• 1-mavzu. AVTOMOBILNING EKSPLUATATSION XUSUSIYATLARI Reja 1.Ekspluatatsion xususiyatlar nazariyasining taraqqiyoti
  • Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari
  • Tortish dinamikasi
  • Avtomobilning boshqariluvchanligi
  • Y o’ l t o’ si q laridan o’ ta olish xususiyati
  • Remont q ilishning osonligi
  • Foydalanish uchun adabiyotlar
  • 2-mavzu. HARAKATDAGI AVTOMOBILLARGA TAHSIR ETUVCHI KUCH VA MOMENTLAR Reja 1. Avtomobilga tahsir etuvchi kuchlar
  • Andijon mashinasozlik institut




    Download 10,21 Mb.
    bet1/78
    Sana24.03.2017
    Hajmi10,21 Mb.
    #1552
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

    ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUT

    Avtomobillar nazariyasi”



    fanidan

    MA'RUZALAR KURSI

    5 524700 - «Avtomobilsozlik va traktorsozlik» yo'nalishidagi talabalari uchun

    Andijon - 2013 yil

    MUNDARIJA


    1-mavzu. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari




    2-mavzu. Harakatdagi avtomobillarga tahsir etuvchi kuch va momentlar




    3-mavzu. Avtomobilning tortish dinamikasi.




    4-mavzu. Avtomobilning tormozlanish dinamikasi




    5-mavzu. Avtomobilning yonilgi tejamkorligi




    6-mavzu. Avtomobiling boshqariluvchanligi




    7-mavzu. Avtomobilning turgunligi




    8-mavzu. Avtomobilning yo'l to'siqlaridan o'tuvchanligi




    9-mavzu. Avtomobilning yurish ravonligi




    10-mavzu. Harakat xvfsizligi




    11-mavzu. Avtopoezdlar




    1-mavzu. AVTOMOBILNING EKSPLUATATSION XUSUSIYATLARI

    Reja

    1.Ekspluatatsion xususiyatlar nazariyasining taraqqiyoti

    2. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari


    Ekspluatatsion xususiyatlar nazariyasining taraqqiyoti

    Transport vositalarining harakat qonuniyatlarini birinchi bo'lib rus olimi N.E.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.

    Jukovskiy “Avtomobilning burilishdagi harakat nazariyasi”ga bag'ishlangan ilmiy ishi bilan boshladi. 1921 yilda “Avtomobilar va Avtomotor ilmiy tekshirish instituti” tashkil etilib, avtomobilni tadqiqot qilish va sinash ishlari planli ravishda yo'lga qo'yildi. Avtomobilg’ nazariyasiga oid asosiy ishlarni fundamental xolatda akademik Ye.A.CHudakov yaratdi. U avtomobilning yonilg'i sarflash tejamkorligi va turgunligi kabi ekspluatatsion xususiyatlarini birinchi bo'lib nazariy asosda ishlab chiqdi. Avtomobilning yonilgi sarflash tejamkorlilik xususiyatlarini rivojlantirishda bir qator olimlarning xizmati katta, bular B.S. Falg’kevich, N.K.Kulikov. Ya.M.Pevznerning “Avtomobilning turgunligi nazariyasi” kabi kitobi shu soxadagi ilmiy tadqiqotlarga asos solgan. Avtomobilni tormozlash masalalarini N.A.Buxarin, A.B.Gredeskul, yurish ravonligini R.V. Rotenberg, burilishdagi harakat masalalarini A.S.Litvinov tadqiqot etdi, Ya.X.Zakin esa avtopoezdlarining ekspluatatsion xususiyatlarini mukammal o'rgandi.

    Mahlumki, har qanday nazariya tajriba bilan chambarchas bogliq bo'lgandagina muvaffaqiyatli rivojlanadi. G.V.Kramerenko, L.L. Afanasev, D.P.Velikanov va V.A.Ilarionovlar avtomobillar nazariyasini real sharoitda qo'llash borasida tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
    Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari
    Avtomobilning ekpluatatsion xususiyatlari nazariyasi transport harakat qonunlari va ekspluatatsion xususiyatlarini o’rganuvchi fan bo’lib nazariy mexanika, mexanizm va mashinalar nazariyasi, materiallar qarshiligi kabi kurslarga asoslangan.

    Nazariy izlanishlar va tajriba mahlumotlari asosida avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlariga tahsir etuvchi faktorlar aniqlanib, avtomobilg’ konstro’qtsiyasini yanada takomillashtirish yo’llari topildi, shu bilan birga bu fan yuk tashish protsessini optimal tashkil etish va maksimal iqtisodiy effekt olish masalalarini ham xal qildi.

    Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi uni ishlatish davrida avtomobildan effektiv foydalanish usullarini va konstro’qtsiyasining ekspluatatsiyaon talablarini qanoatlantirish darajasini harakterlab beradi. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlariga tortish va tormozlash dinamikasi, yonilg’i sarfining tejamliligi, boshqaruvchanlik, turgunlik, yo’l to’siqlaridan o’ta olish xususiyati yurish ravonligi, harakat xavfsizligi, puxtaligi, remont qilishning osonligi kabi ko’rsatkichlar kiradi.

    Avtomobilning dinamikasi uning yuk yoki passajirlarni maksimal o’rtacha tezlik bilan harakatlanib tashish qobiliyatidir. Avtomobilning dinamikasi qanchalik yaxshi bo’lsa, uning tezligini oshirish qobiliyati shunchalik yuqori bo’ladi, o’rtacha harakat tezligi qancha katta bo’lsa, yuk tashish uchun shuncha kam vaqt sarf bo’ladi. Avtomobilning dinamikasi uning tortish va tormozlash xususiyatlariga bog’liq bo’lganligi uchun u tortish va tormozlash dinamikalariga bo’linadi.

    Tortish dinamikasi deb, avtomobilning mahlum ekspluatatsion sharoitda maksimal o’rtacha tezlik bilan harakatlanish xususiyatiga aytiladi.

    Tormozlash dinamikasi deb, avtomobilning sekinlanish va effektiv tormozlanish qobiliyatiga aytiladi.

    Yonilgi sarfining tejamligi deb, avtomobilda yoqilgan yonilg’i energiyasidan ratsional foydalanish xususiyatiga aytiladi. Yonilg’i ishlab chiqarish uchun ketgan harajatlar yuk tashish tannarxining 16-20% ini tashkil etadi, shuning uchun yonilg’i qancha kam sarflansa, avtomobildan foydalanish shuncha arzonga tushadi.

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

    Avtomobilning boshqariluvchanligi deb, boshqariluvchi g’ildiraklarning holati o’zgarishi bilan avtomobilning o’z harakat yo’nalishini o’zgartirish xususiyatiga aytiladi. Avtomobilning harakat vaqtidagi xavfsizligi uning boshqariluvchanligiga ko’p jihatdan bog’likdir.

    Avtomobilning turgunligi deb, uni yon tomonga sirpanishga, agdarilishga va surilishga majbur etuvchi kuchga qarshilik ko’rsata olishi hamda harakat traektoriyasini saqlay olish qobiliyatiga aytiladi. Turgunlik ham boshqa faktorlar kabi harakat xavfsizligini tahminlashda katta ahamiyat kasb etadi.

    Yo’l to’siqlaridan o’ta olish xususiyati deb, avtomobilning og’ir yo’l sharotlarida va yo’lsiz joylarda (botqoqlik, qor o’qmi va x.k.) yetakchi g’ildiraklarining shataksiramasdan (shataksirash- g’ildirakning o’z joyida aylanib harakatlanishi), avtomobilg’ tagining esa notekisliklarga tegmasdan o’ta olish qobiliyatiga aytiladi. Bu ekspluatatsion xususiyat ayniqsa qishloq xo’jaligida, o’rmon sanoatida, qurilishlarda va karg’eralarda ishlovchi avtomobillar uchun tahluqlidir.

    Yurish ravonligi deb, avtomobilning notekis yo’ldan kuzovni ortiqcha tebrantirmasdan harakatlanishiga aytiladi. Avtomobilning yurish ravonligi o’rtacha harakat tezligiga, yukning shikaslanmasdan manzilga yetkazilishiga, avtomobilda yurishning qulayligiga, xaydovchi va passajirlarning charchashiga katta tahsir ko’rsatadi.

    Avtomobilning puxtaligi deb, uning agregat, uzel, detallarining ish jarayonida buzilmasdan, sinmasdan ishlash qobiliyatiga aytiladi. Puxtalik harakat xavfsizligini tahminlashda katta ahamiyatga ega.



    Remont qilishning osonligi avtomobilg’ agregatlari va uzellari buzilgandan ularni tezlikda yana ish bajara oladigan holga qaytarishga moslanganligini ko’rsatadi. Bu ekspluatatsion xususiyat avtomobilni loyhalash vaqtida xisobga olinishi kerak, u avtomobilning ish unumdorligini oshirishda katta rolg’ o’ynaydi.

    Nazorat uchun savollar.

    1. Avtomobilning ekpluatatsion xususiyatlari nazariyasi tarixi xaqida nima bilasiz?

    2. Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi fani nima?

    1. Avtomobilg’ ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi fanini o’rganishda qanday soddalashtirishlar qabul qilingan?

    2. Avtomobillar ekspluatatsion xususiyatlarini tadqiqotlagan olimlarning ilmiy ishlari?

    3. Avtomobillar ekspluatatsion xususiyatlarini asosiy ko’rsatkichlari?


    Foydalanish uchun adabiyotlar.

    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)



    1. X.M.Mamatov. Avtomobillar. “O’zbekiston”, T.,1995,336 bet.

    2. X.M.Mamatov, Yu.T.Turdiev va boshqalar. Avtomobillar. “O’qituvchi”, T., 1982 , 398 bet.

    3. V.L.Rogovtsev i dr. Ustroystvo i ekspluatatsiya avtotransportnqx sredstv.”Transport”, Moskva.,1991.

      Moskva (rus. Москва) - Rossiya Federatsiyasi poytaxti, Moskva viloyati markazi, federal ahamiyatidagi shahar. Rossiya Federatsiyasining yirik siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenta, Federal Majlis, Rossiya Federatsiyasi hukumati, Konstitutsiyaviy Sud, Oliy Sud, Oliy arbitraj sudi, Rossiya Federatsiyasi Prokuraturasi qarorgohlari joylashgan.

      , 432 str.

    4. X.M.Mamatov. Avtomobili. “O’zbekistan”, T.,1992., 238 str.

    5. X.I.Kirshe. Legkovoy avtomobilg’ ot A do Ya “Transport”M., 1988 g., 176 str.

    6. P.S.Yaresg’ko, i dr. Avtomobili KAMAZ voprosq i otvetq. “Transport” M. 1989 g., 288 str.

    7. Uchebnoe posobie po texnicheskomu obslujivaniyu “Damas, Labo” DEU, 283 str.

    8. TIKO avtomobillairining tuzilishi bo’yicha plakatlar to’plami o’quv qo’llanma. Toshkent avtomobil yo’llari instituti, O’zbekiston respublikasi yo’l harakati xavfsizligi markazi.

      Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.



    9. NEXIA avtomobillairining tuzilishi bo’yicha plakatlar to’plami o’quv qo’llanma. Toshkent avtomobil yo’llari instituti, O’zbekiston respublikasi yo’l harakati xavfsizligi markazi.

    10. Uz-Otayul vtomobillairining tuzilishi bo’yicha plakatlar to’plami o’quv qo’llanma. Toshkent avtomobil yo’llari instituti, O’zbekiston respublikasi yo’l harakati xavfsizligi markazi.

    11. S.M.Qodirov, D.I. Xoshimov, /.N.Maxmudov, A.D.Xoshimov «TIKO avtomobili» tuzilishi, nosozliklarini aniqlash va tahmirlash bo’yicha o’quv qo’llanma. Toshkent «O’kituvchi». 2001

    12. «TIKO avtomobillairining tuzilishi bo’yicha elektron darslik» Toshkent avtomobil yo’llari instituti, O’zbekiston respublikasi yo’l harakati xavfsizligi markazi.

    13. Uchebnoe posobie po texnicheskomu obslujivaniyu “Matiz” DEU,

    14. Uchebnoe posobie po texnicheskomu obslujivaniyu “Tiko dvigatelg’” DEU, 114 str.

    15. Uchebnoe posobie po texnicheskomu obslujivaniyu “Tiko shassi” DEU, 107 str.

    16. Uchebnoe posobie po texnicheskomu obslujivaniyu “Tiko elektrooborudovanie” DEU, 132 str.

    17. B.M. Biryukov. INTERNET-spravochnik avtomobilista. M: Ekzamen,2001.

    18. www.automobilemag.com

    19. www.auto.com

    20. www.motortrend.com

    21. www.autobild.de

    22. www.automechanic.ru

    23. www.autonews.ru

    24. www.motor.ru

    25. www.zr.ru

    2-mavzu. HARAKATDAGI AVTOMOBILLARGA TAHSIR ETUVCHI KUCH VA MOMENTLAR

    Reja

    1. Avtomobilga tahsir etuvchi kuchlar

    Download 10,21 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




    Download 10,21 Mb.