda birlashtirilgan bir necha qarorlar qabul qildi. Jumladan, «Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to;g‘risida» degan qarorda Turkistonda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi, RSFSR Xalq Komissarlari Kengashi va RKP (b) MQning doimiy vakolatxonasi (amalda nazoratchisi) bo‘lishi zarurligi ko‘rsatildi. Bu bilan hatto Turkiston Kompartiyasi Sho‘rolar o‘lka Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining harakat doirasi ham cheklanib nazoratga olindi. T.Risqulov va uning tarafdorlari izini Turkiston Kompartiyasi va Turkiston Sho‘rolari muassasalaridan batamom quritish maqsadini ko‘zlab Turkkomissiya 1920-yil 19-iyulda o‘lka qo^mitasini tar-qatib yuborish va Turkiston Kompartiyasining muvaqqat Mar-kaziy Qo‘mitasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Uning tarkibiga K.S.Otaboyev, SAsfandiyorov, VRBilik, XTbrohimov, N.T.To‘raqulov, K.Hakimov, D.Ustaboyev va boshqalar kiradilar. N.T.To‘raqulov muvaqqat Markaziy Qo‘mita Ijroiya byurosining mas'ul kotibi etib saylandi. Ayni vaqtda qarorda Turkiston MIQning tarkibini yangilashga qaror qilindi. Uning raisi etib Abdulla Rahimboyev tayinlandi. Ana shu davrdan Turkistonda partiyani va sho‘ro idoralarini «yot elementlar» va «kontrinqilobchi kuchlar»dan tozalash boshlandi. Natijada Turkiston Kompartiyasida 1920-yil oxirida 58 ming a'zo bo‘lgan bo‘lsa. 1924-yilda ularning soni 26 ming kishiga tushib qoladi6. Xullas, 1920-yillarga kelib mustaqillik uchun oshkora kurash olib borish mumkin bo‘lmay qoldi, Bunday kurash yoclini tanlaganlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosmachilar deb e'lon qilindi.
Mafkura sohasida g‘oyaviy kurash olib borganlarga esa «millatchilar» tamg‘asi bosildi. Huddi ana shu davrdan e'tiboran mahalliy milliy ziyolilar va istiqlolchilarning kattagina qismi o'z kurash taktikalarini ozgartirdilar. ular Kompartiya saflarida bo‘lib, sho‘ro idoralarida turli mas'ul lavozimlarda ishlab milliy istiqlol uchun Sho‘ro hukumatiga qarshi zimdan ish olib borishga o‘tdilar. «Biz yashirin ish olib borayotgan bo‘lsak-da, bu kurashni Sho‘ro muassasalarida va kommunistlar partiyasida rasmiy vaziyatda ishlayotgan do‘stlarimiz bilan to‘la ravishda maslahatlashib, bir yo‘nalishda olib borardik», - degan edi Zaki Validiy To‘g‘on. Shunday qilib, bolsheviklar Turkiston o‘lkasida o‘zlarining yakka hukmronlik mavqelarini o‘rnatish yo‘lida hech narsadan qaytmadilar. Ular bu maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun xalq ommasining ongini zaharlashga qaratilgan tashviqot, targ‘ibot va ayg‘oqchilikdan tortib to dahshatli qirg‘in, talon-toroj qilish va o‘tda yondirishgacha bo‘lgan barcha vositalardan foydalandilar. Bu hol Sho‘rolarga qarshi xalq ommasi qahr-g‘azabi va nafratini borgan sari kuchaytirdi.
Turkiston o‘lkasida sovet tuzumi o‘rnatilgandan so‘ng bolsheviklar tomonidan tuzilgan RSFSR ga kirgan avtonom respublika Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublika tuzildi. Turkiston o‘lka sovetlarining 5-syezdida 1918-yil 30-aprelda syezd ,,Turkiston Sovet Federativ Respublikasi to‘g‘risida Nizom”ni qabul qildi. Bu nizomga ko‘ra Turkiston o‘lkasining hududi ,, Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi” deb e’lon qilinadi. Uning tarkibiga Turkistonning barcha hududi o‘zining geografik chegarasi bilan kiritildi, Xiva bilan Buxoro esa bundan mustasno edi. Turkiston Respublikasi muxtoriyat tarzida boshqarilib, o‘zining barcha faoliyatini RSFSR hukumati bilan muvofiqlashtirar va uni e’tirof qilar edi. Rossiya bilan o‘zaro munosabatlarini belgilash uchun syezd 5 kishidan iborat komissiya sayladi.
Syezd birinchi marta oliy qonun chiqaruvchi organ – Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasini (Turk-MIK) 36 kishidan iborat qilib sayladi. MIK a’zolaridan 18 kishidan iborat bolsheviklardan, 18 kishi eserlardan edi. A’zolar orasida mazkur partiyalarga mansub bo‘lgan mahalliy millat vakillaridan – X. Ibrohimov, D. Mirzaboyev, A. Sh. Sharafutdinov, O.Yusupov, Q. Otaboyev va boshqalar bore di. Biroq ular ozchilikni tashkil etardi. MIK raisi qilib P. A. Kobozev, ikkinchi rais qilib bolshevik A.F.Solkin saylandi. Tub aholi vakillari bo‘lmagan kishilar MIK rahbarlari qilib saylangan edi.
Syezdda F.I.Kolesov boshchiligida 14 kishidan iborat xalq komissarlari kengashi ham ( 7 kishi bolsheviklardan va 7 kishi so‘l eserlardan ) saylandi. Turkiston hukumati tarkibiga birinchi marta mahalloy millat vakillari O. Tursunxo‘jayev, X. Ibrohimov va Ashurxo‘jayev ham saylandilar. Syezdda saylangan 14 xalq komissaridan tashqari yana 2 xalq komissari – temir yo‘llar hamda pochta va telagraf komissarlari saylandi, syezd ularni ,,mazkur syezd ta’yinlagan idoralarning boshliqlari qilib sayladi”7. Shunday qilib, Turkiston Respublikasi hukumatining a’zolari qilib hammasi bo‘lib 16 kishi saylandi, ulardan faqat uch kishi mahalliy aholi vakillari edi, xolbuki, mahalliy aholi o‘lka aholisining 95 foizini tashkil etardi.
Shu tariqa, Moskvaning ko‘rsatmasi bilan Turkistonni sovet muxtor respublikasi deb e’lon qilgan sovetlarning V o‘lka syezdiga qadar bo‘lgandek, ko‘p millonli mahalliy aholi vakillaridan o‘lkani boshqarishda ishtirok etishi arzimas darajada qolaverdi. Avvalgidek Turkistonni mahalliy aholi vakillari bo‘lmagan bolsheviklar va so‘l eserlar partiyalariga mansub ishchilar, soldatlar, ziyolilardan chiqqan tor doira vakillari boshqarishni davom ettirdi. Turkiston Avtonom Respublikasi hokimiyat tuzilmalariga oktabr to‘ntarishi natijasida o‘rnashib olgan bolsheviklar va umuman yevropaliklarning mahalliy aholiga nisbatan zo‘ravonligi haqida Turkiston Avtonom Respublikasi MIK raisi Abdulla Rahimboyev sovetlarning 1920-yil sentabrdagi IX o‘lka syezdida qilgan ma’ruzasida ta’kidlaganidek, ,, … ko‘pgina xollarda o‘sha rus kelgindisi sotsiolistik inqilob shiorlarini o‘z foydasiga qaratib, tinch mahalliy aholini talashda davom etdi”.

  1. Rahimboyev 1919-yildan boshlab sovet idoaralarida xizmat qila boshladi. Turkiston ASSR MIK ning raisi keyin esa Maorif xalq komissari lavozimlarida ishladi. Yuqorida qayd etilganidek, sovetlarning V o‘lka syezdi qarorlariga muvofiq muxtor Turkistonning federal hukumat bilan o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun Moskvaga 5 kishilik komissiya yuborildi, ulardan faqat bittasi Sobirjon Yusupov mahalliy aholi vakili edi. Komissiya markaziy hokimiyat vakillari bilan birgalikda harbiy, moliyaviy vat emir yo‘l tarmoqlari sohalarini markazlashtirish, davlat boshqaruvining boshqa tarmoqlarini Turkiston Respublikasining o‘z ixtiyoriga berish, ,,mahalliy aholiga taalluqli” bo‘lgan ayrim Markaz delegatlarini o‘zgartirish huquqini berish to‘g‘risida bitimga erishildi.8 Biroq, Markaz erishilgan bitim shartlarini muntazam buzib, Turkiston Respublikasining ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashib kelindi.

Keyinchalik Turkiston ASSR ning huquqlari yanada toraytirildi. Turkiston ASSR ning 1918-yil oktabrda sovetlarning VI o‘lka syezdida bolsheviklar tahririda qabul qilingan birinchi Konstitutsiyasida bosharuvning mudofaa, tashqi aloqa, savdo va moliya kabi eng muhim sohalari federal hukumat tasarrufiga berildi. Konstitutsiya Turkiston Respublikasining sinfiy xususiyatini qonun yo‘li bilan mustahkamladi.
Mustabid sovet hukumati dastlabki kundanoq mamlakatda ,,kommunizmga sakrash” siyosatini o‘tkazishga kirishdi. Bu hol o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan Turkiston hayotining barcha jabhalarini ostin-ustun qilib, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy sohalarda har tomonlama buzilishlarni keltirib chiqardi. Shu bilab birga, bu o‘zgarishlarning umumiy yo‘nalishi aniq ifodalangan salbiy xususiyatga ega bo‘ldi. Milliy tafakkur tarziga yot bo‘lgan sotsialistik davlatchilik andozasining zo‘rlik bilan singdirilishi, yangi tipdagi totalitar – mustamlakachilik rejimi tanglik holatlarini yanada kuchaytirdi, Turkiston xalqini haqiqatda halokat yoqasiga olib kelib qo‘ydi. Chunonchi, mustabid tuzum fuqarolarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishi, uning o‘tkazgan ommaviy qatag‘onlari va quvg‘inlari oqibatida o‘lkadagi tub aholining qo‘shni mamlakatlarga ko‘plab ketib qolish hollari ro‘y berdi. Shuningdek, mustaqillik uchun yuz minglab kurashchilar bolshevizmga qarshi kurash frontlarida, bir milliondan ortiq turkistonliklar ochlik va epidemiyalardan halok bo‘ldilar9. Natijada bu davrga kelib aholi soni keskin ravishda qisqarib ketdi. Agar 1915-yilda Turkistonda 7 mln. 149 ming kishi istiqomat qilgan bo‘lsa, 1922-yilga kelib, ularning soni bor-yo‘g‘i 4 mln. 835 ming kishiga tushib ketdi. O‘lka iqtisodiyoti nihoyatda og‘ir ahvolda edi. Uning deyarli barcha tarmoqlari amalda inqirozga uchradi, ishlab chiqaruvchi kuchlar barbod bo‘ldi, tabiiy resurslari jihatidan g‘oyatda boy o‘lkaning aholisi o‘ta qashshoqlik, ochlik, mulksizlik holatiga va nihoyat uning vayron bo‘lgan xo‘jaligi esa natura shakliga tushib qolgan edi.
,,Harbiy kommunizm” – sovet mustabid davlat tuzumining dastlabki andozasi bo‘lib, u o‘zining mutlaqo yaroqsizliligini ko‘rsatdi. U erkin fikrlashva erkin mehnatni, ommaning tashabbusini va ijodini bo‘g‘di. ,,Harbiy kommunizm” siyosati amalga oshirilish natijasida haqiqatda bolsheviklar tasarrufidagi harbiylashgan jamiyat yuzaga keldiki, uning asosiy belgilari boshqaruvni mutlaq barqarorlashtirish va yalpi davlatlashtirish, xususiy muklni bekor qilish, xo‘jalik yuritishning musodara usullari, jazo choralari bilan mehnatga majbur qilish, mavjud bozor iqtisodiyoti tizimini barbod qilish, milliy va insonparvarlik qadriyatlarini markscha sinfiy qadriyatlar bilan zo‘ravonlarcha almashtirishdan iborat edi. Bolsheviklarning ana shu noilmiy siyosati hayotga joriy qilinishi oqibatida iqtisodiyotining halokatli inqirozi, ijtimoiy- siyosiy vaziyatlarning keskinlashuvi yuz berdiki, natijada sovet hokimiyatining yashash yoki yashamasligi gumon bo‘lib qoldi. Yuzaga kelgan bu jiddiy vaziyat kommunistik imperiya rahbariyatini bu iqtisodiy siyosatning mazmuni va mohiyatini qaytadan ko‘rib chiqishga majbur qildi. Iqtisodiy tanglik siyosiy tanglik bilan birga qo‘shilib ketdi. Asosiy maqsadga erishish uchun ,,Taktik yon berishlarga usta” bo‘lgan Sovet davlatining boshlig‘i V. I. Lenin 20-yillarning boshlarida ,,Sotsialistik qurilish”ning yangi andozasini joriy qilish zarur, degan fikrga keldi. U mamlakat kommunistlarini ,, chekinish ” ga ,, qayta guruhlashtirish “ ga, ,, shturm va tazyiq “ o‘tkazishning keskin usullaridan voz kechishga chaqirdi.
Bunday ,,Chekinish“ muvaqqat chora sifatida Tovar-bozor munosabatlarining ayrim belgilarini tiklashni, xo‘jalik yuritishda tashabbuskorlikka yo‘l berishni, yetarli vositalarga ega bo‘lgan tadbirkorlarni izdan chiqqan iqtisodiyotni qayta tiklash ishiga jalb qilishni nazarda tutar edi.
Bu siyosat shusiz ham o‘ta og‘ir iqtisodiy vayronalikni yanada og‘irlashtirib yubordi. Qishloq xo‘jaligida ekin maydonlari keskin kamaydi. 1915-yildagi 3 mln. 300 ming desyatinadan 1920-yilda 1 mln. 200 ming desyatina, ya’ni 2 barobarga qisqardi10 . Paxta ekin maydonlari, 1915-yildagi 523.6 desyatinadan, 1920-yilda 109 ming desyatinaga tuhib qoldi. O‘rtacha paxta tolasini yetishtirish esa 1915- yildagidan 1921-yilda 5% ga kamaydi. 1916-yilda har bir desyatina yerdan hosil 95 puddan 1920-yilda 25 pudgacha kamaydi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 1914-yilgi darajaga nisbatan 1921-yilda 48,8%ga qisqardi. Sug‘orish inshootlari misli ko‘rilmagan darajada barbod bo‘ldi
Shu bilan birga qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlaridan bo‘lgan chorvachilik, parandachilik, ipakchilik, asalarichilik hamda bog‘dorchilik sohalari ham pasayib ketdi. Xususan, chorvachilikka jiddiy ziyon yetdi. 1917-yilda butun o‘lka bo‘yicha 19.082.963 bosh chorva mollari ro‘yhatga olingan bo‘lib, 1920-yilda 8.112.579 boshga tushib ketgan, bu esa 1917-yilga nisbatan 58% ga qisqarib ketganini ko‘rsatadi. Turkiston qishloq xo‘jaligidagi kabi uning sanoati ham juda yomon ahvolda edi. Dehqon xo‘jaliklari va ishga yaroqli aholining soni sezilarli ravishda kamaydi. Xususan, 1921-yilning boshlariga kelib, dehqon xo‘jaliklarining soni 1915-yilga nisbatan 15%, ularda ishlovchi ishga yaroqli erkaklarning soni 36% ga qisqardi.Boshqacha aytganda, oilalarning 1/3 qismidan ko‘prog‘I boquvchisiz qoldi.

Yangi iqtisodiy siyosatga o‘tilishi munosabati bilan agrar ishlab chiqarishni yuksaltirishga qaratilgan xo‘jalik tadbirlari zanjirida mustaqil ish olib boruvchi, mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka dehqonning manfaati oldingi o‘ringa qo‘yildi. Mayda Tovar ishlab chiqaruvchi esa iqtisodiy tizimning mustaqil harakat qiluvchi subekti bo‘lishi uchun uning yerga egalik qilishini ta’minlash, imtiyozli soliq solish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishni ko‘paytirishning iqtisodiy omillarini joriy etish mo‘ljallangan edi. Bunda xo‘jalik jarayonini boshqarishda davlatning faol roli belgilab berildi. Paxtachilik alohida g‘amxo‘rlikni talab qiladigan soha bo‘lib, unda yuzaga kelgan tanglik holatlari ancha keskin darajada edi. 1915- yilda Turkistonda 669 ming desyatina maydonga paxta ekilib, undan 831 ming tonna hosil olingan edi. 1921-yilda esa yalpi terib olingan paxta hosili faqat 15 ming tonnani tashkil etdi, paxta yetishtiriladigan maydon 1922-yilga kelib 11,5 ming desyatinaga tushib qoldi.11


Paxtachilikning inqirozi metropoliyaning iqtisodiy man-faatlariga jiddiy ta’sir qildi. Shuning uchun ham markaziy hukumat birinchi navbatda paxtachilikni tiklash haqida tashvish torta boshladi. Mamlakatda paxtachilikni markazlashgan holda rivojlantirish uchun RSFSR Oliy Xalq Xo‘jalik Kengashi huzurida Bosh Paxta qo‘mitasi (Glavxlopkom) va paxta yetishtiruvchi respublikalarda unga bo‘ysunadigan paxta qo‘mitalari ta’sis etildi. 1921 yil 13 sentabrda Lenin,,Paxtachilikni, paxta tozalash sanoatini va paxta tayyorlashni davlat yo‘li bilan tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom” ni imzoladi. Bu nizom paxtani davlat monopoliyasn qilib mustahkamladi. Dehqonlarni paxta yetishtirishga rag‘batlantirish maqsadida markaziy davlat tuzilmalari qishloq xo‘jalik ishlarini budjetdan mablag‘ bilan ta’minlash, qishloq xo‘jalik qurollarini olib kelish, kamquvvatli xo‘jaliklarni ish hayvonlari bilan ta’minlashning choralarini ko‘rdilar. Ko‘rilgan choralar xo‘jalik sohasida muayyan samarasini berdi.

Bunday ahvolning yuzaga kelish sababi istiqlolchilik urushi bilan bog‘liq vayronagarchilikdan ham ko‘proq (garchi urush ko‘p ziyon yetkazgan bo‘lsada) «harbiy kommunizm» siyosati istiqlolchilik urushining favqulotda vaziyatlari kelgani shubhasiz. Lekin shuni ham nazarda tutish kerakki, bu siyosat mohiyatiga ko‘ra, sotsializmga o‘tishning asosiy qoidalaridan kelib chiqdiki, inqilobiy hokimayat aynan shunga tayangan edi. Bu qoidalar quyidagilardir:


1) ishlab chiqarish vositalarini Sovet respublikasi mulkiga og‘ishmay aylantirish;
2) mamlakatning xo‘jalik faoliyatini yagona reja bo‘yicha birlashtirish;
3) butun aholini birma-bir ro‘yhatga olib, ularga mehnat majburiyatini yuklash;
4) jamoat ishlarini muntazam va rejali yo‘lga qo‘yish;
5) mahsulotni aholi orasida yagona umumdavlat rejasi bo‘yicha taqsimlash;
6) xususiy savdo sohasini qisqartirish;
7) eski kapitalistik tipdagi mayda burjua koperativlaridan proletar va yarim proletar rahbarlik qiladigan matbuot kommunalarining keng tarmog‘ini rivojlantishga o‘tish;
8) pulsiz hisob-kitob qilish bo‘yicha bank chek tizimidan pulni tugatishga o‘tish bosqichi sifatida foydalanish;
9) sovet muassasalarida butun tizmni markazlashtirish hamda asta-sekin quyidan yuqorigacha bo‘ysinishni yo‘lga qo‘yish;
Ushbu qoidalarni amalda ro‘yobga chiqarish bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelgan dastlabki kundanoq fuqorolar urushi yillarida o‘ziga xoslikni hisobga olmay barcha yerda davom ettirildi. Bolsheviklarning ana shu nomaqbul siyosati hayotga joriy qilinishi oqibatida iqtisodiyotning falokatli inqirozi, ijtimoiy siyosiy keskinlashuvi yuz berdi. Yuzaga kelgan bu jiddiy vaziyat ularning bu iqtisodiy siyosatining mazmun va mohiyatini qaytadan ko‘rib chiqishga majbur qildi.
1921-yil bolsheviklar hokimyati va uning rahbari Lenin jamaiyatda yuzga kelgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tanqislikdan tezda chiqish maqsadida, «harbiy kommunizm» dan yangi iqtisodiy siyosat yo‘liga o‘tishga qaror qildi. Yangi iqtisodiy siyosatning mohiyati dehqonlarining iqtisodiy manfaatdorligini oshirish, xususan ekin maydonlarining kengaytirishga, mehnat unumdorligini oshirishga qiziqtirish va shu asosda sanoatni qayta tiklashga kirishish, savdo-sotiqni erkinlashtirish va mayda hunarmadchilik sohalarida xususiy tadbirkorlikka ruxsat etish, bozorni qayta tartibga solish mexanizmlaridan qisman foydalanish, ijaraga olish va yollanma mehnatning cheklanishini bekor qilishdan iborat bo‘ldi. 1921-yilning bahorida Turkisstondagi yangi iqtisodiy siyosatga amaliy o‘tish tamon dastlabki harakatlar boshlandi. Bu ish dastavval istiqlolchilik urushlari tamom bo‘lgan viloyatlarda o‘tkazildi. Turkiston Respublikasi Sovetlari Markaziy Ijroiya Komiteti 1921-yil 20-aprelda Butun Rossiya Markaziy Ijroiya Komitetining 21- martdagi qonuniga muvofiq ravishda oziq-ovqat, yem-xashak, va xomashyo taqsimotini natura solig‘i bilan almashtirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ayni vaqtda to 1923 yilga qadar dshqonlar zimmasida mehnat va ot-ulov majburiyati saqlanib qoldi, keyin u «natura majburiyati» deb qayta nomlandi. Dehqonlar 1921 yilda bu majburiyat hisobiga irrigatsiya tizimlarida 2 mln. kishi-kunidan ortiq tiklash ishlarini bajardilar. bu pul bilan hisoblanganda 2.390 ming so‘m oltinni tashkil etardi.
Turkistonlik dehqonlarning majburiy bepul mehnati irrigatsiya shoxobchalarini ta’mirlash masalalarini qisman hal qilishga yordamlashdi. Lekin suvdan foydalanish tizimini ta’mirlash va tartibga solish sohasidagi asosiy ishlarni faqat aholining kuchi bilangina amalga oshirib bo‘lmasdi. Davlat buni his qilgan holda irrigatsiya ishlariga byudjetdan tobora ko‘proq mablag‘ ajrata boshladi. 1923 yilda bu mablag‘lar 5.567 ming. 1924 yilla esa 6.260 ming oltin so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga dehqonlarning bepul mehnatidan samarali foydalanishga qaratilgan yo‘l saqlanib qoldi. 1923 yilda qishloq aholi natura majburiyati hisobiga qariyb 3.6 mln. Kishi kuni ishlab berdi. uning umumiy miqdori 3.8 mln. so‘mdan ortiq edi.. Yangi iqtisodiy siyosatni isloh qilish yillarida agrar o‘zgarishlarning muhim yo‘nalishi — muvofiqlashtirilgan yer siyosatining o‘tkazilishi bo‘ldi. Biroq, unda avvalgi yillardagi agrar siyosatiimg ko‘pgina jiddiy nuqsonlari saqlanib qolgan edi, Bular jumlasiga sinfiy yondashuvning ustivorligi qishloq aholisi orasida har tomonlama ijtimoiy tabaqalanishni kuchaytirish, Turkiston qishloqlarini sotsialistik qayta qurish kirar edi.
Mazkur yondashuv 1921—1922 yillarda amalga oshirilgan yer-suv islohotida yaqqol ifodalandi. Agrar islohot yangi bosqichining umumiy vazifalari TKP V syezdi va Turkiston sovetlarining IX qurultoyi (1920 Y. sentyabr) qarorlarida belgilab berilgan edi. Bu vazifalarni 3 gurugga bo‘lish mumkin. Birinchi vazifa — sotsialistik yo‘nalishga bo‘linib, u ,, mehnat bilan shug‘ullanmaydigan boy-quloq xo‘jaliklari ” ni tugatish va ko‘chmanchi aholini o‘troq holatga o‘tkazishdan iborat edi. Ikkinchi vazifa — «inqilobiy-demokratik xususiyat»ga ega bo‘lib, u yerlarni yersiz va kam yerli dehqondar, batraklar, chorikorlar o‘rtasida mehnat normalari bo‘yicha taqsimlashni o‘z ichiga olardi. Uchinchi ustivor yo‘nalish chor Rossiyasi mustamlakachilik siyosatining kuchli sarqitlarini yengishga qaratilgan bo‘lib, bu sarqitlar shu narsada ifodalanar ediki, mahalliy aholi yerlarining ko‘pchilik qismi, ayniqsa, Stolipin islohotlari davrida chorizmming ko‘chirish siyosati natijasida kelgindi rus dehqonlari tomonidan egallab olingan edi. Islohotlarning boshlanish davriga kelib qishloq xo‘jaligilagi ko‘chirib keltirilgan rus aholisining soni hammasi bo‘lib 8% ni tashkil etardi, lekin ular butun madaniy yerlarnimg deyarli yarmini egallagan va mahalliy aholiga nisbatan yer bilan 15 baravar ko‘p ta’minlangan edi.:
Islohotni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarishga 1921 yillarning bahorida kirishildi. Islohot o‘tkazish uchun dastlab yer-suv, Sirdaryo, Fargona viloyatlari olindi. Islohotning birinchi bosqichida asosiy vazifa ko‘chirib keltirilgan ruslarning yerlarini tortib olishdan iborat siyosiy «foydali» ishni amalga oshirish bo‘ldi. Ko‘chirib keltirilganlarning asosiy qismi quloqlar deb e’lon qilindi, ularning o‘z manfaatlarini himoya qilishga urinishlari «quloq-mustamlakachi unsurlarning qarshilik ko‘rsatishi» deb baholandi. yer-suv islohoti favqulodda tadbirlar shaklida o‘tkazildi. Islohotning asosiy vositasi — ma’muriy tazyiq o‘tkazishdan iborat bo‘ldi.
Vaqt o‘tishi bilan islohotning strategik vazifalariga muvofaq ko‘chirib keltirilgan ruslardan yerlarni musodara qilib olish bilan bir qatorda vaqf yerlarini tortib olish, boylar, mannoplar. savdogarlar, diniy xizmatchilar va qishloq hamda ovullarning «mehnat bilan shugullanmaydigan yuqori tabaqalari» degan boshqa vakillari yerlarini kamaytirish yuzasidan jiddiy ishlar qilindi. Bu o‘sha «Qo‘shchi» ,,ittifoqi agrar hujum” ning zarbdor kuchi bo‘lib maydonga chiqdi, bu ittifoq 90 mingdan ortiq qishloq aholisini birlashtirgan bo‘lib, uning a’zolari tortib olingan yerlarni birinchi navbatda o‘zlariga olishardi. Ular «mehnat bilan shug‘ullanmaydigan xo‘jaliklar» ni aniqlar, balavlat xo‘jaliklarning yer, chorva mollari, mehnat qurollarini hisobga olishar, yashirib qo‘yish»ga urinishlarni fosh etishardi. Umuman olganda, Turkiston Respublikasida «Qo‘shchi» ittifoqi yordami bilan «mehnat bilan shug‘ullanmaydigan» 8034 ta xo‘jalik tugatilgan edi.
Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Kengashi 1912-yil 8-avgustdagi qarorida 1921-1922-yillar uchun qishloq xo‘jalikgi ishlab chiqarishning barcha asosiy turlari bo‘yicha natura solig‘i miqdorini belgilab berdi. Turkistondagi yig‘ib olinadigan soliq hosil miqdoriga qarab mos emas, balki ekilgan yerning har bir tanobi uchun olinadigan bo‘ldi. Bunda faqat olinadigan hosilning miqdorigina emas, shu bilan birga qoramol va mayda mollarning soni ham hisobga olinar edi. Qarorga muvofiq texnik va maxsus ekinlar asosan markaz manfaatlari uchun zarur bo‘lgan (paxta, qand, lavlagi, tamaki kabilarni) maydonini kengaytirish maqsadida, ekin maydonlarining 1/3 qismini soliq to‘lashdan ozod qilindi. G‘alla mahsulotlari (bug‘doy, arpa, guruch kabilar) ekiladigan sug‘orma va lamikor yerlar uchun 3 tanobgacha bo‘lgan maydon uchun -2 pud, 6 tanobgacha -4 pud, 12 tanobagcha -10 pud, 48 tanobgacha -80 pud belgilangandi.
Obyektiv jihatdan olganda yangi iqtisodiy siyosat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga imkon yaratdi. Ammo uni Turkistonda amalga oshirishda chuqur ziddiyatlar namayon bo‘ldiki, bu murakkab mahalliy o‘ziga xos xususiyatlar bilan chuqurlashib bordi. Chunki, bu siyosatning asl maqsadida sotsialistik pozitsiyani mustahkamlash vazifasi turar edi. Lekin kommunistik mafkuraning avvaldan mulkchilik xilma-xilgini, xususiy tadbirkorlikni, iqtisodiy va siyosiy fikr erkinligini inkor etishi sog‘lom bozor infratuzilmalarini to‘liq namayon bo‘lishini cheklar, mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlariga to‘siq bo‘lardi. Leninning ko‘rsatmasi asosida Respublika, Guberniya Iqtisodiy Kengashlari tuzila boshlandi. Shular qatori Turkistonda ham yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish davrida Turkiston Iqtisodiy Kengashi (Tурк ЭКОСО) 1921-ylning fevral oyida Toshkentda tashkil etildi. Biroq Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining 1921-yil 14-martdagi «Markaziy va mahalliy iqtisodiy organlarni birlashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Turkiston Xalq Komissarlari qoshida «Iqtisodiy Kengash» tashkil etildi 12. Viloyat va uyezdlarda esa viloyat, uyezd ijroiya komitetlari bo‘limlari huquqlariga ega bo‘lgan viloyat va uyezd iqtisodiy kengashlari tuzildi.
Keyinchalik 1921-yilning 23-noyabrida Turkiston Iqtisodiy Kengashi qoshida Turkiston Davlat umumiy-reja Komissiyasi tuzildi. Komissiya tarkibi va uning a’zolari Turkiston Iqtisodiy Kengashi tomonidan belgilangan va Turkiston Iqtisodiy Kengashi raisi tasdig‘idan o‘tgan. Shu bilan birga komissiya o‘z faoliyatiga doir ko‘rsatmalarni smeta bo‘yicha Turkiston Iqtisodiy Kengashidan olgan. Ayni paytda 1921-yil 23-noyabrda bunday komissiyalardan Turkiston Iqtisodiy Kengashi qarori bilan viloyat iqtisodiy kengashlari ham tuzildi1. Turkiston Iqtisodiy Kengashi tuzilgandan olti oy keyin bo‘lib o‘tgan Turkiston Sovetlarining X s’yezdi (21-25. VIII. 1921-yil) bu tuzilmaning faoliyatida o‘zgarish yasadi va uni o‘zining asosiy vazifasini bajarishga yo‘naltirib to‘liq ravishda Moskva farmoyishlariga bo‘ysindirdi. S’yezd kun tartibidan agrar masalalardan tashqari Turkistonda sovet hokimyatini ham iqtisodiy ham siyosiy jihatdan mustahkamlash masalasi ham o‘rin olgan edi. 1921-yil 25-mayda qabul qilingan Mehnat va mudoffa Kengashi (MMK) nakazining loyihasida esa barcha iqtisodiy masalalar bilan shug‘ullanadigan xalq komissarliklari markaziy organlarining ishini bir-biriga muvofiqlashtirish hamda hamma joyda iqtisodiy kengashlar tuzish va ularning hisobotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ko‘zda ta’kidlab o‘tilgan edi13. Bundan ko‘zlangam maqsad esa mahalliy apparat ishini nazorat qilish va shu orqali sansolarlik va buyrokratizmni yoqotishga muvaffaq bo‘lish deb ko‘rsatilgan edi.
1921-yil 6-oktayabrda Turkiston markaziy Iqtisodiy Kengashi va Turkiston Xalq Komissarlari Xalq Komissarlari Soveti uning faoliyatini kuchaytirish maqsadida «Turkiston Respublikasi Iqtisodiy Kengashi haqida» Nizom qabul qilindi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan edi: – Xo‘jalik qurilishini muntazam amalga oshirishda, yagona xo‘jalik rejasini o‘tkazuvchi RSFSR vakillari ishi bilan muvofiqlashtirish borasida iqtisodiy Komissariatlar faoliyatini umumiy boshqarishga yo‘naltirish maqsadida, Xalq komissarlari Kengashi huzurida Turkiston Iqtisodiy Kengashi joriy etiladi. – Turkiston Iqtisodiy Kengashi XIKning doimiy komissiya huquqiga ega bo‘lgan holda, Turkiston ASSR hududidagi boshqaruv idora bo‘lib, o‘z faoliyatida TXKK (Turkiston xalq komissarlari kengashi) TMIQ (Turkiston Markaziy Ijoriya qo‘mitasi) oldida javobgar hisoblandi. – Turkiston Iqtisodiy Kengashi barcha buyruq va farmoyish va qarorlari, Turkiston Respublikaning barcha komissarliklari va muassasalari uchun so‘zsiz majburiy bo‘lib, ularni to‘xtatish va bekor qilish XIK va TMIQning tashabbusi bilan yoki aloqador bo‘lgan komissarliklar tomonidan shikoyat arizasi berish orqali amalga oshriladi. – Turkiston Iqtisodiy Kengashining barcha farmoyish va qarorlari, unga berilgan huquqqa binoan XKKning buruq va qarorlari kuchiga ega bo‘lib, XIK tomonidan to‘xtatilmagan taqdirdagina amalga oshirilish lozim. – Turkiston Iqtisodiy Kengashi Turkiston ASSR hududida RSFSR ni yagona xo‘jalik siyosatini amalga oshirib, RSFSR MIK ning barcha buyruq va qarorlarini, Turkiston Respublikasining xo‘jalik rejasi, mahalliy majburiyatlari, maishiy va iqtisodiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda bajaradi. Mehnat va Mudofaa Kengashining farmoyishlari Turkiston ASSR ning umumiqtisodiy sharoitlariga mos kelmagan taqdirda ularning bajarilishini to‘xtatib, bir vaqtning o‘zida, tegishli sabablarni ko‘rsatgan holda qaror nusxalarini RSFSR MIK, XIK va TMIQni ogoh etadi. – Turkiston Iqtisodiy Kengashi zimmasiga quyidagilar yuklandi:
a) barcha Iqtisodiy Xalq Komisarliklari faoliyatini boshqarish (MXKQ Iqtisod Komissariyati);
b) RSFSR MMKning ko‘rsatma va topshiriqlarini Turkiston ASSR Xalq komissarlari va RSFSR komissarliklari tomonidan bajarilishini kuzatib borish;
c) xo‘jalik qurulishi sohasida sovet hokimyati barcha idoralari faoliyatini nazorat qiladi;
d) muvofiqlashtirish, boshqarish shuningdek, kuzatib borishni va nazorat qilishni amalga oshirish;
g) RSFSRning yagona rejasi asosida Turkiston ASSRning umumiy xo‘jalik rejasini ishlab chiqish, Turkiston Iqtisodiy Kengashi va RSFSRni tegishli idoralari tomonidan ishlab chiqilgan dastur va rejalarni muvofiqlashtirish va XIK, TMIQ hamda RSFSR MIK tomonidan tasdiqlangan birlashgan xo‘jalik rejasini bir butun yoki alohida qismlar bilan taqdim etish;
e) Turkiston ASSR idoralari hamda RSFSRning Mehnat Xalq komissariyati idoralari va muassasalari tomonidan tasdiqlangan xo‘jalik rejasining bajarilishini muntazam kuzatib borish va nazorat qilishni ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarib turish shuningdek, barcha moddiy resurslarni to‘gri va maqsadga muvofiq tarzda ishlatilishini kuztib borish.
6-bandga muvofiq Turkiston Iqtisodiy Kengashi quyidagi huquqlarga ega:
a) Turkiston ASSRning yagona xo‘jalik reajasini ishlab chiqish uchun dastlabki topshiriqlarni belgilash, XIK va TMIQni tomonidan to‘liq tasdiqlangunga qadar, ularni alohida qismlarga tasdiqlash;
b) sovet hukumatining markaziy va mahalliy idoralariga, ularning rahbarlari shaxsiy javobgarligi ostida, xo‘jalik qurilishi bo‘yicha majburiyatlarni belgilash;
c) yagona xo‘jalik reasi asosida Respublikaning yuqori xo‘jalik idoralariga tegishli ko‘rsatmalar berish hamda Xalq komissarlari bergan ta’minot va moddiy mablag‘ ajratish rejalarini tasdiqlash;
d) Turkiston ASSR xo‘jalikgi qurilishi bo‘yicha yagona rejaga zarurat tug‘ilganda tegishli tarzda o‘zgartirishlar kiritish, unga asosan moddiy resurslarni, ishchi kuchi va pul mablag‘larini qayta taqsimlashni amalga oshirish;
e) xo‘jalik faoliyati sohasida majburiy qarorlar va ko‘rsatmalar chiqarish, ularning bajarilishini ta’minlamaganlarni javobgarlikka tortish;
f) o‘z ixtiyoriga taftishlar va nazorat ishlarini o‘tkazish (bunda Ishchi-dehqon inspeksiyasi va favqulotda holat idoralari jalb qilingan holda);
g) mulkni xatlamoq, musodara qilish, zavod, fabrika, boshqa sanoat va mol ayirboshlash muassasalarini milliylashtirish, konsessiya masalari, shuningdek birinchi toifa muassasalarni ijaraga olish masalalarini ko‘rib chiqadi;
h) RSFSR va Turkiston ASSR mulkiy xo‘jalik rejasiga muvofiq konsentratsiya, terstlashtirish, sindikatlashtirishni amalga oshiradi.
Hokimiyat tuzilmalarining fikriga ko‘ra kredit kooperatsiyasi sudxo‘rlik kapitalini siqib chiqarishda davlatga ancha samarali ta’sir ko‘rsatish imkonini berardi. Bu kooperatsiyaning shakllaridan biri kredit va ssuda omonat shirkatlari bo‘ldi. 1923 yilda ularning soni 275 ta edi. Shu bilan bir qatorda qishloq aholisiga qarz berish qishloq xo‘jalik kooperatsiyasi orqali ham amalga oshirilar edi, bu kooperatsiya 1924 yilda qishloq ahliga krsdit berishda yetakchi o‘rinni egallagan edi. Masalan u paxtani kredit bilan kontraktatsiya qilish sohasida davlat bilan paxtakorlar o‘rtasidagi birdan-bir vositachiga aylanib qoldi. Natijada qayd qilingan davrda xususiy sektor hissasiga barcha tayyorlangan paxtaning qariyb 3%n to‘g‘ri keldi. xolos. Boshqacha aytganda, bitta monopoliya boshqasi bilan almashdi.
1923-yilning may oyida RSFSR hukumat Davlat qishloq xo‘jalik bankini ta’sis etdi. Tez orada unish filiati Turkistn Avtonom Respublikasida ham tashkil etildi. Qishloq xo‘jalik banki o‘z operatsiyalarini kredit shirkatlari va qishloq xo‘jalik kooperatsiyasi orqali amalga oshirardi. 1923 yildaTurkistonda 1169 ta kredit-kooperativ shirkati mavjud bo‘lib, shirkat a’zolarining aksariyat ko‘pchiligi O‘rta Osiyo qishloq xo‘jalik banki vositachiligida ssudalardan foydalandi. Kreditdan foy-dalanadigan xo‘jaliklar esa 28 mingdan ortiq edi.
Turkiston qishloqlarida kooperativ harakatnimg rivojlanishida 1923 yilda tashkil etilgan. Qishloq xo‘jaligiga yordam ko‘rsatish qo‘mitasi salmoqli rol o‘ynadi. Bu qo‘mita faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri qishloq xo‘jalik shirkatlarining tashkil etilishi bo‘ldi. Ular qishloq xo‘jalik kooperatsiyasining boshlang‘ich shakli edi. O‘z tarkibiy tuzilishiga ko‘ra u unchalik murakkab emasdi va shu sababdan dehqonlarning kambag‘al qatlamlariga ancha tushunarli edi. 1923 yilning o‘rtalariga kelib bunday shirkatlardan 246 tasi ish boshlagan edi. Ular agrar ishlab chiqarishning barcha tarmoqlariga xizmat ko‘rsatardi. Ularning ko‘proq qismi paxtachilikni ham qamrab olgandi.
Qishloq xo‘jalik shirkatlari bilan bir qatorda Turkistonda kooperatsiyalarning boshqa turlari ham ommalashgan edi. Chunonchi, 1923 yilda respublikada har xil turdagi 877 ta kooperativ mavjud bo‘lib, ularga 288,1 ming kishi a’zo edi. Ular orasida 259 tasi matlubot kooperativlari bo‘lib, 155,5 ming kishini ta’minlardi. 346 tasi qishloq xo‘jalik kooperativlari bo‘lib, ular 128,9 ming kishini, 199 tasi hunarmandchilik kooperativi bo‘lib, ular 3,3 ming kishini birlashtirgan edi. 1924 yilda qishloq xo‘jalik kooperativlari soni ortib, 910 taga yetdi. Natijada kooperativ qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining yetakchi kuchlariga aylantirildi. Ayniqsa paxtachilikda ularning ahamiyati katta bo‘ldi. Shuni aytish kifoyaki, 1924 yilda kooperatorlar umumiy paxta maydonlarining 92.6%iga chigit ekkan edilar.
Biroq kooperativ harakatida muvaffaqiyatlar bilan bir qatorda uning qudratli imkoniyatlaridan to‘la foydalanilmaganligini ham aytib o‘tish joizdir. Bunga ham qisman bo‘lsa-da, iqtisodiyotning mafkuralashganligi sabab bo‘ldi. Ular kreditlar berish va kooperativlarga a’zolar qabul qilish masalalarida yaqqol ko‘zga tashlandi. Har kimni ham kooperativga qabul qilishavermasdi. Sinfiy tanlov mavjud edi. Kambag‘allarga ustivorlik berilardi.
1924 yil 11-yanvarda Mehnat va Mudofaa Kengashi O‘rta Osiyo Tijorat bankini ta’sis etdi, uning vazifasiga uyilagilar kirardi:

  1. respublikalarda paxta tayyorlashni krsdit bi-lan ta’minlash,

  2. ularga SSSRming fabrika-zavol mahsulotla-rini keltirib berish,

  3. TASSR, Buxoro va Xorazm respublika-larida ichki tovar ayirboshlashnn amalga oshirish.

Tijorat bankining kredit operatsiyalari qishloq xo‘jaligini, ayniqsa, uning yetakchi tarmog‘i bo‘lgan paxtachilikni yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 1924 yilda bank tomonidan berilgan 13.5 mln. so‘m ssudadan 55%i xom ashyo tayyorlashga, shundan 17%i maxta tayyorlashga sarf qilindi.
Xo‘jaliklarga rahbarlik qilish tizimlarining nisbatan sog‘lomlashtirilishi, iqtisodiy ta’sir ko‘rsatish vositalaridan ko‘proq foydalanilishi 1923—1924 yillarda agrar ishlab chiqarishda burilish yasadi. Umumiy ekin ekiladigyan maydon I mln. desyatinadan 1924 yilda I mln. 632 ming desyatinaga yetdi. Bu ulushdan oldingi miqdorning 57.8% ini tashkil etardi. 1923 yilda chorva mollar miqdori deyarli uchdan bir baravar ko‘paydi. 1924 yilda esa 300 ming boshdan ko‘proqqa ortdi. 1924 yilda terib olingan pilla 1920 yilga nisbatan 3 baravar ko‘paydi va 125 ming pudni tashkil etdi. Shunday qilib, yangi iqtisodiy siyosatning dastlabki tadbirlaridayoq uning barcha murakkabligi va ziddiyatlari namoyon bo‘lishiga qaramasdan, qisman bo‘lsa-da, sog‘lom iqtisodiy munosabatni yo‘lga qo‘yishga, qishloq xo‘jaligining falajlik holatidan chiqishiga doir keskin muammolarni xal qilishga yordam berdi.
Turkiston qishloq xo‘jaligida bo‘lgani kabi uning sanoatida ham 1920 yilga kelib chuqur inqiroz yuz berdi. Ayniqsa, qayta ishlash, qazib chiqarish tarmoqlari va transport butunlay izdan chiqqan edi. O‘lka sanoati yalpi mahsulotining umumiy hajmi 1920 yilda 1914 yildagiga nisbatan 80 % kamaygan edi, shulxa, paxta yog‘i, paxta tolasi ishlab chiqarish 17 baravar pasayib ketgandi. Temir yo‘llarda parovozlarning beshdan bir qismi zo‘rg‘a ishlayotgan edi. Toshko‘mir va neft qazib chiqarish esa kundalik extiyojni ham qoplamas edi.
Turkiston Iqtisodiy Kengashi tarkibiga a’zolik huquqi bo‘yicha egallab turgan lavozimiga ko‘ra Xaql Komissarlari yoki ularning o‘rinbosarlari kiradilar: 1. Mehnat Xalq Komissari. 2. Oziq-ovqat Xalq Komissari. 3. Yer Xalq Komissari. 4. Xalq Xo‘jaligi Markaziy Kengashi Raisi. 5. Maorif Xalq Komissariligi Kengashi (MXKK) vakili. 6. VSSPS Turkiston Buyrosining bitta vakili. 7. Moliya Xalq Komissari hamda Turkiston Iqtisodiy Kengashi raisi o‘rinbosari etib TMIQ tomonidan saylanadigan ikki nafar a’zo kiradi. Eslatma: Qolgan Xalq komissarlari va muassasalar vakillari ularga tegishli masalalar bo‘yicha kelishuv ovoziga ega bo‘ladilar.
Turkiston Iqtisodiy Kengashi raisi TMIQ tomonidan tasdiqlandi va XIK raisining o‘rinbosari hisoblandi. – U yoki bu xo‘jalik operatsiyalari, ma’muriy-nazorat vazifalarini bajarishda Turkiston Iqtisodiy Kengashi barcha Iqtisodiy Komissarlar idoralari bilan bir qatorda zarurat yuzasidan Turkiston ASSRning Markaziy va mahalliy muassasalari idoralaridan foydalanadi. (Shu jumladan Ishchi-dehqon inspeksiyasi va favqulotda holat). Bundan tashqari hisob-reja ishlarini bajarishda Turkiston Iqtisodiy Kengashi o‘zining huzurida umumrejali va u orqali o‘ziga tobe bo‘lgan rejali komissiyalar va alohida Xalq Komissarlari huzurida buyrolar tashkil etadi (yoki RSFSR tegishli Xalq komissarlari vakillari tashkil). Shuningdek, Turkiston Iqtisodiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yurituvchi Kotibiyatni tuzadi. – Turkiston Iqtisodiy Kengashining joylardagi bevosita ijrochilari uning oldida bajarilgan ishlar bo‘yicha javobgarlik tariqasida, Turkiston Iqtisodiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yurituvchi Iqtisodiy Kengashlar hisoblandi. – Shtatlar va tashkiliy reja Turkiston Iqtisodiy Kengashi tomonidan tasdiqlanib, zarur bo‘lgan moddiy mablag‘ belgilangan tartibda Turkiston Iqtisodiy Kengashi tomonidan alohida smeta bo‘yicha o‘tkaziladi.
Turkiston Iqtisodiy Kengashi o‘z muhriga ega. Turkiston Iqtisodiy Kengashining birinchi raisligiga S. Paskuskiy saylangan bo‘lib, ayni paytda u Turkiston Xalq komissarlari Kengashi raisining o‘rinbosari edi. Uning o‘rinbosari lavozimiga esa A. Asatkin va Sherg‘oziyevlar saylangan edi. Turkiston Iqtisodiy Kengashi o‘ziga berilgan vakolatlar va huquqlar doirasida o‘lka hayotining barcha sohalarini o‘z nazoratiga oladi14. Turkiston Iqtisodiy Kenashi Nizomida uning huquqlari va vazifalari quyidagicha ko‘rsatilagan: O‘z navbatida Turkiston Iqtisodiy Kengashi faoliyati markazdagi Mehnat va Mudofaa Kengashi tomonidan muntazam kuztib borilgan edi. Masalan, Mehnat va Mudofaa Kengashining mahalliy iqtisodiy kengashlar to‘g‘risidagi, hisob berish to‘g‘risidagi hamda Mehnat va Mudofaa Kengashining nakaziga amal qilish to‘g‘risidagi qarori loyihasida (1921-yil. 19-20-may): barcha iqtisodiy kengashlar o‘z faoliyatlari to‘g‘risida Mehnat va Mudoffa Kengashiga majburiy ravishda ( ta’kid bizniki- I. hisob berib turish belgilangan edi. Viloyat iqtisodiy kengashlarining hisobotlari kamida 100 nusxa bosilishi (3 nusxasi Mehnat va Mudofaa kengashiga, bir nusxadan eng yirik umumdavlat kutubxonalariga, Moskavadagi Rumyansev va Petrograddagi Xalq kutubxonasiga, mahalliy iqtisodiy kengash kutubxonalariga yuborilishi kerak) ko‘zda tutilgan edi .
Shuningdek, Xalq komissarlari Kengashi va Mehnat va Mudofaa Kengashi raisi Leninning Xalq Komissalari Kengashi va Mehnat va Mudofaa Kengashi ishlar mudirining yordamchisi B.A. Smolyaninovaga yuklatilgan topshiriqning birinchi bandida viloyat iqtisodiy kengashlari bilan aloqada bo‘lgan hamda, ulardan keladigan telegramma, material va bayonnomalarini ko‘zdan kechirib natijalaridan hamda Mehnat va Mudofaa kengashi topshiriqlari qanday bajarilayotganligidan Mehnat va Mudofaa Kengashi raisini vaqti-vaqti bilan bilan xabardor qilib turish belgilanga edi. Shunday qilib, Turkiston Iqtisodiy Kengashi aslida Turkkomissiya, Turkbyuro singari «qizil imperiya»ning o‘lkaning mustamlakaga aylantiruvchi yana bir vosita bo‘lib, Turkistonning xalq xo‘jaligi qurilishida yagona asosda ish yuritish, komissarliklar tomonidan qabul qilingan ta’minot va moliya masalalarini tasdiqlashi, RSFSR Mehnat va Mudofaa Kengashining qoidalariga mos tushuvchi o‘zgarishlarni amalga oshirishi, RSFSR va Turkistonning yagona xo‘jalik rejasi asosida boshqarishi lozim edi. Ammo Turkiston Iqtisodiy Kengashi o‘zining dastlabki raisi Paskuskiy iborasi bilan aytganda «XIK vakillari guruhi sifatida paydo bo‘lib, aniq xo‘jalik rejasiga ega bo‘lgan markazga aylana olmasdan, Iqtisodiy Kengashning boshqarmalararo organi bo‘lib qoladi. Uning joylarda mustahkam tayanchi bo‘lmagani uchun xo‘jalik vazifalarini amaliy jihatdan bajara olmaydi».
Yangi iqtisodiy siyosat islohotlarini sanoat sohasida qo‘llanilishining tarkibiy elementlaridan biri lenincha «davlat kapitalizmi» g‘oyasi edi. U xo‘jalik yuritishning nosotsialistik shakllarini vaqtincha tiklashni nazarda tutardi. Biroq muhim sohalar, birinchi navbatda yirik sanoat sotsialistik qayta qurishning asosiy ijrochisi, mulkdori va boshqaruvchisi bo‘lgan davlat qo‘lida saqlanadigan edi. Sanoat ishlab chiqarishining sotsialistik sektorida yetakchi bo‘lgan «yangi iqtisodiy siyosat yo‘nalishi» sanoatda va korxonalarda qatiy rejalashtirishni va xo‘jalik hisobini joriy etish asosida boshqaruvni keng miqyosda qayta qurishga qaratildi, u so‘m bilan nazorat qilishni va ishlab chiqarish demokratiyasini bir qalar kengaytirishni ta’minlar edi, 1921 yidda sanoatga rahbarlik qilishni qayta tashkil etish amalga oshirildi. Uning asosiy mohiyati yirik va muhim kor-xonalarda ishlab chiqarishni markazlashtirishdan iborat edi. Bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar birlashtirildi, foyda keltirmaydigan korxonalar esa yopildi.
Yangi iqtisodiy siyosat sharoitida davlatning sanoatni qayta tashkil etish siyosatining eng maqbul shakli sifatida ishlab chiqarish birlashmalari — markazlashtirilgan trestlar e’tirof qilindi. 1921 yilning oxiriga kelib Turkistonda ana shunday trestlardan 10 tasi tashkil etildi, ular xo‘jalik hisobiga o‘tkazilgan 99 ta yirik korxonani birlashtirgan edi. Masalan, yoqilgi sanoati korxonalari «Turkyoqilg‘itresti»ga, metall ishlash sanoati korxonalari «Sanoatmetall» trestiga, binokorlik materiallari korxonalari ,,Qurilishtersti” ga. un-tegirmon sanoati korxonalari ,,Untrest”ga birlashtirildi. «Toshgestram», «Toshremtex», «Xomteri» trestlari va boshqalar ham ish olib borardi. Iqtisodiyotni boshqarishning markazlashgan organlari o‘rniga kelgan trestlar yangi shakllanib kelayotgan xo‘jalik mexanizmining bir qismi sifatida (agarda ularni aylanma kapital bilan tegishli suratda ta’minlash vazifalari aniq bel-gilanib, xo‘jalik hisobiga asoslangan faoliyatini izchillik bilats rivojlantsrgan taqdirda) iqtisodiyotning tiklanishida ijobiy rol o‘ynadi. Natijada Turkiston Respublikasi Oliy Xalq Xo‘jalik Kengashi tasarrufidagi ishlamay turgan korxonalar soni 46%dan 1% ga tushdi.
1921 yilda yirik Xilkovo sement zavodi qurilishi qayta tiklandi. Farg’ona pillakashlik fabrikasi, Toshkentda gidro elektr stansiya barpo etila boshladi. 1924 yilda hozirgi O’zbekiston hududida qurib bitkazilgan Bekobod sement zavodi 9 ta elektrostansiya, 2 ta metall ishlash zavodi, 2 ta tikuvchilik va 1 ta pillakashlik fabrikalari ishlay boshladi. Turkiston sanoati birinchi navbatda sotsialistik ishlab chiqarish vositasi sifatida tiklandi va rivojlandi. Umuman yalpi mahsulot ishlab chiqarish sohasida 1924 yilda davlat sektori ulushi 97,1 % ni, xususiy kapitalistik sektor ulushi 1.8% ni va kooperativ sektor ulushi 1,1 % ni tashkil etdi. «Xususiy kapital» sanoatning asosiy bo‘lmagan tarmoqlarga ishlatilishi mumkin edi va qatiy davlat nazorati ostida bo‘lardi. Bu kapitalni tiklash shakllaridan biri ijaraning joriy etilishi bo‘ldi. Oliy Xalq Xo‘jalik Kengashiga bo‘ysunadigan korxonalarni ijaraga berish RSFSR XIKning 1921-yil 5 iyuldagi Dekreti bilan belgilangan edi. Mazkur dekretga binoan faqat norentabel, mayda va faoliyati to’xtatib qo’yilgan korxonalarni ijaraga berish tavsiya etilgan edi. Ijarachilar asosan xususiy shaxslar bo‘lib, ular ko‘p hollarda korkonalarning yoki kooperativ tashkilotlarning sobiq egalari (30%) edi.
Yangi iqtisodiy siyosat islohotlarining boshlang‘ich bosqichida korxonalarning aralash xususiy hissadorlik tarzida ijaraga berilishi nisbatan kengroq rivojlandi. Bunday i9jarani ko‘proq xususiy kapital asosida jamiyatlar va shirkatlar amalga oshirardilar. Masalan, 1922 yilning iyun oyida Samarqandda pivo pishirish zavodini foydalanishga tolshirish bo‘yicha savdo-sanoat shirkati tashkil etilgan edi. 1922 Yilning oxirlaridan e’tiboran xususiy kapital negizida «Turkiston», ,,Ti-jorat”, «Eksport-import», «Uch bosh», «Vositachi», ,,Karvon” va boshqa shirkatlar ishlay boshladi. Faqat Farg‘ona viloyatining o‘zida bu davrda 24 ta savdo va ijara shirkatlari ro‘yxatga olingan edi.
Sovet davlati sanoat sohasida xususiy tashabbusning keng tarqalishini cheklashga, xususny kapital mavqeining kuchayishiga ta’sirlar to‘siq qo‘yishga butun vositalar bilan urindi. Shunday bo‘lsa ham qattiq shartlarga qaramasdan xo‘jalik yuritishning yangi shakllari kirib kelaverdi. 1921 yillari Turkiston Avtonom Respublikasida 86 ta korxona ijaraga berilgan edi. Garchi davlat monopoliyasi hukmron bo‘lsa-da, xususiy kapital paxtachilikka zo‘r qiziqish bilan qaradi. Xususiy kapitalga mayda va yarim osti buzilgan» paxta tozalash va zavodlari ijaraga berildi.
Turkistonda yirik fabrika-zavod sanoatining zaif darajada rivojlantirshi huharmandchilik sanoatining avj olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berdi. Xom-ashyo tayyorlash va mahsulot sotishni birgalikda olib borishning foydali ekanligini tushungan hunarmandlar artellarga birlashdilar, hunarmandchilik kooperatsiyasini tashkil etdilar. 1921-yilda o‘lkada ishlab chiqarishning turli tarmoqlariga oid 1270 ta kooperativ-huharmandchilik artellari ishlab turardi, ularga 10 mingga yaqin hunarmandlar birlashgan. Kooperativlar faoliyatida aholining mustaqilligi oldingiga qaraganda ko‘proq namoyon bo‘ldi. Kooperativ tashkilotlarga boshqalardan ajralib turadigan iqtisodiy mavqega ega bo‘lgan ijtimoiy tabaqalarning vakillari kirardi. Ishlab chiqarish natijalari ham yetarli darajada samarali bo‘ldi, bu esa madaniy tovar-pul munosabatlari doirasida rivojlanuvchi kooperativ harakatning keng imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat berardi. Afsuski, bu imkoniyatlardan to‘la ma’noda foydalanishning imkoni bo‘lmadi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kooperatsiyadan nihoyatda kam foydalanildi, rasmiyatchilikka asoslangan Yo‘l-yo‘riqlar haddan tashqari ko‘payib ketgan edi. Kooperativ sektorning shaharda ham, qishloqda ham faoliyat ko‘rsatishiga mafkuraviy mutaassibliklar, moliyaviy-iqtisodiy qiyinchiliklar, ma’muriyatchilik to‘sqinlik qilardi.
Yangi iqtisodiy siyosat islohotining ziddiyatlari Turkistondagi sanoat ishlab chiqarishing tiklash jarayonlariga o‘z tasirini ko‘rsatdi. Bir tomondan, xo‘jalik yuritish yangi mexanizmlarining joriy etilishi, iqtisodiy fikr ekanligining nisbatan tiklanishi sifat o‘zgarishlariga olib keldi. 1923/24 xo‘jalik yilida Turkiston ASSRdagi butun yirik va o‘rta sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 1921 yildagiga nisbatan 1,7 martadan ziyodroq ko‘paydi15.

Download 275 Kb.
1   2   3   4




Download 275 Kb.