|
– MA’RUZA. MAGNITOELEKTRIK VA YARIMO‘TKAZGICHLI RELELAR
|
bet | 30/56 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 39,68 Mb. | | #241118 |
Bog'liq O13 – MA’RUZA. MAGNITOELEKTRIK VA YARIMO‘TKAZGICHLI RELELAR.
Reja:
Magnitoelektrik relelarning vazifasi.
Magnitoelektrik relelarning tuzilishi va ishlash prinsipi.
Magnitoelektrik relelarning afzalliklari va kamchiliklari.
Yarimo‘tkazgich relelarning afzalliklari va kamchiliklari.
Magnitoelektrik relelar (13.1-rasm) doimiy magnitdan 1, Ir tok oquvchi chulg‘am 2 o‘ralgan хarakatlanuvchi ramkadan 3 va kontaktlardan 4 iborat.
13.1-rasm. Magnitoelektrik relelarning tuzilishi.
Magnitoelektrik relening ishi ramka chulg‘amidan oqayottan Ir tok bilan doimiy magnitning magnit oqimi F orasidagi o‘zaro ta’sirlashuvga
asoslangan.
Ramkaniig chulg‘amiga ta’sir qilayotgan kuch Bio va Savar qonuniga asosan quyidagicha topiladi:
Fe=KBmIrlWr
bu yerda Bm- doimiy magnit magnit maydonining induktsiyasi;
Ir- ramka chulg‘amidagi tok;
l- chulg‘am o‘ramining aktiv uzunligi;
Wr-ramka chulg‘amining o‘ramlar soni.
Fe kuch tomonidan hosil qilingan aylanish momenti
Me= Fed= K'BmIr
bu yerda d-Fe juft kuch yelkasi;
K'= KlWrd
Ramkaning burilish burchagi kichik (5°-10°) qilib qabul qilinadi.
Magnitning qutblari magnit maydoni bir tekisda tarqaladigan qilib tanlanadi. Bu holda magnit induktsiya Vm doimiy bo‘ladi va buning natijasida Me moment rele chulg‘amidan oqayottan tok Ir ga proportsional bo‘ladi, ya’ni Me=K''Ir
Moment Me va Fe kuch ning ishorasi relening хarakatlanuvcha ramkasi chulg‘amidan oqayotgan tokning yo‘nalishiga bog‘liq. 9.1-rasmdagi ko‘rsatilgan Ir ning yo‘nalishidan kuchning yo‘nalishi «chap qo‘l» qoidasi asosida aniqlangan. Ir ning yo‘nalishi o‘zgarganda Fe ning yo‘nalishi хam o‘zgaradi.
Shunday qilib, magnitoelektrik relelar tokning yo‘nalishiga ta’sir javob beradi va shuning uchun хuddi qutblangan relelar kabi o‘zgaruvchan tokda ishlay olmaydi.
Magnitoelektrik relelar yuqori sezgirlikka ega va kam quvvat qabul qiladi. Ishlash quvvati 10-8-10-10 Vt ni tashkil qiladi va sezgirligi bo‘yicha ular qutblangan relelardan ustun turadi, bu asosan doimiy magnitning kuchli maydoni borligi bilan asoslanadi.
Kam quvvat iste’mol qilish bilan bir qatorda magnitoelektrik relelar kuchsiz va kam o‘chirish хususiyatiga ega bo‘lgan kontakt sistemasidan iborat. Kontaktlar orasidagi havo oraliq juda kichik - 0,3-0,5 mm ga yaqin. Sezgirlikni oshirish maqsadida magnitoelektrik relelardagi teskari ta’sir qiluvchi prujina kichik momentli qilib yasaladi.
|
| |