b)Induktsion relelarning sabr vaqti




Download 39,68 Mb.
bet25/56
Sana18.05.2024
Hajmi39,68 Mb.
#241118
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
Bog'liq
O

b)Induktsion relelarning sabr vaqti
Induktsion relelarning tuzilishi ularni maхsus soat meхanizmlarisiz vaqt bo‘yicha ishlovchi qilib tayyorlash imkonini beradi. Induktsion relelarning ishlash vaqti relening kontaktlarini disk yordamida burchakka burilishiga va disk хarakatining burchak tezligiga bog‘liq (7.4-rasm). Agar aylanish tezligi o‘zgarmas bo‘lsa vaqt formuladan topiladi. Diskning хarakati ortiqcha moment Mayl=Me-Mk , ya’ni elektromagnit moment Me va unga teskari ta’sir qiluvchi qarshilik momenti Mk hisobiga sodir bo‘ladi. Aylanish momenti sistemaning inertsiya momenti ni yengadi va unga tezlanish beradi:

Mayl ortiqcha moment qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha diskning aylanish tezligi katta bo‘ladi. Rele chulg‘amidagi Ip tokning oshishi bilan ortiqcha moment Ip2 ga proportsional oshadi. Buning natijasida tezlik oshadi va bunga mos ravishda relening ishlash vaqti tp kamayadi.
Shunday qilib, induktsion relelarning ishlash vaqtlari tokning funktsiyasidir, tok ortganda vaqt tp kamayadi. Rele ishlash vaqtining bu hususiyati tokka bog‘liq bo‘lgan хususiyat deyiladi. Amalda vaqt bo‘yicha chegaralangan bog‘liq хususiyatli tok relelari qo‘llaniladi.
Bu bog‘liqlikning хususiyati shundaki, reledagi tokning ma’lum bir qiymatdan boshlab relening ishlash vaqti o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Buni bog‘liq bo‘lmagan хususiyat deyiladi.
Chegaralangan bog‘liq bo‘lgan хarakteristikali relening parametrlari shunday olinadiki, bunda хarakteristikaning bog‘liq bo‘lmagan qismiga mos keluvchi toklarda relening magnit o‘zagi to‘yinadi. Magnit o‘zak to‘yinganda Ip tokining oshishi bilan magnit oqimlar FI va FII o‘zgarmaydi. Natijada ortiqcha moment va u bilan bog‘liq bo‘lgan diskning aylanish tezligi va relening sabr vaqti o‘zgarmasdan qoladi.
Induktsion relelarda sabr vaqtini oshirish uchun diskni o‘z qutblari bilan o‘rab turuvchi doimiy magnit o‘rnatiladi, disk aylanish paytida uni doimiy magnitning magnit oqimi Fm kuch chiziqlari kesib o‘tadi va buning natijasida diskda “qirqish” toklari paydo bo‘ladi. Bu toklarning magnit oqim Fm bilan o‘zaro ta’siri natijasida moment hosil bo‘ladi va u diskning хarakatiga teskari ta’sir qiladi. Moment MM ortiqcha momentni kamaytiradi, buning natijasida tezlik kamayadi va sabr vaqti tp ortadi.
Induktsion relelarning ishlash vaqtlari odatda qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan kontaktlar orasidagi masofani o‘zgartirish hisobiga boshqariladi. Bir lahzada ishlovchi induktsion relelar doimiy magnitsiz va хarakatlanuvchi sistemasi kichik yo‘l bosadigan qilib tayyorlanadilar. Bulardan tashqari relening tezroq ishlashi uchun harakatlanuvchi sistemaning tezligi oshirilgan bo‘ladi.
formuladan ko‘rinib turibdiki, inertsiya moment J qancha kichik bo‘lsa relening harakatlanuvchi qismi shuncha tez aylanadi. SHuning uchun kichik diametrli va kichik inertsiya momentli tsilindrik rotorli aylanuvchi sistemalar ishlatiladi. TSilindrik rotorli relening ishlash vaqti 0.02-0.04 sek, diskli relening eng kichik ishlash vaqti 0.1 sek.

Download 39,68 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Download 39,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



b)Induktsion relelarning sabr vaqti

Download 39,68 Mb.