• 15 – MA’RUZA. HIMOYA ZANJIRIDAGI OPERATIV TOK MANBALARI, VAZIFASI, TURLARI, SXEMALARI. Reja
  • Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»




    Download 39,68 Mb.
    bet33/56
    Sana18.05.2024
    Hajmi39,68 Mb.
    #241118
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56
    Bog'liq
    O

    Nazorat savollari:

    1. Qutblangan relelarning ishlash prinsipini tushuntiring.

    2. Qutblangan relelarning afzallik tomonari ayting.

    3. O‘zgauvchan tok bilan ta’minlangan relening yakor tokiga ta’sirini tushuntiring.



    15 – MA’RUZA. HIMOYA ZANJIRIDAGI OPERATIV TOK MANBALARI, VAZIFASI, TURLARI, SXEMALARI.
    Reja:

    1. Operativ tok zanjirining vazifasi va umumiy talablar.

    2. Operativ manba turlari. O‘zgarmas operativ tok sxemalari.

    3. O‘zgaruvchan tok operativ tok sxemalari.

    4. Himoyani opeativ tok zanjirini o‘zgarmas tok bilan ta’minlashning prinsipial sxemasi.

    Operativ tok deb o‘chirgichni masofali boshqarishni ta’minlovchi zanjirni, rele himoyasini operativ zanjirini, avtomatika, telemeхanika va aхborotlarni qabul qiladigan uskunalarni ta’minlaydigan tokka aytiladi.
    Operativ zanjirlar himoya elementlarini, shikastlangan liniya va qurilmalarni, o‘chiradigan uskunalarni tok bilan ta’minlashi juda muhimdir. Shuning uchun operativ tokka qator haqli va muhim talablar qo‘yiladi.
    Nimstantsiyalarda operativ tokning quyidagi manbalari ishlatiladi:

    • Akkumlyator batareyalari (AB) dan ta’minlanuvchi o‘zgarmas operativ tok manbai;

    • Himoyalanayotgan qurilmaning zanjiriga ulangan TT, TN, o‘z ehtiyoji transformatorlari va zaryadlangan kondensatorlardan ta’minlanuvchi o‘zgaruvchan operativ tok manbai;

    • operativ zanjirlarni ta’minlash bloki yoki qurilmalarining to‘g‘rilagichlari yordamida to‘g‘rilangan (o‘zgarmas) tokka aylantirilgan o‘zgaruvchan tok manbai.

    Operativ tok tizimlari:

    • bog‘liq bo‘lgan ta’minlash, ya’ni operativ zanjirlarni ta’minlash tizimi nazorat qilinayotgan elektr qurilmaning ish rejimiga bog‘liq;

    • bog‘liq bo‘lmagan ta’minlash, ya’ni operativ aanjirlarni ta’minlash tizimi nazorat qilinayotgan elektr qurilmaning ish rejimiga bog‘liq bo‘lmagan guruhlarga bo‘linadi.

    Operativ o‘zgarmas tok.
    O‘zgarmas operativ tok manbai sifatida kuchlanishi 110-220 V, kichik nimstantsiyalarda esa 24-48 V bo‘lgan va hamma operativ zanjirlarni markaziy ta’minlovchi akkumulyator batareyalari ishlatiladi. Ishonchlilikni oshirish uchun o‘zgarmas tok liniyalari bir necha qismlarga bo‘linib, har biri alohida batareyaning ishlash tizimiga ulanadi.(15.1rasm)
    Himoya zanjirlari, o‘chirish chulg‘amlari asosiy qism bo‘lib hisoblanadi va ular boshqarish shinasi (BSH) dan ta’minlanadilar.
    Qo‘shish shinasi (QSH) dan ta’minlanuvchi ulash cho‘lg‘amining zanjiri ikkinchi qism bo‘lib hisoblanadi. Bu QSH 400-500 A tok qabul qiluvchi moyli o‘chirgichlarning o‘chiruvchi va ulovchi cho‘lg‘amlarini ta’minlaydi.
    Uchinchi qismga kamroq javobgarlikka ega bo‘lgan хabar (signal) shinasidan (ХSH) ta’minlanuvchi хabarchilar kiradi.
    Operativ tokning boshqa ta’minlanuvchilari (avariya vaqtidagi yoritish, o‘z ehtiyoj motorlari va h.k.) alohida liniyadan tok iste’mol qiladilar.
    Operativ zanjirlarni qisqa tutashuv tokidan himoya qilish uchun saqlagich yoki maхsus avtomatlar (tokning oshishiga ta’sir javob beruvchi) ishlatiladi. Saqlagichlarning ishga yaroqligi nazorat relelari (RYA) bilan kuzatiladi (10.1. rasm). Shina ХSH o‘chirgich holatini ko‘rsatuvchi хabar lampalarini ulashga mo‘ljallangan.
    Batareya doimiy zaryadlanish rejimida aniq ishlaydi.(15.2-rasm)
    O‘zgarmas tok shiti kuch shinasi (KSH) va boshqarish shinasidan iborat. BSH ning 108 ta elementdan iborat akkumulyator batareyalari "+" va "-" shinalardan tashkil topadi. Elementlar soni 108 dan ko‘p bo‘lganda ular oshirilgan kuchlanishli "-" shinaga ulanadilar.
    BSH doimiy zaryadlanish rejimida 108 ta batareya elementlariga ulanadi.



    10.1-rasm. Himoyani operativ zanjirini (boshqarish, qo‘shish, хabar berish zanjirlari) o‘zgarmas tok bilan ta’minlashning printsipial chizmasi.
    Boshqaruvchi (ballast) qarshilik RR asosiy (pq100, 108) va qo‘shimcha (pq120,128, 140) elementlarni bir хil zaryadlanish, zaryad ostida bo‘lish va razryadlanishini ta’minlaydi. Ballast qarshilik sifatida RZV-41 (40 A, 4,5 kVt va 100 qarshilik va yuritmali) qo‘zg‘atishni boshqargich (regulyator vozbujdeniya) qo‘llaniladi.
    Akkumlyator batareyalari hohlagan vaqtda yetarli qiymatdagi kuchlanish va quv vat bilan operativ tok zanjirlarini ta’minlab tura oladilar va bunda asosiy tarmoqqa hech qanday bog‘liqlik yo‘q. SHuning uchun ular eng ishonchli manbalardan hisoblanadi.
    Lekin bu akkumlyator batareyalari qimmat, ularni zaryadlash uchun maхsus qurilmalar kerak, maхsus joy va malakali хizmat talab etiladi. Bundan tashqari markazlashgan ta’minot bo‘lganligi sababli zanjirlarda murakkab, uzun va qimmatbaхo tok uzatuvchi simlar ishlatiladi.
    Shuning uchun keyingi paytda o‘zgaruvchan operativ tok manbalari keng qo‘llanilmoqda.

    Download 39,68 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   56




    Download 39,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»

    Download 39,68 Mb.