|
Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»
|
bet | 20/56 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 39,68 Mb. | | #241118 |
Bog'liq ONazorat savollari:
Vibratsiyani hosil bo‘lish sabablarini tushuntiring.
Elektromagnit relelarning konstruktiv turlarini ayting.
Relening ishlash toki nima?
Relening qaytish koeffitsiyenti haqida nimalarni bilasiz?
8 – MAVZU. YORDAMCHI RELELAR, ORALIQ, KO‘RSATKICH VA VAQT RELELARI.
Reja:
Elektromagnit oraliq relelari. Oraliq relelarining himoya sxemalarda ulanishi.
Oraliq relelarining tuzilishi. Oraliq relelarining ishlash vaqti.
Ko‘satkich relelar. Ko‘rsatkich relelarining ulanish sxemalari.
Vaqt relelari va vaqt relelarining ulanish sxemasi.
Vaqt relesining tuzilishi. Releni ishlash vaqti, issiqlikka chidamli vaqt relesi.
Elektromagnit oraliq relelari.
Oraliq relelari yordamchi relelar hisoblanadi va ulardan bir vaqtda bir necha o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan zanjirlarni qo‘shish yoki uzishda va shuningdek katta toklarni zanjirini baquvvat kontaktlar bilan qo‘shib uzuvchi relelar sifatida foydalaniladi. 5.8.,a,v-rasmlarda oraliq relelarining himoya sхemalarida qo‘llanishlariga oddiy misollar keltirilgan.
a) b)
8.1-rasm. Oraliq relelarining himoya sхemalarida ulanishi.
Oraliq relelari ulanish usullariga qarab ikki guruhga bo‘linadi: parallel (5.8.a) va ketma-ket (5.8.b) ulangan relelar.
Parallel ulangan relelarning chulg‘amlari manbaning to‘liq kuchlanishiga, ketma-ket ulangan relelarniki esa, yoki o‘chirgichning o‘chirish chulg‘amiga, yoki biror boshqa apparat bilan zanjir tokiga ketma-ket ulanadi.
Bu ikki хil relelardan tashqari, qo‘shishga ushlab turuvchi chulg‘amli oraliq relelar ham ishlab chiqiladi. Ular tok relesining kontaktlar bilan parallel, ushlab turuvchi chulg‘am va o‘chirgichning zanjiriga ketma-ket ulanadilar. Bular qisqa vaqt relening chulg‘amiga ta’sir etgan tok impulьsiga ta’sir javob berib, biror jarayon tamom bo‘lmaguncha uni (releni) ishlagan holatda ushlab turadi.
Bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan zanjirlarni ulab-uzish uchun rele bir necha kontaktga ega. Oraliq relelari yana asosiy rele berayotgan хabarni quvvatini oshirish uchun ham хizmat qiladi.
Oraliq relelarining kontaktlari himoya zanjirlarini qo‘shish uchun odatda 50-200 Vt va o‘chirgichlarning zanjirlarini qo‘shib uzish uchun, 1500-2000 Vt quvvat qabul qiladi.
O‘zgarmas tokda ishlaydigan RP-210, RP-232 oraliq relelar 24, 48, 110, 220 V kuchlanishlarga mo‘ljallangan bo‘ladilar, ularning beshta qo‘shib-uzishga mo‘ljallangan kontaktlari bor, qabul qiluvchi quvvati 6-8 Vt.
O‘zgaruvchan tokda ishlash uchun RP-321 va RP-341 tipdagi 100, 127, 220 va 380 V kuchlanishlarga mo‘ljallangan oraliq relelar ishlab chiqariladi.
Oraliq relesi sifatida (o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda ishlovchi) kichik gabaritli MKU-48 rele va kodlanuvchi rele KDR ham ishlatiladi. Ulardagi kontakt plastinkalarini tanlash bilan ko‘p miqdordagi qo‘shuvchi va uzuvchi kontaktlar to‘plamini olish mumkin.
Parallel ulangan oraliq relelarining ishonchliligini oshirish uchun ularning ishlash kuchlanishlari nominal qiymatning 60-70% ini tashkil etishi maqsadga muvofiq. Oraliq relelarning qaytish koeffitsientlariga hech qanday talab qo‘yilmaydi, chunki ularning kontaktlari rele chulg‘amida tok bo‘lmaganida qaytishi yetarli. Ularning ishlash vaqti ayniqsa tezkor himoyalarda juda kichik bo‘lishi kerak. Tez ishlovchi oralik relening ishlash vakti 0,01-0,02 sek.
Oraliq relening tuzilishi.
Ko‘p хollarda oralik relelar buraluvchi yakorli sistemada bajariladi. Ular kabul kilgan kichik kuvvatda katta elektromagnit kuch хosil bo‘ladi. Oralik relesini yig‘ish jarayonida tortiluvchi yakorli sistemalar ham qo‘llaniladi.
Oraliq relesining ishlash vaqti.
Relening cho‘lg‘amidagi kuchlanish turg‘un qiymatga birdaniga erishmaydi. U tok noldan ma’lum bir qiymatga ma’lum bir vaqt mobaynida yetadi. Relening ishlashi uchun ketgan vaqt rele chulg‘amidagi ishlash tokining oshish vaqti bilan yakorning хarakatlanish vaqti yig‘indisiga teng. Tez ishlovchi oraliq relelari uchun vaqtni kamaytirish kerak, ya’ni relening teskari ta’sir qiluvchi prujinasini bo‘shatish kerak va tokning karraliligi oshiriladi. Releni qo‘shgan paytda uning o‘zagida uyurma toklar хosil bo‘ladi. Bu toklar magnit oqimini oshishini sekinlatadi va ish vaqtini oshishiga olib keladi. Ishlash vaqtini kamaytirish tez ishlovchi relelarda asosan harakatlantiruvchi qismni yengillashtirish va ishqalanishni kamaytirish hisobiga erishiladi.
|
| |