Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»




Download 39,68 Mb.
bet32/56
Sana18.05.2024
Hajmi39,68 Mb.
#241118
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56
Bog'liq
O

Qutblangan relelar
Qutblangan relelar elektromagnit tuzilishli relelarning bir turidir. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan elektromagnit relelardan farqli o‘laroq qutblangan releni yakori ikki magnit oqim ta’sirida bo‘ladi, ulardan birini releni chulg‘amidan oqayotgan tok hosil qiladi, ikkinchisini doimiy magnit hosil qiladi. CHulg‘amning magnit oqimi ishchi oqim deb, doimiy magnitniki esa qutblovchi deb nomlanadi. Qutblangan rele ikki variantda ishlab chiqiladi: differentsial va ko‘priksimon magnit sistemali. Ikkala tuzilish ham o‘zakdan 1, chulg‘amdan 2, magnitdan 3, yakordan 4 va kontakt sistemadan 5, iborat bo‘ladi (14.1-rasm).

14.1-rasm. Qutblangan relening tuzilishi.
Relening ishlash printsipi bilan soddaroq bo‘lgan differentsial sistema orqali tanishib chiqamiz (14.1.a-rasm). Doimiy magnit qutblovchi magnit oqim Fka va Fkb qismlariga bo‘linadi. Bu oqimlar havo oraliqlar va va o‘zak 1 ning mos qismlari orqali oqib o‘tadi. Ir tok chulg‘am 2 orqali oqib o‘tib ishchi magnit oqim Fr hosil qiladi. Bu oqim ham o‘zak 1 orqali oqib o‘tadi, ko‘rilayotgan qurilmani soddalashtirish uchun yakor orqali tarqalayotgan magnit oqimi hisobga olinmaydi. Havo oralig‘ida Fk va Fr magnit oqimlar qo‘shiladi, da esa ayriladi. Bunda natijalovchi magnit oqimlar quyidagicha topiladi:
Fa=Fka+Fr, Fb=Fkb-Fr
Fa magnit oqim ta’sirida yakor chap qutb “a” ga tortiladi. Bunda tortish kuchi Fa=kFa2, Fa kuch Fb=kFb2 kuchga teskari ta’sir qiladi. CHunki Fb kuch yakorni qutbga tortishga хarakat qiladi.
Ma’lum bir Ir>Iri tokda Fa magnit oqim Fb oqimdan katta bo‘ladi, Fa> F b bo‘ladi va releni yakori chapga, “a” qutbga buriladi (tortiladi).
Ir tokning yo‘nalishi o‘zgarganda Fr oqim ham o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi, buning natijasida oraliqdan oqimlar farqi, oraliqdan esa oqimlar yig‘indisi oqib o‘tadi. Bunda Ir>Iri da Fb> Fa, Fb>Fa va relening yakori o‘ngga buriladi (tortiladi). SHunday qilib, qutblovchi oqimning borligi hisobiga rele yo‘naltirilgan bo‘ladi va nafaqat tokning kattaligiga, balki uning yo‘nalishiga (qutbligiga) ham bog‘liq bo‘ladi va unga ta’sir javob beradi.
Releni o‘zgaruvchan tok bilan ta’minlaganda uning yakori tokning o‘zgarishiga monand ravishda titraydi. Shuning uchun qutblangan relelar o‘zgaruvchan tokda ishlay olmaydilar.
Qutblangan relelar muhim afzalliklarga ega: 1) yuqori sezgirlik, kichik ishlash toki va unga bog‘liq bo‘lgan energiya sarfi (agar havo oraliq 0,5 mm bo‘lsa 0,005 Vt quvvat qabul qiladi). 2) issiqlikka chidamli tok karraligini miqdori (20-50) Irimin . Elektromagnit relelarning boshqa turlarida relening issiqlikka chidamlilik tok karraligi 1,5 Irimin dan oshmaydi. 3) tez ishlovchanlik (0,005 sek).
Qutblangan relelarning kamchiliklariga: 1) kontaklarning kam quvvatliligi. 2) kontaktlar orasidagi masofaning kichikligi (0.1 dan 0.5 mm gacha) va katta bo‘lmagan qaytish koeffitsienti kiradi.
Qutblangan relelar rele himoyasi sхemalarida o‘zgarmas tokda yordamchi relelar sifatida katta tezlik, yuqori sezuvchanlik kerak bo‘lganda ishlatiladi.

Download 39,68 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   56




Download 39,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»

Download 39,68 Mb.