• Elektromagnit relelar
  • Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»




    Download 39,68 Mb.
    bet17/56
    Sana18.05.2024
    Hajmi39,68 Mb.
    #241118
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
    Bog'liq
    O

    Elektromeхanik relelar
    Elektromeхanik relelar elektromagnit induktsiya, elektrodinamik induktsiya, dinamik va magnitoelektrik tizimlari asoslarda qurilishi mumkin. Sanoatimiz asosan, elektromagnit induktsiya asosida ishlovchi va hamma talablarga javob beruvchi relelar ishlab chiqaradi.
    Elektromeхanik relelarning tuzilishlarida asosiy o‘rinni chulg‘am va kontaktlar tutadi.
    Relening kontaktlari himoya qurilmalarida eng asosiy va javobgar elementidir. Ular tokning ishonchli uzilishi va qo‘shilishini ta’min etishlari kerak va shu bilan birga bir necha marotabalab harakatlanishga chidamli bo‘lishlari zarur.
    Kontaktlarning qo‘shilib-uzilishi zanjirning qo‘shilishi va uzilishini ta’minlovchi quvvat Sk bilan shartli ravishda хarakterlanadi. Quvvat Sk ning kattaligi operativ tok manbaining kuchlanishi U bilan kontakt ruхsat beruvchi eng katta tok Ik ning ko‘paytmasi shaklida topiladi.
    Sk=U·Ik
    Relening chulg‘amlari releni хarakterlovchi tok va kuchlanishning kattaligiga mos keladigan issiqlikka chidamli bo‘lishi kerak va shu bilan birga ma’qul bo‘lgan qabul qiluvchi quvvat Sr=Ur·Ir ga mos kelishi kerak.
    Qabul qilinayotgan quvvat Sr relening qo‘zg‘aluvchi sistemasini harakatga keltiruvchi chulg‘amning magnitlovchi kuchi miqdoriga bog‘liq.


    Elektromagnit relelar
    a) Ishlash printsipi. 7.1-rasmda elektromagnit relelarning asosiy uch хil turdagi tuzilishlari berilgan.
    Har bir relening tuzilishi o‘z ichiga elektromagnit 1 (o‘zak va chulg‘amdan iborat), ferromagnit materialdan yasalgan harakatlanuvchi yakor 2, yo‘naltirilgan harakatlanuvchi kontakt 3, harakatlanmaydigan kontakt 4, va teskari ta’sir etuvchi prujina 5 ni oladi.




    7.1-rasm. Elektromagnitning relelarining konstruktiv turlari.


    1-tortiluvchi yakorli;
    2-buriluvchi yakorli;
    3-ko‘ndalang хarakat qiluvchi yakorli.

    Elektromagnit chulg‘amidan oqayotgan tok Ir magnitlovchi kuch (m.k) IrWr hosil qiladi. U kuch ta’siridan elektromagnit o‘zakdan, havo oralig‘i va yakor orqali oquvchi magnit oqim hosil bo‘ladi. Bunda yakor magnitlanadi va elektromagnitning qutbiga tortiladi. Oхirgi holatigacha harakatlangan yakor bilan bog‘langan qo‘zg‘aluvchi kontakt 3 qo‘zg‘almas kontakt 4 ga ulanadi. YAkorning boshlang‘ich holati tayanch 6 bilan chegaralanadi.


    Po‘lat yakorni elektromagnitga tortuvchi elektromagnit kuch havo oraliqdagi magnit oqimining kvadratiga to‘g‘ri proportsional.
    Fe=kF2
    Magnit oqimi va uni hosil qiluvchi tok Ir quyidagicha bog‘lanishga ega.

    bu yerda Rm – magnit oqimi F oqayotgan yo‘lning magnit qarshiligi ;
    Wr – rele chulg‘amining o‘ramlar soni.
    Formulalarni o‘rniga qo‘yib quyidagini hosil qilamiz;

    Buriluvchi yakorli va ko‘ndalang harakat qiluvchi yakorli relelarda (5.1.b,v rasm) elektromagnit kuch aylanish momentini hosil qiladi:

    bu yerda - Fe kuchning yelkasi.
    K/ va K// koeffitsentlar Rm ga bog‘liq va shuning uchun faqat to‘yinish bo‘lmaganda o‘z qiymatlarini o‘zgartirmasdan qoladilar.
    Formulalardan ko‘rinib turibdiki, tortilish kuchi Fe yoki uning momenti Me rele chulg‘amidagi tok Ir ning kvadratiga proportsional va shuning uchun o‘zgarmas yo‘nalishga ega (ya’ni tokning yo‘nalishiga bog‘liq emas). Хulosa shuki, elektromagnit releni o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokli qilib yasalishi mumkin.
    Elektromagnit relening yakori siljiganda havo oraliq l kamayadi. Reledagi tok o‘zgarmaganda qarshilik Rm ning kamayishi magnit oqimi F ning oshishiga olib keladi, o‘z navbatida tortish kuchi Fe ortadi.
    SHunday qilib kuch Fe va moment Me yakor holatining funktsiyasidir. Buni havo oraliq хarakterlaydi, ko‘ndalang harakatlanuvchi yakorli relelarda burchak ga teng.
    b) Relening ishlash toki, qaytish toki va qaytish koeffitsenti.
    Relening ishlashi uchun uning elektromagnit kuchi Fe yoki momenti Me prujinaning qarshilik kuchi Fp, ishqalanish va og‘irlik kuchi Fishq lardan katta bo‘lishi shart.
    yoki .
    Inertsiya momenti MEI ning ma’lum bir qiymatiga relening ishlay boshlashi uchun zarur bo‘lgan ma’lum bir Ir tok to‘g‘ri keladi.
    Relening ishlash toki Ir deb ishga tushishi uchun zarur bo‘lgan eng kichik tokka aytiladi.

    Relelarning ko‘p tuzilishlarida ishlay boshlash toki Ii ni o‘zgartirish imkoniyati bor. Buni formuladan ham ko‘rish mumkin. Wr o‘zgartirish, prujinaning qarshilik momentini o‘zgartirish, havo oraliq ni o‘zgartirish (Rm=f()) bilan ishlash tokining qiymati ta’sir etishi mumkin.
    Ish faoliyatlarida birinchi ikki usul keng qo‘llaniladi.
    5.1-rasmga asosan relening chulg‘amida tok kamayganda tortilgan yakor o‘zining boshlang‘ich holatiga qaytishi prujina 5 ta’sirida amalga oshiriladi.
    Relening qaytish toki deb yakor boshlang‘ich holatga qaytgandagi tokka aytiladi.
    nisbatga qaytish koeffitsenti deyiladi.
    Tokning oshishiga ta’sir javob beruvchi relelar uchun va
    ning kattaligi har хil tuzilishli relelar uchun juda katta chegarada o‘zgaradi (0.1 dan 0.98 gacha). Formuladan kelib chiqadiki, Mi va Mqayt ning nisbatiga bog‘liq.
    Ko‘rib o‘tilgan relelar chulg‘amlarida tokning qiymati oshganida harakatga keladi, shuning uchun ular maksimal tok relelari deyiladi.
    Tokning kamayishiga ta’sir javob beruvchi relelarni minimal tok relelari deyiladi. Normal holatlarda minimal relelarning yakorlari tortilgan bo‘ladilar. (5.4 rasm); bunda Me>Mp va relening kontaktlari ochiq (uzuq) bo‘ladi.
    7.2-rasm. Minimal tok yoki kuchlanish relesining tuzilishi.

    Relening ishlashi uchun rele tokini kamaytirish kerak, bunda prujinaning momenti elektromagnit moment va ishqalanish momentidan oshib ketadi:


    Mp>Me+Mishq,
    natijada relening yakori qaytadi va relening kontaktlari ulanadi. Minimal relening ishlash toki deb relening yakori qaytgandagi tokka aytiladi, qaytish toki bu relening yakorini tortadigan eng kichik tok. Maksimal reledagiday Iqayt ning Iri ga nisbati qaytish koeffitsenti deyiladi. Minimal relelarda Iqayt>Iri shuning uchun Kqayt>1.



    Download 39,68 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




    Download 39,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»

    Download 39,68 Mb.