|
Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»
|
bet | 26/56 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 39,68 Mb. | | #241118 |
Bog'liq Ov) Inertsion aylanish
Yig‘ilib qolgan kinetik energiya hisobiga induktsion relening aylanuvchi diski elektromagnit kuchning ta’siri tugagandan keyin ham aylanaveradi. Diskning inertsion aylanishi relening kontaktlarini tarmoqning qisqa tutashuvi o‘chirilgandan keyin ham qo‘shib yuborishi mumkin. Diskning inertsion aylanishini kamaytirish uchun doimiy magnit ishlatiladi. SHuning uchun bu turdagi relelar ishlatilgan himoyalarning yolg‘on ishlashlarini oldini olish uchun sabr vaqtni o‘rnatayotganda inertsion хatolik hisobga olinadi.
Nazorat savollari:
Oqimlar vektor diagrammasini chizing.
Induktsion relelarning sabr vaqti nima bog‘liq?
Inertsion aylanish nima?
11 – MA’RUZA. INDUKSION QUVVAT YO‘NALISH RELELARINING VAZIFASI
Reja:
Induksion quvvat relelarining tuzilishi va ishalsh pinsiplari.
Induksion quvvat relesining vector diagrammasi.
Quvvat yo‘nalish relelari ularga berilgan quvvatning kattaligi va ishorasiga ta’sir javob beradi. Ular himoya sхemalarida quvvatning (himoya qilinayotgan tarmoq tarafga oqayotganini) yo‘nalishini aniqlovchi organ sifatida ishlatiladi.
11.1- rasm.
Quvvat relesining ikkita chulg‘ami bor: bittasi kuchlanish Ur bilan ta’minlanadi, ikkinchisi tarmoqdan oqayotgan tok Ir bilan (8.1-rasm). CHo‘lg‘amlardan oqayotgan toklar ta’sirida kattaligi va ishorasi kuchlanish Ur, tok Ir va ular orasidagi burilish burchagi r ga bog‘liq bo‘lgan elektromagnit moment hosil bo‘ladi.
Quvvat yo‘nalishi relelari yo‘naltirilgan himoyalarda ishlatiladi. Ular yuqori sezgirlikka ega bo‘lishlari kerak,chunki qisqa tutashuv joyiga yaqin o‘rnatilgan himoya qurilmalarida Ur juda kamayadi, ya’ni nolgacha pasayadi, bunda relega berilayotgan quvvat juda kichik bo‘ladi va sezgirligi kam bo‘lgan rele ishlamasligi mumkin, ya’ni «o‘lik» zonaga ega bo‘lib qolishi mumkin.
Relening sezgirligi uning o‘z kontaktlarini qo‘shadigan eng kichik kuvvat bilan хarakterlanadi. Bu quvvat ishlash quvvati deyiladi Sm bilan belgilanadi.
Quvvat yo‘nalishi relelari lahzada (juda tez) ishlaydigan qilib tayyorlanadi, chunki ular vaqt bo‘yicha sabrsiz ishlaydigan himoyalarda qo‘llaniladi.
|
| |