Ekspluatatsiyada uchraydigan faktorlarning avtomobil harakat xavfsizligiga tahsiri




Download 10.21 Mb.
bet70/78
Sana24.03.2017
Hajmi10.21 Mb.
#1552
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78
Ekspluatatsiyada uchraydigan faktorlarning avtomobil harakat xavfsizligiga tahsiri.
Ekspluatatsiyada uchraydigan kupgina faktorlar avtomobilg’ harakat xavfsizligiga uning u yoki bu ekspluatatsion xususiyatlari orqali tahsir etadi. Avvalo, xaydovchi transport harakati vaqtida . unga tahsir etuvchi kuchlarni ularning burilish va tormozlash paytida kimmat hamda yo’nalishi o’zgarishini bilish kerak. Agar bu kuchlar xisobga olinmasa va burilish katta tezlik bilan bajarilsa, avtomobilg’ yoniga agdarilishi mumkin.

Avtomobilg’ og’irlik markazining baland bo’lishi harakat xavfsizligiga salbiy tahsir ko’rsatadi. Agar yuk avtomobiliga katta o’lchamli yuk ortilsa, avtomobilg’ og’irlik markazining balandligi kattalashadi, bu esa avtomobilni yonga agdarilish xavfini oshiradi.

Avtomobilg’ g’ildiraklarining yo’l bilan tishlashish koeffitsienti ham harakat xavfsizligiga tahsir etadi. Tishlashish koeffitsientining qiymati, shina protektorining qanchalik yeyilganligiga bog’liq. Agar protektor ortiqcha yeyilgai bo’lsa (ayniksa, xul yo’lda). Tishlashish koeffitsienti kamayadi va avtomobilg’ yonga sirpanib uning turgunligi yo’qoladi. Avtomobilning turgunmas harakati yo’ldagi transportning harakat xavfsizligini buzadi.

Avtomobilg’ tormozlash sistemasining texnikaviy xolati, uning to’g’ri sozlanishi va foydalanilishi harakat xavfsizligini tahminlovchi asosiy faktor xisoblanadi. Yo’lga chiqishdan avval xaydovchi har bir g’ildirakning bir xilda sozlanganligini, tormoz sistemasining aniq ishlashini tekshirishi zarur. G’ildiraklarda tormozlash mexanizmining bir xilda sozlanmaganligi paydo bo’lgan tormozlash kuchlaririning har xilligiga olib keladi. Bunda avtomobilg’ tormozlansa, yonga sirpanib, turgunligini yo’qotadi. Bahzan pnevmatik yeki gidravlik yuritmali tormoz sistemasida shlangning noto’g’ri o’rnatilishi tusatdan uzilishiga sabab bo’ladi. Natijada tormoz ishlamaydi va harakat xavfsizligi buziladi.



  1. Boshqariluvchi g’ildiraklarning barkarorligi shkvorenning kundalang va bo’ylama og’ish burchaklariga, g’ildirakning yonaki og’ish burchagiga g’ildiraklarning yakinlashuviga bog’liq. Xaydovchi avtomobilg’ g’ildiraklariiing to’g’ri joylashishini sistematik ravishda sozlash bilan yaxshi xolatda saklashi zarur. Bu esa harakat xavfsizligini tahminlovchi asosiy faktorlardan xisoblanadi. Bundan tashkari avtomobilg’ (ayniksa, yengil avtomobilg’) g’ildiraklarining muvozanatlanganligi uning

B.M. Biryukov. INTERNET-spravochnik boshqariluvchanligiga, demak harakat xavfsizligiga ijobiy tahsir ko’rsatadi.

Xaydovchining psixik va fiziologik xolati ham harakat xavfsizligiga tahsir etishi mumkin. Avtomobilni yaxshi boshqarish uchun xaydovchining kurish kobiliyati utkir bo’lishi, ranglarni ajrata olishi yo’l sharoiti o’zgarganda ham ziyraklikni saklashi lozim.




Download 10.21 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78




Download 10.21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekspluatatsiyada uchraydigan faktorlarning avtomobil harakat xavfsizligiga tahsiri

Download 10.21 Mb.