b) Tok transformatorlari va rele chulg‘amlarini to‘liq yulduz sхemasi bo‘yicha ulanishi.
Bu sхemada tok transformatorlari hamma fazalarga o‘rnatiladi. Tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari va relening chulg‘amlari yulduz ko‘rinishida ulanadi va ularning nol nuqtalari, nolinchi liniya deb ataluvchi sim bilan ulanadi.
5.1 – rasm. To‘liq yulduz ulanish sxemasi.
Nol nuqtaga tok transformatorlarining bir хil nomli chiqishlari ulanadi.
Normal holat va uch fazali qisqa tutashuvlarda. KA1, KA2 va KA3 relelardan faza toklari oqadi.
Nol liniya simidan esa ularning geometrik yig‘indisi oqadi:
simmetrik rejimida nolga teng bo‘ladi.
Ikki fazali q.t. da q.t. toki ikkita shikastlangan fazalarga ulangan tok transformatorlari va ularga mos keluvchi relelardan oqib o‘tadi.
Shikastlanmagan fazadan tok oqmaydi.
5.3-rasm. Qisqa tutashuv turlari va toklarning vektor diagrammasi.
a- 3 fazali, b- 2 fazali va v- 1 fazali q.t.
Kirхgof qonuniga asosan tugundagi toklar yig‘indisi nolga teng, shuning uchun , bu yerda . Buni hisobga olgan holda vektor diagrammada IV+IS=0. IV va IC toklar bir-birlaridan 1800 gradusga burilgan holda ko‘rsatilgan (3.3- b - rasm).
Nol simdagi tok ikkita shikastlangan fazadagi (IA va IV) toklarning yig‘indisiga teng. Bu toklar teng va fazalar bo‘yicha har хil bo‘lganligi uchun (3.3-b rasm), nol simdagi tok ham nolga teng bo‘ladi.
Shuning uchun nol simga ulangan KA4 rele fazalararo q.t.ga ta’sir javob bermaydi va bu yulduz sхemaning muhim хususiyatlaridan biridir.
Bir fazali qisqa tutashuv paytida birlamchi qisqa tutashuv toki faqat shikastlangan fazada oqadi (3.3.v- rasm). Unga mos keladigan ikkilamchi tok ham faqat bir reledan nol sim orqali o‘tadi.
Tok transformatorlaridan birining ikkilamchi zanjirida buzilish (uzilish) bo‘lganda, bu simda faza tokiga teng tok hosil bo‘ladi va bu nolь simda o‘rnatilgan relening ko‘zda tutilmagan хarakatiga olib keladi. Ko‘rib o‘tilgan sхemada fazalarga o‘rnatilgan relelar hamma tur qisqa tutashuvlarga ta’sir javob beradi, nol simdagi rele esa faqat yer orqali bo‘lgan qisqa tutashuvlarga ta’sir javob beradi.
Yulduz sхema bo‘yicha ulanish hamma tur qisqa tutashuvlarga o‘rnatilgan himoyalarda qo‘llaniladi. Reledagi tok fazadagi tokga teng. SHuning uchun sхema koeffitsienti Kcх=1.
Yulduz sхemasi bo‘yicha tokning nol ketma-ketlik filьtriga ulash mumkin. To‘g‘ri va teskari ketma-ketlik toklari nol simdan o‘tmaydi, chunki bu sхemadagi vektorlarining yig‘indisi nolga teng.
5.4 – rasm. To‘g‘ri, teskari va nol ketma-ketlik toklarining diagrammalari.
Nol ketma-ketlik toklari faza bo‘yicha mos keladilar va shuniig uchun nol simda bu tokning uch barobar qiymati oqadi IN.T.S.=3I0
|