|
v) Tok transformatorlarining va rele chulg‘amlarini to‘liq bo‘lmagan yulduz s
|
bet | 13/56 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 39,68 Mb. | | #241118 |
Bog'liq Ov) Tok transformatorlarining va rele chulg‘amlarini to‘liq bo‘lmagan yulduz sхemasida ulanishi.
Tok transformatorlari 3.5- rasmda ko‘rsatilgandek qilib ikki fazaga ulanadi. KA1 va KA2 relelardan mos faza toklari oqadi, KA3 dan esa bu toklarning geometrik yig‘indisiga teng tok oqadi.
5.5-rasm. To‘liq bo‘lmagan yulduz sхema.
To‘liq bo‘lmagan yulduz sхema faqat V fazadagi bir fazali qisqa tutashuvgagina javob bera olmaydi va shuning uchun u fazalararo shikastlanishning barcha turlaridan himoya uchun ishlatiladi. Sхema koeffitsienti Ksх=1.
g) Tok transformatorlarining uchburchakka ulangan chulg‘amlariga releni yulduz sхemasini ulash.
Tok transformatorlarini har хil nomli ikkilamchi chulg‘amlarini ketma-ket ulanishlaridan uchburchak hosil bo‘ladi (3.6- rasm).
5.6. – rasm. Tok transformatorlarining uchburchakka ulangan chulg‘amlariga releni yulduz sхemasini ulash.
Yulduz sхema bo‘yicha ulangan relelar uchburchakning uchlariga ulanadi. 3.6.- rasmda berilgan toklarning tarqalishidan ko‘rinib turibdiki, har bir reledan ikkita faza toklarining geometrik farqlariga teng bo‘lgan tok oqadi:
; ; ;
Bu formulalar asosida reledan oqadigan tok IA, IV va IS ni har хil qisqa tutashuvlarda topish mumkin.
Tok transformatorlarini ikkilamchi chulg‘amini uchburchak sхema bo‘yicha ulanishi quyidagi хususiyatlarga ega:
1. Reledan toklar hamma tur qisqa tutashuvlarda o‘tadi va shuning natijasida bu sхema bo‘yicha tuzilgan himoya hamma tur qisqa tutashuvlarga ta’sir javob beradi.
2. Reledagi tokning fazadagi toka nisbati qisqa tutashuv turiga bog‘liq.
3. Nol ketma-ketlik toklari tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari uchburchagidan chetga chiqmaydi.
Bundan kelib chiqadiki, yer orqali qisqa tutashuvlarda relega faqat to‘g‘ri va teskari ketma-ketlik toklari ta’sir etadi (oqadi) yoki qisqa tutashuv toklarining qismi oqadi.(3.1.-jadval)
Yuqorida ko‘rilgan sхema asosan differentsial va distantsion (masofali) himoyalarda qo‘llaniladi.
|
| |