• Boshqariluvchi g’ildiraklarning tebranishi.
  • 37-rasm.
  • Ekpluatatsiyada uchraydigan faktorlarning boshqaruvchanlikka tahsiri.
  • Nazorat uchun savollar.
  • Foydalanish uchun adabiyotlar.
  • (82), (83) formulalardan ko’rinib turibdiki, elastik shinali avtomobilg’ yonaki sirpanib harakatlansa, uning harakati o’zgaradi, demak, 0




    Download 10,21 Mb.
    bet9/78
    Sana24.03.2017
    Hajmi10,21 Mb.
    #1552
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78

    (82), (83) formulalardan ko’rinib turibdiki, elastik shinali avtomobilg’ yonaki sirpanib harakatlansa, uning harakati o’zgaradi, demak, 0n, 0v burchaklarning uzaro bog’lanishi ham o’zgaradi. SHuning uchun rulg’ trapetsiyasi avtomobilg’ uchun harakterli rejimlarida g’ildiraklarning xaqiqiy burilish burchagi uning nazariy aniqlangan qiymatidan kam fark qiladigan kilib yasaladi.



    Boshqariluvchi g’ildiraklarning tebranishi.

    Avtomobilg’ boshqariluvchi g’ildiraklarining tebranishi unga qiymati va yo’nalishi o’zgaruvchan kuchlar tahsirida hamda elastik elementlarning mavjudligidai sodir bo’ladi. Avtomobilg’ harakati vaqtida boshqaruvchi g’ildiraklar oldingi o’q bilan birgalikda vertikal yo’nalishda, rulg’ trapetsiyasi bilan esa shkvoreng’ atrofida gorizontal tekislikda tebranadi.

    Boshqariluvchi g’ildiraklarnnng tebranishn avtomobilning notekis yo’ldan harakati davrida shinalarnnnng muvozanatda emasligidan, rulg’ yuritmasi va oldingi osmaning kinematikasi bir-biriga nomuvofikligidan sodir bo’lishi mumkin.

    G’ildiraklarning gorizontal tekislikda majburiy burchak tebranishlari natnjasida avtomobilg’ harakat yo’nalishidan chetlashadi va agar tebranish amplitudasi kattalashib ketsa, avtomobilg’ uchun xavf turdirishi ham mumkin, shina va rulg’ yuritmasi detallarining yeyilishi ortib ketadi. G’ildiraklarning gildirashiga qarshilik kupayadi.

    Oldingi o’qning chap G’ildiragi yo’ldagi dunglikka kutarilgan, ung G’ildiragi esa tekislikda harakat qiladi desak, u xolda g’ildirakni shkvoreng’, atrofida gorizontal tekislikda burovchi MGI giroskopik momenti xosil bo’ladi:

    MGI=J ω1 ω2 N m


    bu yerda J —oldingi g’ildiraklarning kutbiy inertsiya momenti, N-m/s2;
    ω1—g’ildirakning tsapfada aylanish burchak tezligi. rad/s;

    ω2—o’qning vertikal tekislikda orish burchak tezligi.



    Aksincha, boshqariluvchi g’ildiraklar giroskopik moment tahsirida shkvoreng’ atrofida ω3 burchak tezligi bilan burilsin deylik. Bunda g’ildirak uz o’qi atrofida ω3 burchak tezligi bilan aylangani sababli vertikal tekislikda tahsir etuvchi va o’qning ogishini ko’paytiruvchi ikkinchi giroskopik moment xosil bo’ladi:

    MGII= J ω1 ω3


    SHunday kilib oldingi o’qning vertikal tekislikda ogishi g’ildiraklarning gorizontal tekislikda burilishi burchak tezligini va o’qning ogishini kuchaytiradi. Ikkala tebranish sistemami bir-biri bilan borlik, shuning uchun o’q va g’ildiraklarning tebranishi mos ravishda bo’ladi: chap g’ildirak yuqoriga harakat qilayotgan bo’lsa, ayni vaqtda ung tomonga buriladi va aksincha, pastga harakat kilsa, chapga buriladi. Demak, agar o’qning vertikal tekislikda ogishida chap g’ildirak kutarilsa, ung g’ildirak yerga jipslashadi va ikkala g’ildirak ungga buriladi.

    Giroskopik momentni kamaytirish uchun oldingi chap va ung g’ildiraklar mustakil osmali yasaladi. G’ildirak va o’qning tebranishidan xosil bo’lgan qarshilik esa dvigatelning kushimcha energiyasi xisobiga yengiladi. Demak, tebrannsh kushimcha yonilgi sarfini talab etadi va avtomobilning yonilgi tejamkorligini yomonlashtiradi. Bundan tashkari tebranish davrida g’ildirakning tinimsiz siljishi shina protektorining yeyilishini kuchaytiradi.

    Avtomobilg’ harakati davrida erkin tebranish bilan birga, davriy tahsir etuvchi kuchlar majburiy tebranishni xosil qiladi. SHunday kuchlar g’ildirakning muvozanatsizligidan xosil bo’ladi. Muvozanatsiz g’ildirak aylanganda markazdan kochirma kuch Rts xosil bo’ladi (36-rasm, a).

    36-rasm. Boshqariluvchi g’ildiraklar disbalansi.


    G’ildirak bu kuchning gorizontal tashkil etuvchisi etuvchisi Rx tahsirida shkvoreng’ atrofida bo’ladi, vertikal tashkil etuvchisi Rz tahsirida esa yuqoriga harakatlanadi. Rx va Rz kuchlarning yo’nalishi o’zgarishi sababli g’ildirak harakat vaqtida tebranadi. Agar chap va ung g’ildiraklar muvozanatlanmagan bo’lib, ularning Rx kuchlari bir tekislikda, lekin g’ildirakning aylanish o’qidan turli tomonda yotsa (36-rasm, b), ikkala g’ildirakdagi burovchi momentlar qo’shilib, tebranish kuchayib ketadi.

    Boshqariluvchi g’ildiraklar avtomobilg’ kuzoviga ikki tomonlama, yahni rulg’ yuritmasi va osma vositasida biriktirilishi sababli bu g’ildiraklar lapanglab aylanishi mumkin.

    Ramaga old qismi oddiy sharnir 5, ketingi qismiga esa ilgak 4 bilan birlashtirilgan ressora 2 egilganda oldnngi o’q I MM yoyi bo’yicha harakat qiladi. SHunda old o’qning tebranish o’q chizig’i sharnir 5 yonida joylashadi. Bo’ylama rulg’ tortkisi 3 ning oldingi uchi rulg’ soshkasining barmogi atrofida NN yoyi bo’yicha tebranadi. MM va NN yoylarning kavarik tomoni bir-biriga qarama-qarshi joylashgani uchun g’ildirak vertikal harakatlanishi bilan bir vaqtda shkvoreng’ atrofida ham buriladi. Bu esa boshqariluvchanlikni yomonlashtiradi va xaydovchini charchatadi. G’ildirakning lapanglashini kamaytirish uchun g’ildirak markazi va bo’ylama rulg’ tartkisi oxirining traektoriyalarini yainlashtirish zarur. Buning uchun ressoraning oldingi qismi kuzovga ilgak 4, ketingi qismi esa oddiy sharnir 5 bilan birlashtiriladi. (37 rasm b) yoki rul mexanizmi oldingi o’q yakinida joylashtiriladi. (37 rasm a)

    сканирование0007
    37-rasm. Boshqariluvchi g’ildiraklarning tebranishi.

    Boshqariluvchi g’ildiraklarni stabillash.
    Boshqariluvchi g’ildiraklarning neytral xolatini saklash va bu xolatga avtomotik ravishda kaytish xususiyati ularni stabillash deb ataladi. G’ildiraklarning stabilligi avtomobil to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlanganda ko’rinadi. G’ildiraklar stabillanmagan bo’lsa, avtomobil harakati turgun bo’lmay, xaydovchi traektoriyani to’g’rilash uchunrulni tinimsiz chap-ung tomonga burish kerak. Stabillanmagan g’ildiraklar xaydovchini tez charchatadi,shina va rul yuritmasi detallarining tez yeyilishiga sabab bo’ladi. Agar boshqariluvchi g’ildiraklar yaxshi stabillangan bo’lsa, xaydovchi rul chambaragini kuyib yuborganda ham avtomobil to’g’ri chiziqli traektoriya bo’yicha harakatlanadi. Bunday avtomobilning boshqariluvchi g’ildiraklari burilish tugagach, rul chambaragiga xech qanday kuch qo’yilmasa ham neytral vaziyatga uzicha qaytadi. Bu esa xaydovchining ishini osonlashtiradi, avtomobilning tusikka urilishi extimolini kamaytiradi.

    Avtomobilning to’g’ri va egri chiziqili harakatida g’ildiraklarni stabillash har xil bo’ladi. To’g’ri chiziqli harakat uchun stabillik 1 km masofa s da rulg’ chambaragini burish soni nr va chastotasi lr bilan belgilanadi, yahni

    nr=n/s burish/km; lr=n/t; burish/km; (84)

    bundan tashkari, rul chambaragining burilish amplitudasi ar va burchakli tezligi wr to’g’ri chiziqli harakatdagi stabillik ko’rsatkichi xisoblanadi.


    ar=Ar/S grad/km; wr=Ar/t grad/km; (85)
    bu yerda n-s masofada, t vaqt chiida rul chambaragining burilish soni;

    Ar-shu burilishlarning amplitudalari yig’indisi, gradus.

    Avtomobilning burilishidagi burchak tezligi Q0r va Qpr burchaklari bilan harkterlanadi.

    сканирование0001сканирование0001

    38 rasm. G’ildiraklarning stabilg’ bulish grafigi.


    Egri chiziqli traektoriyadagi g’ildiraklar stabilligini Amaliy aniqlash uchun aylana bo’yicha oldingi G’ildiragi Q0 burchakka burilib harakatlanayotgan avtomobil rulni xaydovchi kuyib yuboradi. (38 rasm). Natijada Q0 burchagiga burilgan g’ildirak teskari tamonga aylanib, neytral xolatga kaytishga intiladi. Lekin rulg’ va oldingi o’q detallarida borligi sababli dastlabki xolatiga kiytish uchun Qpr burchagi yetishmaydi. Qpr burchagi qanchalik kichik, grafikning to’g’ri chiziqli qismi esa tik bo’lsa, bunday avtomobil g’ildiraklari shunchalik stabil bo’ladi.

    G’ildirakni stabillovchi moment Mst normal reaktsiya z, o’rinma reaktsiya x, yondan tahsir etuvchi reaktsiya u hamda shinaning elastiklik momenti tahsirida xosil bo’ladi. Stabillovchi momentni aniqlash uchun harakatdagi yetakchi g’ildirak sxemasini ko’rib chiqamiz. (39-rasm). Harakatdagi g’ildirakning yo’l bilan kontakt markazi va vektori bo’ylab yo’nalgan. Barabandan shinaga X reaktsiyasi tahsir etadi. Uni aylanish o’qiga perpenlikulyar R va u tashkil etuvchilarga ajratamiz. Sxemadan

    R=x sos d-u sin d (86)
    Agar g’ildirak tekis harakatda bo’lsa, uning aylanish o’qiga nisbatan momentlar muvozanatidan quyidagini yozamiz:
    X=Mk/rk-Gk f (87)

    сканирование0002

    39-rasm. Stabillik momentining kelib chiqishiga doir sxema.


    X ning qiymatini (86) ifodaga kuyib, u ni aniqlamiz:
    ‘/sinb=Mk/rk ctgb-Gk f ctgb - u,
    u= Mk/rk ctgb- Gk f ctgb –’/sinb (88)

    bu yerda Mk —g’ildirakka uzatilgan burovchi moment;

    rk g’ildirak radiusi;

    6—yonaki sirpanish burchagi.

    G’ildirakni stabillovchi momentni tajriba o’tkazish vaqtida quyidagicha aniqash mumkin:

    Mst=u ye x d (89)


    (89) ifodaning qiymatlarini o’rniga kuyamiz:
    Mst= (Mk/rk ctgb- Gk f ctgb –’/sinb) ye (Mk/rk-Gkf) d (90)
    Tenglama (90) dan ko’rinib turibdiki, stabillovchi moment Mst, g’ildirakka tahsir etuvchi o’rinma kuchlar momenti Mx, vertikal kuchlar momenti Mz yonaki kuchlar momenti Mu, yonaki sirpanish burchagi b va shinaning stabillovchi momenti Msh ga borlik; yahni:

    Mst=Msh Mx Mz. Mu


    Stabillovchi momentning tashkil etuvchilari protsent xisobida quyidagicha taqsimlanadi: Msh= 50 ... 55 %; Mx= 2 . . . 3 %; Mz == 10 . . .12 %; Mu = 35 ... 40 %. Stabillovchi momentga eng kup tahsir etuvchi faktorlar shinaning elastikligi va shkvorenning bo’ylama egilishi bo’lib, Msh va Mu momentlariga faol tahsir etadi.
    Ekpluatatsiyada uchraydigan faktorlarning boshqaruvchanlikka tahsiri.
    Avtomobilning boshqariluvchanligiga kupgina ekspluatatsion faktorlar tahsir qiladi. Boshtsariluvchi g’ildiraklarning burilish burchaklari o’rtasidagi bog’lanish avtomobilg’ ekspluatatsiyasi davrida oldinri o’q va rulg’ yuritmasi detallarining yeyilishi natijasida o’zgaradi. G’ildiraklarning yakinlashuvi rulg’ trapetsiyasi kundalang tortkisining uzunligini, o’zgartirib rostlanadi. Agar kundalang torguy detallari bir xil uzunlikka ega bo’lsa, rulg’ trapetsiyasi simmetrik bo’ladi va g’ildiraklarning burchaklari o’rtasidagi bog’lanish burilish yo’nalishiga borlik bo’lmaydi. Boshqariluvchi g’ildiraklar rulg’ richaglari bilan borlik bo’lgani uchun g’ildiraklar mahlum burchakka burilsa, rulg’ richagi ham shunday burchakka buriladi. SHuning uchun rulg’ richaglari o’rtasida ham g’ildiraklardagi burilish burchaklari o’rtasidagi kabi bog’lanish saklanib koladi.

    Ekspluatatsiya davrida g’ildirak burilish burchaklari o’rtasndagi bog’lanish rulg’ yuritmasining noto’g’ri sozlanishi natijasida buzilishi mumkin. Mahlumki, boshqariluvchi g’ildiraklarning yakinlashuvi g’ildirakning yonga orishi natijasida shinaning yeyilishini bir oz kamaytiradi. G’ildiraklarning yakinlashuvini rostlashda rulg’ trapetsiyasi kundalang tortkisining uzunligini buy-lama o’qdan ikki tomonga bir xil o’zgartirish kerak. Kundalang tortkining faqat bir uchi uzaytirilganda ham g’ildiraklarning neytral xolatidagi yakinlashuv burchaklari iormada bo’ladi, lekin g’ildiraklar ung va chap tomonga burilganda 0v va 0n burchaklari o’rtasidagi bog’lanish o’zgaradi.

    Avtomobilning boshqariluvchanligi kirish qismi va rulg’ boshqarmasining texnikaviy xolatiga ham bog’liq. SHinalarning birortasida bosimning kamayishi uning G’ildirashga qarshiligini oshiradi va kundalang bikrligini kamaytiradi. SHuning uchun avtomobilg’ bosimi kam shina tomonga burilishga intiladi. Rulg’ trapetsiyasi va shkvoreng’ birikmalaridagi zazorlar kattalashsa, g’ildiraklarning tebranishi kuchayib. ulariing yo’l bilan tishlashishi yo’qolishi mumkin. Bundan tashkari g’ildirakdagi disbalans ham uning tebranishini kuchaytiradi. Disbalans, kupincha, protektori yangilangan shinalarda uchraydi.

    Oldingi g’ildirak guchagining podshipniklaridagi va shkvoreng’ birikmasidagi zazorlar kattalashsa, avtomobilg’ harakatidagi barkarorlik yomonlashadi. CHunki zazorlarning ortishi rulg’ chambaragining burilish soni va amplitudasini oshiradi. Barkarorlikka rulg’ boshqarmasining noto’g’ri sozlanishi ham salbiy tahsir ko’rsatadi. Bo’ylama rulg’ tortkisinnng probkalari, konussimon podshipniklar va rulg’ mexanizmining kattik tortilishi ishqalanish kuchini oshiradi, g’ildiraklarning neytral xolatga kaytishini , qiyinlashtiradi, demak, boshqariluvchanlik yomonlashadi.



    Avtomobilniig boshqariluvchanligi xaydovchining malakasiga ham kup jixatdan bog’liq. Mahlumki, burilish davrida avtomobilni boshqarish juda qiyin. Malakasi past xaydovchilar esa kup xatolarga yo’l kuyadilar, yahni: avtomobilni yo’l o’qidan tashkariga chikaradi, yurib ketayotgan katorini tusatdan o’zgartiradi, burilish davrida «burchak kesadi» va x. k. Avtomobilni aniq va ravon burish uchun uning harakat tezligi bnlan oldingi g’ildiraklarning burilishdagi burchak tezligi uzaro mos bo’lishi lozim.
    Nazorat uchun savollar.

    1. Boshqariluvchanlik nima?

    1. Disbalans nima?

    2. Boshqariluvchanlikka tahsir etuvchi omillar?

    3. Boshqariluvchanlik yaxshi bo’lishi shartlari?

    4. Buriluvchanlik?

    5. Boshqariluvchanlik ko’rsatkichlari?

    6. Boshqarish sharti?

    7. Kuzovning kundalag ogishi?

    8. Boshqariluvchi g’ildiraklarni neytral xolatini saklash?

    9. G’ildiraklarni stabillash?


    Foydalanish uchun adabiyotlar.
    1. X.M.Mamatov. Avtomobillar. “O’zbekiston”, T.,1995,336 bet.

    1. X.M.Mamatov, Yu.T.Turdiev va boshqalar. Avtomobillar. “O’qituvchi”, T., 1982 , 398 bet.

    2. V.L.Rogovtsev i dr. Ustroystvo i ekspluatatsiya avtotransportnqx sredstv.”Transport”, Moskva.,1991., 432 str.

    3. X.M.Mamatov. Avtomobili. “Uzbekistan”, T.,1992., 238 str.

    4. X.I.Kirshe. Legkovoy avtomobilg’ ot A do Ya “Transport”M., 1988 g., 176 str.

    5. P.S.Yaresg’ko, i dr. Avtomobili KAMAZ voprosq i otvetq. “Transport” M. 1989 g., 288 str.

    6. Uchebnoe posobie po texnicheskomu obslujivaniyu “Damas, Labo” DEU, 283 str.

    7. TIKO avtomobillairining tuzilishi bo’yicha plakatlar to’plami o’quv qo’llanma. Toshkent avtomobil yo’llari instituti, O’zbekiston respublikasi yo’l harakati xavfsizligi markazi.

    8. NEXIA avtomobillairining tuzilishi bo’yicha plakatlar to’plami o’quv qo’llanma. Toshkent avtomobil yo’llari instituti, O’zbekiston respublikasi yo’l harakati xavfsizligi markazi.

    9. Uz-Otayul vtomobillairining tuzilishi bo’yicha plakatlar to’plami o’quv qo’llanma. Toshkent avtomobil yo’llari instituti, O’zbekiston respublikasi yo’l harakati xavfsizligi markazi.

    10. S.M.Kodirov, D.I. Xoshimov, /.N.Maxmudov, A.D.Xoshimov «TIKO avtomobili» tuzilishi, nosozliklarini aniqlash va tahmirlash bo’yicha o’quv qo’llanma. Toshkent «O’qituvchi». 2001

    11. «TIKO avtomobillairining tuzilishi bo’yicha elektron darslik» Toshkent avtomobil yo’llari instituti, O’zbekiston respublikasi yo’l harakati xavfsizligi markazi.

    12. Uchebnoe posobie po texnicheskomu obslujivaniyu “Matiz” DEU,

    13. Uchebnoe posobie po texnicheskomu obslujivaniyu “Tiko dvigatelg’” DEU, 114 str.

    14. Uchebnoe posobie po texnicheskomu obslujivaniyu “Tiko shassi” DEU, 107 str.

    15. Uchebnoe posobie po texnicheskomu obslujivaniyu “Tiko elektrooborudovanie” DEU, 132 str.

    16. B.M. Biryukov. INTERNET-spravochnik avtomobilista. M: Ekzamen,2001.

    17. www.automobilemag.com

    18. www.auto.com

    19. www.motortrend.com

    20. www.autobild.de

    21. www.automechanic.ru

    22. www.autonews.ru

    23. www.motor.ru

    24. www.zr.ru



    Download 10,21 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78




    Download 10,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    (82), (83) formulalardan ko’rinib turibdiki, elastik shinali avtomobilg’ yonaki sirpanib harakatlansa, uning harakati o’zgaradi, demak, 0

    Download 10,21 Mb.