Yo’lning normal reaktsiyalari




Download 10.21 Mb.
bet5/78
Sana24.03.2017
Hajmi10.21 Mb.
#1552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78

Transmissiyaning foydali ish koeffitsienti (F.I.K.)


Mahlumki, dvigatel quvvati yetakchi g’ildiraklarga tishlashish mexanizmlari, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, bosh uzatma, yarim o’qlar yordamida uzatiladi. Quvvatning bir qismi agregatlardagi shestenyalar tishlarining ishqalanishiga, podshivniklar, kardan sharnirlari, shestennyalarning moyga ishqalanishiga va uni purkashga sarf bo’ladi. SHunday ekan, dvigatelg’ quvvatining bir qismi yetakchi g’ildiraklarga o’tkazilguncha isrof bo’ladi. Quvvatning isrof bo’lgan qismi transmissiyaning foydali ish koeffitsenti ηT (f.i.k.) orqali quyidagicha topiladi:

ηT= Nk/Nd = Nd - Ntr /Nd = 1 - Ntr /Nd

yoki

ηT = 1 - Mtr/ Md ;



N tr, Mtr - quvvat va momentning transmissiyada isrof bo’lgan qismi;

Nd, Md - dvigatelning effekt quvvati va momenti,

Nk -etakchi g’ildirakdagi quvvat.

Quvvatning shesternya, podshipnik, kardan sharniri va boshqa ishqalanuvchi detallarda isrof bo’lgan qismi uzatilgan momentga to’g’ri porportsional bo’lib, shu detalning aniq ishlanishi va yig’ilishiga bog’liq. Agregatlar karterlaridagi moyni purkash uchun sarflangan quvvat yoki moment Mx.x detallarning burchak tezligi, moyning xajmi va qovishqoqligiga bog’liq. Moment Mx.x. ning absalyut qiymati tajriba yo’li bilan aniqlanadi. Agar bunday qiymatlar bo’lmasa, ularni 4X2 tipdagi avtomobillar uchun quyidagi empirik formuladan aniqlash mumkin:


Mxx=(2+0,09 va) Ga r 10-3 N m;

va- avtomobilning tezligi;

r-g’ildirak radiusi.

4X4 tipdagi avtomobil uchun Mx.x. ning bu qiymati 1,5…2 marta, 6X6 tipdagi avtomobil uchun esa 2…3 marta ko’p bo’ladi.

Transmissiyada isrof bo’lgan stendi 2-rasmda ko’rsatilgan. Avtomobil transmissiyasiga dvigatel o’rniga balansirli elektr dvigatel 1, yarim o’qlarga esa yetakchi g’ildiraklar o’rniga balansrli elektr tormozlar 3 ulanadi. Elektr dvigatelg’ va elektr tormoz korpuslari richag 2 yordamida dinamometr 4 ga ulanadi. Elektr tormozlar dvigatelga yetarli miqdorda nagruzka bera oladi.

2-rasm. Transmissiyada isrof bo’lgan quvvatni aniqlash usuli.


Transmissiya elektr dvigatel yordamida aylantirilib, barcha elektr dvigatellar yakorlarining burchak tezligi va burovchi momentlari aniqlanadi. Elektr dvigatel va elektr tormozlar quvvatlarining ayirmasi ND--NT transmissiyada isrof bo’lgan NTR quvvatni beradi. Agar avtomobil tortish kuchi tahsirida harakatlansa transmissiyada isrof bo’lgan quvvat mexanikaviy f.i.k. orqali, dvigatel uzilgan holda yoki dvigatel tormozlash rejimida harakat qilgan bo’lsa, bu quvvat isrof bo’lgan quvvatning absalyut qiymati bilan baholanadi.




Download 10.21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Download 10.21 Mb.