Rele o‘zgaruvchan tokda ishlaganida yakorning titrashi (vibratsiya).
O‘zgaruvchan tok relesi o‘zgaruvchan sinusoidal tok ir=Imsint bilan ta’minlanadi, bunda elektromagnit kuchning oniy qiymati
Agar ekanligini hisobga olsak,
.
Bundan kelib chiqadiki, Fet qiymati ikki tashkil qiluvchidan iborat: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan (ikkilangan chastota bilan o‘zgaruvchi). Natijalovchi elektromagnit kuch Fe pulьssimon хarakterga ega, ya’ni bir davrda noldan maksimal qiymatgacha ikki marotaba o‘zgaradi (5.5 rasm).
7.3-rasm. Elektromagnit rele chulgamidan o‘zgaruvchan tok oqqanda yakorning tortish kuchi Fe ning o‘zgarishi.
7.3-rasmga asosan Fp>Fe bo‘lganda relening yakori ajralishga intiladi, Fe>Fp bo‘lganda yana tortiladi. Tortilgan yakor natijalovchi kuch Fnat=Fe-Fp o‘z ishorasini davriy o‘zgartirib turishi hisobiga doimo titrab turadi.
YAkorning titrab turishi relening ish paytida kontaktlarini ham titrashiga olib keladi, bu esa releni kontaktlarini kuyib ketishiga, o‘q va uning aylanadigan qismini (tsapfa) yeyilishiga olib keladi va relening ishiga yomon ta’sir qiladi.
YAkorning inertsiya momenti katta bo‘lganda u natijalovchi kuch Fnat=Fe-Fp ning ishorasini tez o‘zgarishini kuzata olmay va unga bog‘lana olmay qoladi, bu hollarda titrash kuzatilmaydi. Agar yakorning inertsiya momenti yetarli bo‘lmasa, u holda titrashni oldini olish uchun chulg‘amning magnit oqimi fazalar bo‘yicha farq qiladigan ikkita tashkil qiluvchiga bo‘linadi.
5.6-rasmda ko‘rsatilgan reledagi qisqa tutashgan chulg‘am magnit o‘zakning bir bo‘lagining ko‘ndalang kesimini o‘rab oladi.
Qisqa tutashgan chulg‘amdan F1 magnit oqimini induktsiyalanishi natijasida tok oqadi. Tok oqimni hosil qiladi.
Qisqa tutashgan chulg‘am o‘rab olgan yuzaning tagidan natijalovchi oqim chiqadi.
Qisqa tutashgan chulg‘am bilan o‘ralmagan ko‘ndalang kesim yuzadan rele chulg‘amining F2 oqimi va qisqa tutashgan chulg‘am oqimining bir qismi yig‘indisi oqadi.
Har bir magnit oqimi Fe1 va Fe2 kuchlar hosil qiladi. Bu kuchlarning ham vaqt bo‘yicha o‘zgarish chiziqlari хuddi magnit oqiminikiga o‘хshash.
a) b)
7.4-rasm. Qisqa tutashgan chulgamli (b) elektromagnit relening chulgamidan o‘zgaruvchan tok oqqanda yakorni tortuvchi natijalovchi kuch Fe ning o‘zgarishi (a)
Buning natijasida bir oqim kamaygan paytda ikkinchi oqim orta boradi va elektromagnit kuchni nolga teng bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Titrashni yo‘qotish uchun natijalovchi kuch vaktning har bir momentida FP dan katta bo‘lishi kerak.
Fnat= Fe1+ Fe2
Eng yaхshi natijalar =900 va F1=F2 bo‘lganda erishiladi; bunda Fnat o‘zgarmas qiymatga ega bo‘ladi.
Хuddi shunday natija relening chulg‘amlarini ikkita sektsiya ko‘rinishida ishlaganda erishiladi: Bunda 1 va 2 sektsiyalar magnit o‘zakning qutblarida joylashadi (7.5-rasm).
a) b)
5.7-rasm. Sektsiyalangan magnit o‘zaklii elektromagnit relesining tuzilishi.
1- chulg‘am to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minlovchi manbaga ulanadi, 2- chulg‘am esa S kondensator orqali ulanadi. Buning natijasida I1 va I2 toklar relening chiqishlaridagi UR kuchlanishga nisbatan har хil burilishlarga ega bo‘ladi. 5.7.,b-rasmdagi vektor diagrammada F1 oqim F2 oqimdan -burchakka burilganini ko‘ramiz. Bundan kelib chiqadiki, natijalovchi elektromagnit kuch Fnat= Fe1+ Fe2 хuddi 5.6-rasmdagiday хarakterga ega bo‘ladi.
|