Yuk-porshenli manometrni МП-60 ni qiyoslash jarayoni




Download 3.83 Mb.
bet10/11
Sana30.03.2023
Hajmi3.83 Mb.
#47697
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O\'.v.q.v,k Kurs ishi
guruh mustaqil ishlar ro\'yhati 2, 4 - kurs, Issiqlik elektr stansiyasi.pdf, Tarmoq xizmatlari, 8, Thin film 1, Заковат учун саволлар-01, 11, Oybegim mening (Oybekka hujum), Andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik texnologiyasi fakulteti iqtisodiyot yonalishi, 1 savol javobi, Mustaqil ish topshiriqlari, rentgen spektraskop, 202-, Mustaqil ta\'lim
2.2 Yuk-porshenli manometrni МП-60 ni qiyoslash jarayoni
Yuk-porshenli manometrlar - bu o‘lchanadigan bosim erkin harakatlanadigan porshenga nisbatan kalibrlangan og‘irliklar tomonidan yaratilgan kuch bilan muvozanatlanadigan qurilmadir. Qurilmaning asosiy qismi vertikal ustun bo‘lib, uning silindrsimon kanalida porshen joylashgan.
YUKPORSHENLI MANOMETR MII-60 Vazifasi: Namunaviy, Texnik, elektrsignalli, differensial manometrlarni nominal qiymatga ega toshlar bilan va namunaviy manometrlar bilan solishtirish usuli orqali qiyoslash uchun mo'ljallangan. Ushbu qiyoslash vositasi ichida maxsus moy harakatini ta'minlaydi, hamda tebranishlardan himoyalangan va atrof-muhit harorati 15 dan 25 °C gacha, nisbiy namlik 80% gacha, hamda atmosfera bosimi 84 dan 106,7 KPa gacha bo'lgan sharoitda ishlatish uchun mo'ljallangan. Yukporshenli manometr etalon o'lchash vositasi sifatida ortiqcha bosim, o'lchash o'zgartkichlari (datchiklar), namunaviy va texnik manometrlar, hamda boshqa turdagi past aniqlik sinfiga ega yukporshenli manometrlarni qiyoslash va kalibrlashda ishlatiladi. Kislorodni o'lchash asboblarini tekshirish yoki kalibrlashda ajratish moslamalaridan foydalanish kerak.
Ishlash prinsipi
a) Konsentrik og'irliklarni to'g'ridan-to'g'ri qo'llash uchun yuk ko'tarish moslamasi bilan jihozlangan oddiy pistonli bosim o'lchagich (O'lchov kolonkasi)
b) Bosim hosil qilish vositasi (Gridropress)
Tarkibiy qism: 1. Nasos tutqichi, 2. Sharli klapan, 3. Qo'l nasosi, 4. O'chirish nasosi uchun ventil, 5. Manometr uchun o'chirish ventil, 6. O'lchash kolonkasini o'chirish ventili, 7. O'lchash kolonkasi, 8. Toshlar, 9. Markaziy tutqich, 10. Qiysolanayotgan manometr, 11. Bo'shatish ventili, 12. Chap tutqich, 13. Press silindri, 14. Press vinti, 15. Press aylantirgichi, 16. O'ng tutqichi. 17. Moyli idish, 18. Yopqich.
Yukporshenli manometrda yetarli miqdorda va bosim hosil qilish darajasida transformator moyi bilan to'ldirilgan holatda, manometr o'lchov kolonkasiga mahkamlanadi va unga kerakli miqdordagi tosh qo'yiladi. Asosga bog'langan moy aylanuvchi naylar orqali moy harakati ta'minlanadi, o'chiruvchi ventillar yopiladi. Hamda qo'l nasosi orqali boshlang'ich bosim hosil qilinadi. Davomiy bosim esa press aylantirgichi (shturval) orqali hosil qilinadi. Natijada bosim aylanma harakati orqali giyoslanayotgan manometr va o'lchov kolonkasiga ta'sir o'tkazadi. Hosil bo'lgan bosim tosh va manometring nominal o'lchash qiymatida aks etadi.
Texnik (ishchi) manometrlarni qiyoslashda "O'zDSt 8.075:2018 O'zi yozar va ko'rsatkichli manometrlar, vakuummetrlar, manovakuummetrlar, naporamerlar, tyagomerlar va tyagonaporamerlar. Qiyoslash uslubiyoti" dan foydalaniladi. Qiyoslash jarayoni tarkibiga, tashqi ko'rinish, ishchi holatni tekshirish, metrologik hususiyatlarni aniqlashlar kiradi.
Asosiy metrologik hususiyatlari

  1. Yuqori bosim o'lchash chegarasi-6 MPa

  2. Quyi bosim o'lchash chegarasi-0,1 MPa

  3. Aniqlik sinfi-0,05 4.

  4. O'lchash chegarasi-0 dan 6 MPa gacha

  5. Porshen kengligining nominal qiymati -0,05

  6. Ishchi vosita-transformator moyi

  7. Yuklarning nominal og'irligi-0.1: 0.5 MPa




12-rasm.Yukporshenli manometr МП-60
O‘zDSt 8.075:2018 “O‘ziyozar va ko‘rsatkichli manometrlar, vakummetrlar, manovakummetrlar, naporomerlar, tyagomerlar va tyagonapomerlar” Standarti bo‘yicha qiyoslash ketma ketligi
Sxema-3

Namunaviy 60 Paskallik va qiyoslanayotgan manometr o’rnatiladi

Ikkala manometrlar no’lga keltiriladi

5 ta nuqtada qo’lda porshenli nasos orqali bosim beriladi







Muofiqlik belgisi yopishtiriladi


Me’yor talablariga javob beradi


Natijalar maxsus blanka yoki elektron bazaga kiritiladi

Natijaga qarab xulosa qilinadi,



Me’yor talablariga javob bermasa

Tamirlanadi yoki utilizatsiya qilinadi

Yuqoridagi sxemadan ko‘rinib turibdiki qiyoslash jarayoni birinchi navbatta qiyoslanayotgan manometrni qiyoslochi МП-60 yuk-porshenli manometrga o‘rnatiladi.


Ikkinchi bosqich ikkala manometrlar no‘lga keltirilib qiyoslashga tayyorlanadi. Qo‘l orqali yuk porshenli nasos orqali bosim beriladi va 5 ta bosim nuqtasida namunaviy manometr bilan qiyoslanayotgan manometr natijalari qayd qilinadi.
Uchunchi bosqichda olingan natijalar blankalar yoki elektron bazaga kiritiladi varasmiylashtriladi.
To‘rtinchi bosqichda natijalarga qarab, qiyosalangan manometrning xatolik chegaridan va me’yoriy talab bo‘yicha xulosalanadi.
Beshinchi bosqich olingan natijalar talab etilgan qiymatda bo‘lsa qiyoslovdan o‘tgan hisoblanadi va qiyoslovdan o‘tganlik belgisini qiyoslangan manometrga yopishtiriladi.
Agar olingan qiymat talab etilgan qiymatdan yoki namunaviy manometrdagi ko‘rsatkich qiymatidan chetlashsa manometr foydalanishga taqdim etilmaydi ta’mirlanadi yoki utilizatsiya qilinadi.

Download 3.83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 3.83 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuk-porshenli manometrni МП-60 ni qiyoslash jarayoni

Download 3.83 Mb.