• Fanning majmuyi.
  • Jadval-13
  • Elektr dvigatellarni tuzilishini o’rganish va ishga tayyorlab sinash




    Download 1,06 Mb.
    bet1/11
    Sana24.03.2017
    Hajmi1,06 Mb.
    #1242
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

    O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI

    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

    ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI


    «ELЕKTROTЕXNIKA, ELЕKTROMЕXANIKA

    VA

    ELЕKTROTЕXNOLOGIYALAR»


    K A F Е D R A S I

    «ELЕKTR MASHINALARI»

    fanidan
    LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH UCHUN



    USLUBIY KO’RSATMA

    Andijon – 2013.

    TASDIQLAYMAN”

    Andijon mashinasozlik instituti

    O`quv-uslubiy kengashida ko`rib chiqilgan va ma`qullangan.

    Kengash raisi ___________________Q.Ermatov

    «______» ________________2013 у

    MA`QULLANGAN”

    “Avtomatika va elеktrotеxnologiya” fakulteti kengashida

    muhokama qilingan va ma`qullangan

    kengash raisi ___________________ N. Toychiboyev

    «______» ________________2013 у

    TAVSIYA ETILGAN”

    “Еlеktrotеxnika, elеktromеxanika va elеktrotеxnologiyalar”

    kafedrasi

    majlisida muhokama qilingan va tavsiya etilgan

    Kafedra mudiri ___________________B.Mamadjanov

    (Kafedra majlisining _____-sonli bayonnomasi)

    «______» ________________2013 у

    Taqrizchilar:


    1. A.Ismoilov, dotsеnt, t.f.n, - AndMII

    2. N. Samatov, t.f.n.- AQXI «Umumtеxnika fanlari» kafеdrasining dotsеnti



    Tuzuvchilar: Dotsеnt B.Mamadjanov, katta o`qituvchi Z.M.Rеjabov, ass. A.SH.Shukuraliev.– “Elektr mashinalar” fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma.

    Fanning majmuyi.




    “Elektr mashinalar”– elektr energiyasi ishlab chiqarish, elektr va magnit hodisalaridan amalda foydalanish haqidagi fandir.

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

    Bu fan elektr energiya ishlab chiqarish, uni uzatish va undan foydalanish haqidagi barcha masalalarni hal qiladi. Elektr energiya–energiyaning universal bir formasi bo’lib, u quyidagi hususiyatlarga ega:


    -elektr energiyani kam isrof bilan uzoq masofalarga uzatish mumkin;

    -boshqa tur energiyalarga (mexanikaviy, issiqlik, yoruglik, kimyoviy va tovush) oson o’zgartiriladi:

    -ishlab chiqarishni har taraflama avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi.

    Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.

    Elektrlashtirishni rivojlantirishga rus olimlari va muhandislari katta hissa qo’shdilar. 1802 yilda akademik V.V.Petrov elektr yoyi hosil qiladi va undan metallarni suyuqlantirishda foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqdi.

    1832 yilda P.L.Shilling strelkali telegraf ixtiro qildi, buni asosida 1839 yilda akademik B.S.Yakobi yozadigan telegraf apparatni yaratdi.

    1833 yilda akademik E.X.Lens elektromagnitaviy induksiyaning asosiy qonunlaridan birini kashf etdi, 1842 yilda esa tokning issiqlik ta’sirini aniq tajribalar bilan asoslab berdi.

    1834 yilda B.S.Yakobi birinchi bo’lib elektr dvigatelni ixtiro qildi, 1838 yilda esa tokning kimyoviy ta’siridan amalda foydalanishga asoslangan galvanoplastika jarayonini ishlab chiqdi.

    1876 yili P.N.Yablochkov elektr shamini, 1873y. A.N.Lodigin yorug’likning elektr manbalarini takomillashtirish ustida ishlab, avval ko’mir tolali, so’ngra esa (1890 y) metall tolali cho’glanish lampasini yaratdi.

    Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.

    Birinchi uch fazali dvigatel, generator va transformatorlarning ixtirochisi rus elektrotexnigi M.O.Dolivo-Dobrovolskiy bo’ldi (1889-91yy).

    XX asr energetika va elektrlashtirish soxasida muhim davr xisoblanadi. Chunki bu davr radio va yarim o’tkazgichlar texnikasining paydo bo’lishini, televideniyaning kashf etilishi, avtomatika va telemexanikani taraqqiy etishi, mikroelektronika va energetikaning misli ko’rilmagan darajada o’sishi, integral mikro’sxemalarning va atom energiyasining kashf etilishi va taraqqiyoti bilan chambarchas bogliqdir. Umuman elektrotexnikaning yutuqlaridan halq xo’jaligining barcha soxalarini olganda keng foydalaniladi. Ayniqsa halq xo’jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish sohalarida erishilgan yutuqlarni elektrlashtirishsiz tasavvur qilib bo’lmaydi



    LABORATORIYA ISHLARINI BAJARIB, SO’NGRA XULOSA QILIB YAKUNLASH TUGRISIDA TUSHUNCHALAR.
    Har bir laboratoriya ishlarini tajribasi o’tkazilgandan so’ng, shu tajriba vaqtida o’lchab olingan natijalar bo’yicha laboratoriyada berilgan jadvallarni hisoblash qismlari ham hisoblab to’ldiriladi. Keyingi bajariladigan ishimiz, amaliyot yuzasidan berilgan topshiriq bo’yicha boglanishlar grafiklarini yoki vektor diogrammasini quramiz. Yuqorida ko’rsatilganlarni bajarib bo’lganimizdan so’ng, o’z-o’zini tekshirish savollariga javob yozamiz. So’ngra amaliyot yuzasidan o’zimiz tushungan narsalarimizni yozib ishga yakun yasaymiz, hulosa qilamiz va shu mavzu yuzasidan o’qituvchimiz uchta savoliga javob aytib bajargan ishimizni himoya qilamiz.

    TAJRIBA ISHI № 1
    ELEKTR DVIGATELLARNI TUZILISHINI O’RGANISH VA ISHGA TAYYORLAB SINASH


    1. Ishdan maqsad.

    Elektrodvigatellarni konstruktsion tuzilishini uni qismlarga ajratib o’rganish. AD larini, doimiy tok dvigatellarini, sinxron dvigatellarni tuzilishidagi farqini ko’rib o’rganish.



    2.Ishni tushuntirish.
    Elektr dvigatellari o’zgarmas va o’zgaruvchan tok dvigatellariga ajraladi. O’zgarmas tok dvigatellari paralel, ketma-ket va aralash qo’zgatkichli bo’ladi. Bunday dvigatellar aylanish tezligi katta chegarada o’zgartirilishi talab qilingan ishchi mashinalarda (tramvay, traleybus, elektrovoz, elektrokaro va sh. o’.) ishlatiladi.

    Qishloq xo’jalik sharoitida o’zgaruvchan tok dvigatellari ko’proq qo’llaniladi, chunki, ularni tuzilishi nisbatan sodda, pishiq, ixcham va arzon. O’zgaruvchan tok

    dvigatellariga uch va bir fazali sinxron, asinxron dvigatellar kiradi.


    17-rasm. Doimiy tok dvigatellarini tuzilishi.
    O’zgaruvchan tok dvigatellari qo’zgalmas stator va aylanuvchi rotordan iborat. Sinxron dvigatellarni rotor chulgamiga o’zgarmas tok beriladi. Asinxron elektrodvigatellarni rotor chulgamlarida esa o’zgaruvchan EYUK induktsiyalanadi va o’zgaruvchan tok oqadi. Demak stator va rotor ariqchalarida chulgamlar joylashgan bo’ladi. Dvigatelni stator chulgamlari uch fazali tarmoqqa ulanganda aylanuvchi magnit maydoni xosil bo’ladi.

    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.

    Stator chulgamlaridan oqqan tok, xosil qilgan aylanuvchi magnit maydon rotor chulgamini kesib o’tib ularda EYUK induktsiyalaydi, natijada ulardan tok okadi. Magnit maydonining aylanish chastotasi (n0) quyidagicha topiladi.

    bunda,

    f-o’zgaruvchan tok chastotasi, P- juft qutblar soni. Rotor chulgamlaridan oqqan tokni aylanuvchi magnit maydon bilan ta’siri natijasida rotorni aylantiruvchi kuch (moment) xosil bo’ladi. SHunday qilib elektr energiyasi elektrodvigatellarda, mexanik energiyaga aylanadi. Elektrodvigatellarni iqtisodiy ko’rsatkichlari yuqori, tuzilishi sodda, ixcham, bikir, yengil va nisbatan arzon. Elektrodvigatellar nominal ish rejimda ishlashga mo’ljallangan va u dvigatel pasportida ko’rsatilgan bo’ladi. Sanoatda uch xil rejimda ishlaydigan elektrodvigatellar ishlab chiqarilmoqda: davomli (S1) qisqa vaqtli (S2) va qisqa takrorlanuvchi (S3).


    3.Ishni bajarish tartibi.
    1.Doimiy tok dvigatelini tuzilishini qismlarga ajratib o’rganish.

    2.Sinxron dvigatelini tuzilishini qismlarga ajratib o’rganish.

    3.Asinxron dvigatelini tuzilishini qismlarga ajratib o’rganish.

    4.Bajarilgan ishga xulosa va nazorat savollariga javob yoziladi.


    4.Nazorat savollari.
    1.Doimiy tok dvigatelini tuzilishi qandayq

    2.Sinxron dvigatelini tuzilishi qandayq

    3.Asinxron dvigatelini tuzilishi qandayq

    4.Dvigatellarni o’zaro o’xshashliklari bormiq



    TAJRIBA ISHI № 2.
    DOIMIY TOK ELEKTRODVIGATELINI TESKARI AYLANTIRISH VA TEZ TO’XTATISH

    1.Ishdan maqsad.
    Tajriba yo’li bilan (generatordan olingan energiya xisobiga) doimiy tok elektrodvigatelini teskari aylantirish va tez to’xtatishni o’rganish.

    2.Ishni tushuntirish.

    Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish sharoitida doimiy tok dvigatellari asosan maxsus qurilmalarda, ishchi mashinalarni sinashda va elektrokaralarda ishlatiladi. Elektrodvigatelni teskari aylantirish uchun yakor toki yoki magnit oqimini yo’nalishini o’zgartirish kifoya. Dvigatelni tez to’xtatish uchun esa yakor zanjiriga qarshilik ulanadi va yakor qarama-qarshi ulanadi. Dvigatelni teskariga aylantirish uchun yakor zanjiri qarama-qarshi ulanadi. Bunday ulanganda, yakorda (20…40) In tok xosil bo’ladi. SHuning uchun rubilnikni teskari ulash jarayonida yakor zanjiriga qo’shimcha qarshilik Rkk ulash yordamida, tez to’xtatishda esa yakor zanjiri tarmoqdan tok olmay o’z-o’zidan tashqi qarshilik Rtk ga tok beradi. Tok yo’nalishini o’zgartirish natijasida, shu tok xosil qilgan moment yakorni aylanishiga qarshilik ko’rsatadi. Tok miqdori qancha katta bo’lsa, (qarshilik miqdori shuncha oz bo’ladi) Mkar shuncha katta bo’ladi, Mt = KFItg demak dvigatel shuncha tez to’xtaydi.


    3.Ishni bajarish tartibi.
    1.Dvigateldan ma’lumotlar yozib olinadi.

    2.CHizmadagi sxema yigiladi va teskari aylantirish bajariladi.

    3.SHu chizma bo’yicha qarama-qarshi ulash yo’li bilan tez to’xtatiladi.

    4.CHizmadagi 2-sxema yigilib dinamik tez to’xtash tajribasi o’tkaziladi va natija

    jadvalga yoziladi.


    R Om













    t sek












    Jadval-8



    18-rasm. Doimiy tok matorlarini ulanish sxemasi.


    4. Oz-ozini tekshirish savollari.
    1. Doimiy tok dvigateli qanday printsipga asosan ishlaydiq

    2. Doimiy tok dvigateli konstruktsiyasi kandayq

    3. Doimiy tok dvigateli mexanik xarakteristikasi qandayq


    TAJRIBA ISHI № 3.
    BIR FAZALI TRANSFORMATORNI TEKSHIRISH

    1.Ishni bajarishdan maqsad.
    1.Bir fazali transformator tuzilishi va ishlash rejimlari bilan tanishish xamda tajribadan olingan ma’lumotlar bo’yicha uning asosiy parametrlarini aniqlashni tajribada sinab ko’rish. 2.Transformatorni asosiy ishchi xarakteristikalarini olish.
    2.Ishga oid nazariy tushunchalar.
    Transformator bir xil kuchlanishli o’zgaruvchan tok elektr energiyasini, chastotasini o’zgartirmay, boshqa xil kuchlanishli o’zgaruvchan tok elektr energiyasiga aylantirib beradigan elektroinduktsion statik apparatdir. Bir fazali transformator po’lat o’zak va o’tkazgichdan iborat. Manbaaga ulanadigan chulgam birlamchi, iste’molchiga ulanadigani esa ikkilamchi chulgam deyilib, ularning o’ramlar soni tegishlicha w1 va w2 xarflar bilan belgilanadi. Agar birlamchi chulgamni sinusoidal kuchlanish u=UmSin(wt u) manbaiga ulasak, undan I=ImSin(wt I) tok oqib o’tib, po’lat o’zakda o’zgaruvchan magnit oqimi F=Fm Sin(wt ) xosil bo’ladi. CHastotasi tokning chastotasiga teng bo’lgan bu o’zgaruvchan magnit oqimi po’lat o’zak bo’ylab o’tganida chulgamlarni kesib, ularda EYUK larni induktsiyalaydi.
    3.Ishni bajarish tartibi.
    1.Transformatorni tuzilishi bilan tanishib, uni asosiy ma’lumotlari yoziladi.

    2.10-rasmda keltirilgan elektr zanjiri yigiladi, transformatorni salt ishlash rejimida tajriba o’tkaziladi. Buning uchun ikkilamchi chulgamlar ochiq qoldirilib, birlamchi chulgamga nominal kuchlanish beriladi. SHu paytdagi o’lchov asboblarining ko’rsatishlari quyida keltirilgan jadvalga yoziladi.

    3.SHu sxemani o’zgarishsiz qoldirib, unga ajratkich yordamida yuklamani ulaymiz. Transformatorni tashqi xarakteristikasini olish uchun qarshiliklarni o’zgartirish bilan uni turli darajada yuklaymiz va natijalarni jadvalga yozamiz. Bunda yuklanishlar koeffitsenti quyidagicha olinishi kerak; =0,2; 0,4; 0,6; 0,8; 1;

    4. Quyidagi boglanishlar grafigi chizilsin. U = f (I)


    jadval-7

    O’lchashlar

    Xisoblashlar



    U1

    I1

    U2

    I2

    S1

    S2

    Ku



    0

























    0,2

























    0,4

























    0,6

























    0,8




























    15-rasm. Bir fazali transformatorni tekshirish printsipial sxemasi.



    4.Xisoblash fo’rmulalari.

    1. S=I1 U1 BA 2. S=I2 U2 BA 3. KU=U1 / U2 4. =S2 / S1



    4. O’z-o’zini tekshirish savollari.
    1.Transformator nimaq

    2.U qanday printsipga asosan ishlaydiq

    3. Ku qanday aniqlanadiq
    TAJRIBA ISHI № 4.
    QISQA TUTASHTIRILGAN ROTORLI ASINXRON DVIGATELNI MEXANIK XARAKTERISTIKASINI OLISH
    1.Ishdan maqsad.
    1.Tajriba yo’li bilan asinxron dvigatellarni aylanishlar tezligining n=f (M) momentga bogliqligini o’rganish va mexanik xarakteristikasini qurish.
    2.Ishni tushuntirish.
    Asinxron dvigatel deb – statordagi magnit oqimni aylanishidan rotorning aylanishlar tezligi orqada qoladigan dvigatellarga aytiladi. Asinxron dvigatel konstruktsion jixatdan ikki qismdan, qo’zg’aluvchi qism – rotordan va qo’zg’almas qism statordan iborat. Uning mexanik xarakteristikasi rotorining aylanishlar tezligini mexanik momentiga bog’liqligiga aytiladi. M = f (n).
    3.Ishni bajarish tartibi.
    1.Sinalayotgan qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatel uchun yuklama bo’lib u bilan bir o’qda yotuvchi parallel uyg’otishli o’zgarmas tok dvigateli xizmat qiladi. Birlamchi dvigatelni yuklash generatorini limpali reostat orqali yuklash evaziga bajariladi.

    2.Tajriba o’tkazish uchun keltirilgan sxema yig’ilsin. Dvigatelni stator chulgamlari yulduz usulida ulangan bo’lib uni zanjirga ampermetr, voltmetr va uch fazali vattmetr ulangan.

    3.Jixozlar va o’lchov asboblari bilan tanishib, ular ma’lumotlarini yozib olinadi. 4.Tajriba sxemasi yig’iladi. 5.Dvigatel ishga tushiriladi. 6.Generatorda UH bo’lishiga erishiladi. 7.Tajribalar o’tkazish davomida elektr chiroqlarini yoqish uchun generator nominal quvvatgacha yuklanadi. 8. O’lchash natijalari quyidagi jadvalga yoziladi. 9.YUklamani qiymatlarida taxometr yordamida tezliklar o’lchanadi. 10.Xisoblash orqali tezlikni momentga boglanishi aniqlanadi va M=f(n) yoki M=f(s) quriladi. Ma’lumki dvigatel validagi moment quyidagicha bo’ladi. Mdv=9550 R2 /n (Nm) bu yerda R-mexanik quvvat, kBt; n-aylanishlar tezligi, ayl\min; Biroq R=R1dv bu yerda R1=3Rf dvigatelni tarmoqdan olayotgan quvvati, kBt (3 fazali vattmetrdan o’lchanadi). dv–dvigatelni FIKi. Dvigatel foydali ish koeffitsentini topish uchun butun agregat FIKni ni topish kerak, ya’ni =Rg/R1=U2I2 /P1; bu yerda, Rg=IgUg generatorni yuklamaga berayotgan quvvati, kVt. Dvigatel FIKi (dv) ni generator FIKi (g)ga teng, deb qabul qilib agregat FIKni, () ni, g va dv orqali topamiz, unda dv=gen= ga teng buladi. Sirpanish koeffitsenti S esa S=n0-ng/n0; bu yerda, n-magnit maydoni aylanishlari soni, ayl/min.

    Jadval-12




    O’lchanadi (Dvigatel)

    Xisoblanadi (Generator)

    I

    P

    n

    U

    I

    P

    P

    M

    S





    A

    кВт

    Ayl/min

    В

    A

    кВт

    кВт

    Нм

    кВa

    -

    -






































































    20-rasm. Asinxron dvigatelni mexanik xarakteristikasini olish sxemasi.



    O’z-o’zini tekshirish savollari.

    1. Asinxron dvigatel deb qanday dvigatelga aytiladiq

    2. Dvigatelni mexanik xarakteristikasi nimaq

    3. Generator nima va u qanday ish bajaradiq



    TAJRIBA ISHI № 5.
    ASINXRON DVIGATELNI BOSHQARISH UCHUN MAGNIT YURGIZGICHNI YIG’ISH.


    1. Ishni bajarishdan maqsad.

    Magnitni yurgizgichni qismlari bilan tanishish va uni asinxron dvigatelni boshqarish uchun yig’ish.



    1. Ishni tushuntirish.

    Xozirgi kunda ko’pchilik mashina va mexanizmlar asosan magnitni yurgizgich, saq lagich, avtomatik uzgich kabi jixozlar bilan birga yig’ilgan bo’ladi. Magnitli yurgizgichlar esa elektrodvigatelni yaqindan xamda masofadan boshqarish uchun qo’llaniladi. Bundan tashqari magnit yurgizgichlar tarmoq kuchlanishi uchun qayta tiklangandan so’ng dvigatel ni o’z-o’zidan yurib ketishidan saqlaydi. Ko’pchilik magnit yurgizgichlar elektrodvigatel larni ortiqcha yuklama ishlashdan ximoya qiluvchi issiqlik relelariga ega. Ma’lumki mag nit yurgizgichlar ikki xil bo’ladi, ya’ni elektrodvigatelni bir tomonga aylanishini ta’minlay digan (noreversiv) va elektrodvigatelni ikkala tomonga aylanishini ta’minlaydigan (rever siv). Ushbu tajribada elektrodvigatelni 1 tomonga aylanishini ta’minlaydigan magnit yur gizgich bilan shug’ullanamiz. Bunday dvigatelllarni ishga tushirish uchun ПME va ПA seriyali magnitli yurgizgichlarni ishlatiladi. Xavfli belgilar PME va PA yurgizgichlarni se riyasini belgilaydi. Xavfdan keyingi son yurgizgich o’lchamlarini keyingisi tuzilishini (1-ochik, 2-ximoyalangan, 3-chang va namlikdan ximoyalangan) anglatadi. Ularning soni 1…4 bo’lib, 1 soni yurgizgichni bir tomonlama va issiqlikdan ximoyasizligini, 2 soni bir tomonlama va issiqlik ximoyasi borligini, 3 soni esa uni ikki tomonlama issiqlikdan ximo yasizligini, 4 soni ikki tomonlama issiqlik ximoyasi borligini bildiradi. Masalan:ПME–223 demak yurgizgich seriyasi ПME, ikkinchi o’lchamli, ximoyalangan, ikki tomonlama

    issiqlik ximoyasisiz.

    3. Ishni bajarilish tartibi.
    1.Magnitli yurgizgich ayrim qismlari bilan tanishish.

    2.Magnitli yurgizgich malumoti bilan tanishib ularni yozib olish.

    3.Magnit yurgizgichni berilgan sxemadagidek yig’ib elektirondvigatel ishga tushiriladi.

    4.Bajarilgan ishlar yuzasidan xulosa yoziladi.



    21-rasm. Asinxron dvigatelni boshkarish uchun magnit yurgizgichni yigish sxemasi.


    4. O’z-o’zini tekshirish savollari.

    1.Asinxron deb qanday dvigatelga aytiladiq

    2.Magnit yurgizgich nima, u qanday printsniga asosan ishlaydiq

    3.Magnit yurgizgich konstruktsiyasi qandayq




    TAJRIBA ISHI №6.

    UCH FAZALI DVIGATELNI BIR FAZALI DVIGATEL SIFATIDA ISHLATISH

    1.Ishni bajaridan maqsad.
    1. Davlat standarti bo’yicha uch fazali qilib ishlab chiqarilgan dvigatelni bir fazali tormoqqa ulab bir fazali dvigatel sifatida ishlatishni o’rganish.
    2.Ishni tushuntirish.
    O’rtacha quvvatli ba’zi asinxron dvigatellarni uch fazali dvigatel sifatida

    xam, bir fazali dvigatel sifatida xam ishlatish mumkin. Bunday dvigatellar universal dvigatellar deyiladi. Dvigatel statorida uch fazali chulgam bo’ladi, rotori oddiy qisqa tutashtirilgan. Universal dvigatelni bir fazali dvigatel sifatida ishlatish uchun uni statorining chulgamlari sxemada keltirilgan usul

    bilan manbaaga ulanadi. Sxemalarda ish va yurg’izish kondensatorlarini qanday

    ulanishi xam ko’rsatilgan. Ish kondensatori Si ning nominal yuklamada ishlash rejimiga moslab tanlanadi. Dvigatel kam yuklama bilan ishlaganda uning texnik ko’rsatkichlari yomonlashadi. Uch fazali dvigatel bir fazali dvigatel sifatida ishlatilganda uning quvvati uch fazali dvigatel nominal quvvatining 60…80 % ni tashkil qiladi. Bunday dvigatellarni UAD seriyasida ishlab chiqarilmoqda. Quyida keltirilgan sxemalar uchun ish kondensatorlarini keltirilgan emprik formulalar bilan mikrofaradalarda (mKf) aniqlanadi.



    Si=2740In /Un;(a); Si=2800In/Un; (b); Si=4800In/Un; (s);
    Agar dvigatelni salt ishlash sharoitida yoki kam nagruzka bilan ishlatilsa,

    yurg’izish kondensatori kerak bo’lmaydi. Nominal nagruzka bilan yurg’izishda sxemaga yurg’izish kondansatori ulanishi kerak. YUrg’izish kondensatorining sigimi Syu=(2,5…3)Si qilib olinadi. Bunda dvigatelni yurg’izish momenti nominal

    momentga deyarli teng bo’ladi. Agar yurgizash momentini yanada oshirish lozim bo’lsa, yurg’izish kondensatorining sigimi oshiriladi. Agar Syu= (6…8)Si bo’lsa, yurg’izish momenti dvigatelni maksimal momentiga yaqinlashadi.

    3.Ishni bajarish tartibi.
    1.Uch fazali asinxron dvigatel pasportidagi ma’lumotlari bilan tanishiladi.

    2.(b) sxema uchun Si va Syu miqdorlari xisoblab topiladi.

    3.Sxema yigilib dvigatel ishlatib ko’riladi.

    group 122 A 0 B 0 C 0

    Si=2740In /Un;(a); Si=2800In/Un; (b); Si=4800In/Un; (s);
    23-rasm. Dvigatel chulgamlarini manbaaga ulanish sxemasi.

    4. O’z-o’zini tekshirish savollari.
    1.Uch fazali dvigatelni bir fazali qilib ishlatish uchun nima kerak bo’ladiq

    2.Uni ishlash printsipi va konstruktsion tuzilishi qandayq

    3.Ularni qanday turlarini bilasizq


    TAJRIBA ISHI № 7
    FAZA ROTORLI UCH FAZALI ASINXRON DVIGATELNI ISH REJIMINI TEKSHIRISH

    1. Ishdan maqsad.

    1. Uch fazali faza rotorli asinxron dvigatelni tuzilishi va ishlash printsipi bilan tanishish.

    2. Dvigatelni manbaga ulanadigan elektr sxemasi bilan batafsil tanishish va sistemaga ulab ishlatish.

    3. Dvigatelni o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishish, ish xarakteristikalarini olish, uni qurish va analiz qilish.

    4. Dvigatelni yurg’izishni va reverslashni o’rganish.

    5. YUrg’izish tokning kichik bo’lib, yurg’izish momentining katta bo’lish sabablarini o’rganish.



    2. Ishga oid nazarish tushunchalar.
    Faza rotorli asinxron dvigatel qisqa tutashrilagan rotorli dvigatellardan rotorning tuzilishi bilan farq qiladi. Faza rotorli asinxron dvigatelni rotori qalinligi 0,35…05 mm bo’lgan elektrotexnik po’lat tunika (plastika)lardan shtampalanib yig’ilgan tslindrdan iborat. Statordagi kabi rotorning xam fazalariga uch fazali chulgam joylashtirilgan bo’ladi. Rotor chulgamlari yulduz sxemada ulanadi. Xar bir fazaning bosh uchlari bir-biridan izolatsiya qilingan uchta miss kontakt xalqalarga briktirilgan. Mis xalqalar uch fazali yurg’izish reostati bilan briktirilgan. YUrg’izish reostatining fazasi birinchidan yurg’izish tokini (Iyu=2,5…3,5)Ip gacha qaytarish, qisqa tutishgan rotorli asinxron dvigatellarda esa Iyu=(5…7)In ga teng bo’ladi. Darxaqiqat yurg’izish paytida rotordagi tok In=E2S/(R2 Ryurg)2 X2 S2 (A) bo’lib yurg’izish qarshiligi, bilan cheklangan. Ikkinchidan yurg’izish reostatining vazifasi yurg’izish momentini maksimumgacha oshirish, chunki Sos va rotordagi aktiv tok orttiriladi. Barcha ifodalarni sirpanish S=1 deb qabul qilinadi S=(R2 Ryurt)/X2=1. YUrg’izish momenti katta bo’lganidan faza rotorli asinxron dvigatelni nagruzka bilan yurg’izish kerak bo’lgan (markazdan qochma nasoslar, kompressorlar, liftlar, kran dvigatellari va x.k) mexanizmlarda qo’llaniladi.

    Dvigatel rotorning aylanish yo’nalishini o’zgartirish uchun aylanuvchan magnit maydonini aylanish yo’nalishini o’zgartirish kerak. Buning uchun statorning uchta faza simlaridan istalgan ikkitasini manbaaga ulanadigan o’rinlarini almashtirish kifoya.


    3. Ishni bajarish tartibi.
    1. Faza rotorli asinxron dvigatelni tuzilishi va ishlash printspi, shuningdek, qismlarga ajratilgan namunasi bilan tanishiladi.

    2. Stend bilan tanishib, dvigatel-generatorning sxemasiga kiradigan barcha qismlari va o’lchov asboblarini parametrlari aniqlanadi xamda agregatni pasportidagi ma’lumotlar bilan tanishib, ularni xisobotga yozilib qo’yiladi.

    3. quyidagi ifodalangan rasmdagi elektr sxemasi yig’iladi.

    4. Generatorning nagruzkasi ulanmagan xolda (ajratkich P2 uzilgan) dvigatel yurg’iziladi. YUrg’izishdan avval yurg’izish reostatining dastagi salt ishlash xolatida (1-pogonada) turganligiga va rotor zanjirining ajralganiga ishonch xosil qiling.


    Jadval-13

    O’lchashlar


    Xisoblashlar

    U

    I

    Pa

    n

    U

    I


    P

    P

    P

    M

    N

    Cos φ

    B

    A

    B

    Ayl/m

    B

    A

    B

    B

    B

    H















































































    Jadvaldagi ayrim kattaliklar quyidagicha aniqlanadi:



    Rgen=UgenIgen: generatorning quvvati, R2= Rgen/gen bog’linish =f(Pgen)ning grafigidan aniqlanadigan dvigatel o’qidagi quvvat, R1=3Rf Vt; Rgen-manbadan istemol qilinadigan uch fazali quvvat, Vt. M=9,55R2/n Nm agar R2 Vt bo’lsa.

    5. Rotor zanjiridagi yurg’izish (reostat) qarshiligi R ning turli qiymatlaridan dvigatelning suniy (reostat) xarakteristikalari olinadi. Dvigatelning mexanik xarakteristikasining ishchi qismi sirpanish S=0 dan S^Skr gacha bo’lgan oraliqdagi egri chiziq xisoblanadi. Egri chiziqning bu qismi uchun bog’lanish M=f(S) chiziqlidir.




    25-rasm. Tajriba o’tkazish uchun printsipial sxema.
    Mexanik xarakteristikasini ko’rish uchun bitta ish nuktasining bo’lishi kifoya. Ikkinchi nuqta dvigatelning siixron tezligiga to’g’ri keladi va bu nuqtada tabiiy va suniy xarakteristikalar kesishadi. Rotor zanjiridagi qarshiliklar katta bo’lganda suniy xarakteristika bir muncha yumshoq bo’ladi.
    6. Ish buyicha xulosa yoziladi.

    a) yurg’azish reostatining axamiyati xaqida;

    b) tezlikni rostlash xaqida;

    v) Sosφ va n ning dvigatelni yuklanishiga bog’liqligi xaqida:

    g) Faza rotorli ADlarini qanday xollarda qo’llash yaxshi ekanligi xaqida yozing.

    4. O’z –o’zini tekshirish savollari
    1. Faza rotorli asinxron dvigatelni konstruktsiyasi qandayq

    2. Faza rotorli asinxron dvigatelni oddiy dvigateldan farqi nim



    Тажриба иши № .
    SINXRON DVIGATЕLLARNI TUZILISHINI O’RGANISH VA ISHGA TAYYORLAB SINASH
    1.Ishdan maqsad.

    Sinxron mashinalar elеktr enеrgiyasi xosil qiluvchi gеnеratorlar, dvigatеllar va rеaktiv quvvat kompеnsatorlari sifatida ko’p qo’laniladi. Barcha elеktr mashinalari singari u xam qaytuvchanlik xossasiga ega. Sinxron dvigatеllarni tuzilishini ko’rib o’rganish.


    2.Ishni tushuntirish.

    Sinxron dvigatеllarni rotor chulgamiga o’zgarmas tok bеriladi. Bu elеktrodvigatеllarni stator chulqamlarida esa o’zgaruvchan, EYuK induktsiyalanadi va o’zgaruvchan tok oqadi. Dеmak stator va rotor ariqchalarida chulgamlar joylashgan bo’ladi. Dvigatеlni stator chulqamlari uch fazali tarmokka ulanganda aylanuvchi magnit maydoni xosil bo’ladi.

    Stator chulqamlaridan oqqan tok xosil qilgan aylanuvchi magnit maydon rotor chulqamlarini kеsib o’tib ularda EYuK induktsiyalaydi, natijada ulardan tok oqadi. Sinxron elеktr mashinalari asosan ikki xil bo’ladi.
    1.Noayon qutbli, 2.Ayon qutbli.
    Aniq namoyon qutbli – ayon qutbli gеnеratorlarning daigatеli sifatida ko’pincha gidravlik turbina ishlatiladi. Shuning uchun bunday gеnеratorlar gidrogеnеrator-lar – dеb ataladi. Ularning aylanishlar tеzligi 60 dan 750 aylG`min gacha oraliqda bo’ladi. Tеzlikning bunday katta farqda o’zgarishi gidrostantsiyalarda suvning bosi

    mi va isrofining turlicha bo’lishi bilan boqliqdir.



    1-rasm. Sinxron dvigatеlni tuzilishi.

    Sinxron dvigatеllarni rotor chulgamiga o’zgarmas tok bеriladi. Sinxron elеktrodvigatеllarni yakor chulgamlarida esa o’zgaruvchan EYUK induktsiyalanadi va o’zgaruvchan tok oqadi. Dеmak stanina va yakor ariqchalarida chulgamlar joylashgan bo’ladi. Dvigatеlni stator chulgamlari uch fazali tarmoqqa ulanganda aylanuvchi magnit maydoni xosil bo’ladi.

    Sinxron mashinalarning ishlash printsipi rotor chulqamiga o’zgarmas tok bеrilganda o’zgarmas magnitmaydoni xosil bo’lishi va rotor bilan birga aylanib, stator cho’qamini kеsib o’tadi. Shunda ularda chastotasi f tеng bo’lgan EYUK ni induktsiyalashga asoslangan. Agar stator chulqamlariga nagruzka qarshiligi Zn ni ulasak, gеnеratorlarning faza chulqamlarida xosil bo’lgan ia iv is toklar aylanishlar tеzli-gini nq60 fG`R rotor aylanishlar tеzligiga tеng bo’lgan aylanuvchan magnit mayd oni xosil qiladi. Shuning uchun bunday elеktr mashinalar rotorining aylanishlar tеzligi statorning magnit maydoni aylanishlar tеzligiga tеng bo’lganligi uchun sinxron mashinalar xisoblanadi.



    2 a rasm. Ayon qutbli sinxron 2 b rasm. Noayon qutbli sinxron

    mashinalarning tuzilishi 1-stator,2- mashinalarning tuzilishi 1-stator,2-

    rotor qutblari, 3-rotor chulgami rotor qutblari, 3-rotor chulgami


    Sinxron mashinalar ko’pincha yaqqol ko’pinadigan qutbli yoki yaqqol ko’rinmaydigan qutbli qilib ishlab chiqariladi. quvvati nisbatan katta bo’lmagan (100 kVA gacha) bo’lgan o’zgarmas va o’zgaruvchan tok chulqamlari, ko’pincha o’zaro o’rin almashgan bo’ladi. Istе'molchilar ulanadigan chulqam rotorga, uyqotish chulqami esa statorga joylashtiriladi.

    Katta quvvatli zamonaviy elеktrostantsiyalarda tizim bilan parallеl ulana-

    digan bir nеcha sinxron gеnеratorlar ishlatiladi. Masalan Toshkеnt GRES ida xar birining quvvati 160 mVA ga tеng bo’lgan 12 ta turbogеnеrator o’rnatilgan. Asosiy sanoat royonlarida bir nеcha elеktrostantsiyalarni o’zaro birlashtirilib, yirik enе rgеtik sitеmalar tashkil etiladi. Chunonchi, O’rta Osiyo enеgosistеmasi O’zbеkiston, Turkmaniston, Tojikiston, qozoqiston, qirqizistondagi barcha sanoat korxonala rini elеktr enеrgiyasi bilan ta'minlaydigan elеktrostantsiyalarni o’ziga birlash-tirgan.

    Tojikiston (toj. Тоҷикистон), Tojikiston Respublikasi (tojikcha. Ҷумҳурии Тоҷикистон) - Oʻrta Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 143.100 ming km². Aholisi 8,486,300 kishi (2014). Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tomonidan Oʻzbekiston bilan, shimoliy tomonidan Qirgʻiziston, sharqiy tomonidan Xitoy bilan va janubiy tomonidan Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh.

    Turkmaniston (turkmancha. Türkmenistan), Turkmaniston Respublikasi (turkmancha. Türkmenistan Respublikasy) - Oʻrta Osiyoning jan.gʻarbida joylashgan davlat. Maydoni 488,1 ming km². Aholisi 5,113 mln. kishi (2013).

    Shuning uchun sinxron gеnеratorlarning yagona enеrgosistеmaga birlashib ishlay olishi oddiy ish rеjimi xisoblanadi.
    3.Ishni bajarish tartibi.

    1.Sinxron dvigatеlini tuzilishini qismlarga ajratib o’rganish.

    2.Bajarilgan ishga xulosa va nazorat savollariga javob yoziladi.
    4.Nazorat savollari.
    1.Sinxron dvigatеlini tuzilishi qanday?

    2.Sinxron dvigatеllarni ayon va noayon qutbliligini o’zaro

    o’xshashliklari bormi?

    FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR.

    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)


    1.С.Мажидов. «Электротехника». Тошкент. O’қитувчи. 2000.

    2.С.Мажидов. «Электр машиналари ва электр юритма». Тошкент. O’қитувчи. 2002.

    3.И.Ф.Евдокимов. «Умумий электротехника». Тошкент. O’қитувчи.1985.

    4.Колесов В.Л., Карпов В.Н. ва бошқалар «Қишлоқ хo’жалик агрегатлари хамда установкаларини электрик жихозлари ва автоматлаштириш». Тошкент. O’қитувчи. 1986.

    5.М.Хомудхонов.,С.Мажидов. «электрик юритма ва уни бошқариш асослари». Тошкент. O’қитувчи. 1970.

    6.Ю.Т.Додобоев. «Қишлоқ хo’жалигини электрлаштириш». Тошкент. O’қитувчи. 1983

    7. www. Зиё.нет

    8.Электротехническое оборудование СП Ташэлектр аппарат ҳттп://www ташелектро.сом



    9. www.вамп.ру. Владимирский электромоторный завод. Технический каталог.





    Download 1,06 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,06 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr dvigatellarni tuzilishini o’rganish va ishga tayyorlab sinash

    Download 1,06 Mb.