|
Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»
|
bet | 22/56 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 39,68 Mb. | | #241118 |
Bog'liq ONazorat savollari:
1. Oraliq releni ishlash printsipini tushuntiring
2. Titrashni o‘chirish yo‘llarini keltiring.
3. Oraliq, ko‘rsatkich va vaqt relelarining vazifalari nimadan
Iborat.
9 – MA’RUZA. INDUKSION ELEKTR MAGNIT KUCH VA MOMENT
Reja:
Induksion relelarning ishlash prinsipi. Induksion relelarning tuzilishi.
Induksion rele EYUK tok va magnit oqimlar vector diagrammasi.
Elektromagnit kuch va uning momenti. Elektromagnit momentning formulasi tahlili.
Ishlash printsipi
9.1–rasmda induktsion relelarning tuzilishi ko‘rsatilgan. Rele ikki magnit oqim FI va FII ning magnit maydoni ta’sirida хarakatlanuvchi qism 3 dan iborat. Magnit oqimlar qo‘zg‘almas elektromagnitlar 1 va 2 ning chulg‘amida tok oqishi hisobiga yuzaga keladi. Хarakatlanuvchi qism mis yoki alyuminiydan yasalgan va o‘qiga maхkamlangan aylanuvchi disk yoki tsilindr shaklida tayyorlanadi. Soat strelkasiga teskari хarakatlangan qism (disk) prujina 5 ni kuchini yengadi va kontaktlar 4 ni qo‘shadi.
9.1-rasm. Induktsion relelarning tuzilishi
Chulg‘amlar 1 va 2 dan FI va FII magnit oqimlar hosil qiluvchi (9.2-rasm) o‘zgaruvchan (sinusoidal) I1 va I2 toklar oqadi. Magnitlashga sarf bo‘lgan yo‘qolishlarni hisobga olmasak, FI va FII oqimlar fazalari bo‘yicha ularni hosil qiluvchi toklar bilan mos keladi, bu 7.2-rasmdagi vektor diagrammadan ko‘rinib turibdi.
9.2-rasm. Induktsion rele e.yu.k. si, tok va magnit oqimlari vektor diagrammasi.
Хarakatlanuvchi qism 3 ga singib FI oqim unda yeD1=dFIF/dt e.yu.k. hosil qiladi. Induktsiya qonuniga asosan hosil qilingan e.yu.k. uni hosil qiluvchi magnit oqimlardan faza bo‘yicha ga orqada qoladi. yeD1 va yeD2 e.yu.k. lar ta’siri ostida хarakatlanuvchi qismda ID1 va ID2 uyurma toklar hosil bo‘ladi. Bu toklar ularni induktsiyalovchi magnit oqimlar o‘qi atrofida oqib tutashadilar. ID1 va ID2 toklarning musbat yo‘nalishlari FI va FII oqimlarning musbat yo‘nalishlari asosida “parma” qoidasi bo‘yicha aniqlanadi (9.1-rasm). Uyurma toklar sirtmog‘i induktiv qarshiligining kichikligi natijasida ularning yo‘nalishlari e.yu.k. larga mos qilib olinadi.
Ma’lumki, magnit oqim bilan u hosil qilgan tokning sirtmog‘i orasidagi ta’sir kuchi magnit oqimining bir tekis magnit maydon hosil qilish shartida nolga teng. Bu shart induktsion relelarda bajariladi va shuning uchun FI va ID1, FII va ID2 kattaliklar orasida o‘zaro ta’sir kuchi kuzatilmaydi. Fe1 va Fe2 kuchlarning yo‘nalishlari oqim va toklarning musbat qiymatlari uchun “chap qo‘l” qoidasi bo‘yicha aniqlanadi (9.1-rasm). Har bir kuchning yo‘nalishi va ishorasi magnit oqim va u bilan ta’sirlashayotgan tok ID1 ning oralaridagi fazalar burilish burchagi bilan aniqlanadi. Fe1 va Fe2 kuchlar natijalovchi elektromagnit kuch Fe hosil qiladilar va bu natijalovchi kuch Fe1 va Fe2 ning algebraik yig‘indisi tarzida aniqlanadi.
Fe=Fe1+Fe2
Natijalovchi kuch Fe aylanuvchi moment Me=Fed ni hosil qiladi, bu yerda d- Fe kuchning yelkasi. Elektromagnit kuch va moment (Fe va Me) ta’sirida, Me ning ishorasiga bog‘liq ravishda rele kontakti 4 ni qo‘shadi yoki uzadi.
Shulardan kelib chiqadiki, induktsion relelarning ishlashi ikki magnit oqimining reledagi хarakatlanuvchi qismda induktsiyalanuvchi toklar bilan o‘zaro ta’siriga asoslangan.
|
| |