• 16 – MA’RUZA. TOKLI HIMOYALAR. MTX SXEMALARI ISHLASH TOKI VA SABR VAQTI, SABR VAQTI TOKKA BOG‘LIQ MTH. Reja
  • Maksimal tokli himoya (MTH)
  • Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»




    Download 39,68 Mb.
    bet35/56
    Sana18.05.2024
    Hajmi39,68 Mb.
    #241118
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56
    Bog'liq
    O

    Nazorat savollari:

    1. Operativ tok zanjirining vazifasi nimadan iborat?

    2. Operativ tok manbasining qanday turlari bor?

    3. O‘zgarmas operativ tok sхemalarini keltiring.

    4. O‘zgaruvchan operativ tok sхemalarini tushuntiring.


    16 – MA’RUZA. TOKLI HIMOYALAR. MTX SXEMALARI ISHLASH TOKI VA SABR VAQTI, SABR VAQTI TOKKA BOG‘LIQ MTH.
    Reja:

    1. Tokli himoyalar. Maksimal tokli himoya(MTH). MTH sxemalari.

    2. O‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokli himoyaning ishlash toki.

    3. Himoyaning sabr toki. Sabr vaqti tokka bog‘liq bo‘lmagan MTH.

    4. MTH ning ish parametrlari va sabr vaqtini tanlash.

    Tokli himoya uchun ta’sir etuvchi kattalik himoya o‘rnatilgan joydan o‘tuvchi tok hisoblanadi.
    Eng birinchi va oddiy tokli himoya eruvchan saqlagichlar yordamida bajarilgan. Kuchlanishi 1 kV gacha bo‘lgan tarmoqlarda ular хozir ham qo‘llaniladi.
    Tokli himoyalarning ikki turi bo‘lib, birinchisi – tokli kesim (TK) va ikkinchisi – maksimal tokli himoya (MTH).
    Maksimal tokli himoya (MTH)
    M
    TH bir tomondan ta’minlangan elektr ta’minot tizimidan asosiy himoya turi hisoblanadi. Ikki tomonidan ta’minlanadigan hamda murakkab sхemali tizimlarda MTH yordamchi himoya sifatida ishlatiladi. MTH ning tanlovchanligi sabr vaqti yordamida amalga oshiriladi.
    Bir tomonlama ta’minlanadigagn tarmoqlardagi har bir liniyaning boshida manba tarafdan boshlab MTH o‘rnatiladi.
    Buning natijasida liniyalar alohida himoyaga ega bo‘ladi.
    K1 nuqtada qisqa tutashuv sodir bo‘lsa, qisqa tutashuv toki tarmoqning barcha qismlaridan utadi, natijada hamma o‘rnatilgan himoyalar ishga tushadi. Lekin tanlovchanlik shartiga asosan faqat shikastlangan liniya o‘chirilishi kerak. Buning uchun MTХ sabr vaqti bilan bajariladi va bu vaqt iste’molchidan manbaga sari ortib boradi.
    Shu printsip amalga oshsa K1 nuqtada qisqa tutashuv sodir bo‘lganda 3 – himoya ishga tushib, shikastlangan liniyani o‘chiradi, 1,2 – himoyalar ishga tushib ulgurmasdan ular avvlgi hollariga qaytariladi.
    Хuddi shundek, K2 nuqtada qisqa tutashuv bo‘lsa 2 – himoya tezroq ishga tushadi, 1 – himoya esa ko‘proq sabr vaqtli bo‘lgani sababli ishlamaydi.

    Sabr vaqtini bunday tanlash pog‘analik printsipi deb ataladi.


    t – sabr vaqtining pog‘anasi deyiladi.
    t=0,50,6 sek oraliq olinadi.
    Sabr vaqti tokka bog‘liq, bog‘lik bo‘lmagan yoki qisman bog‘liq bo‘lishi mumkin.( 16.2-rasm)

    Download 39,68 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   56




    Download 39,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»

    Download 39,68 Mb.