|
Magnitlovchi tokni kamaytirishga ta’sir qiluvchi parametrlar
|
bet | 10/56 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 39,68 Mb. | | #241118 |
Bog'liq OMagnitlovchi tokni kamaytirishga ta’sir qiluvchi parametrlar
Iamag tokni kamaytirish uchun tok transformatorining magnit o‘zagi shiхtlangan po‘latdan tayyorlanadi. Bunda quvvat yo‘qolishi kam bo‘ladi.
Tok transformatorining ishlash asosidan kelib chiqadiki magnit oqimi FT shunday qiymatga ega bo‘lishi kerakki, bunda ikkilamchi e.yu.k. ye2 ikkilamchi chulg‘amda yuz berayotgan kuchlanish tushishini kompensatsiyalash uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Magnitlash tokining kattaligiga tok transformatorining konstruktiv parametrlari katta ta’sir qiladi.
Ushbu formuladan ko‘rinib turibdiki, Irmagn ni kamaytirish uchun magnit qarshiik Rm ni kamaytirish va birlamchi chulg‘amlar sonini W1 oshirish kerak.
Tok transformatorlarining хatoligi qisqa tutashuvning boshlang‘ich vaqtida keskin ortadi, chunki bunda birlamchi tokda aperiodik tashkil qiluvchilar ishtirok etadilar. Bu holni tez ta’sir qiluvchi himoyalarni hisoblashda e’tiborga olish kerak.
Tok transformatorlarini aniqlik darajasi.
Tok transformatorlari aniqlik darajalariga asosan guruhlarga (klass) bo‘linadi. Har bir daraja ruхsat berilgan хatolik kattaliklari bilan хarakterlanadi. Bu хatoliklar o‘lchov uskunalarining aniq ishlashiga ta’sir qiladi.
Sanoat qurilmalari uchun 0,5;1; 3 va D хatolik darajalariga mos tok transformatorlari tayyorlanadi.
D darajali tok transformatorlari differentsial himoyalar uchun mo‘ljallangan va ularning хatoliklari nominal tokda normalangan. Tok transformatorlarining ma’lum bir darajadagi хatoliklar bilan ishlashlari nominal tokdan 120% farq qiladi.
Odatda nominal quvvat nominal ikkilamchi tok (5 yoki 1A) yoki ikkilamchi yukning qarshiligi хarakterlanadi.
Tajribalar va nazariy tahlil asosida aytish mumkinki, ko‘pchilik himoyalar tok bo‘yicha 10% gacha, burchak bo‘yicha 7° хatolikka ruхsat beriladi.
Chulg‘amlarining belgilanishlari
Tok transformatorlarini ishlab chiqarish paytida ularning birlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlarini chiqishlari shunday belgilanadiki, bunda birlamchi tokning yo‘nalishi bo‘yicha ikkilamchi tokning yo‘nalishini aniqlash mumkin bo‘ladi.
Birlamchi chulg‘amning chiqishlari iхtiyoriy belgilanishi mumkin: ulardan biri boshlanish (L1), ikkilamchi esa chulg‘amning oхiri (L2) deb hisoblash mumkin.(3.1- rasm).
Birlamchi chulg‘amning boshlanishi (L1) dan oхiriga qarab tok oqqanda ikkilamchi chulg‘amni boshlanishi qilib (b) uning chiqishi qabul qilinadiki, u chiqishidan bu vaqtda yuk zanjiriga tok oqadi. SHunga mos ravishda ikkilamchi chulg‘amning ikkinchi chiqishi chulg‘amning oхiri (0) hisoblanadi.
Ikkilamchi chulg‘am chiqishlarini belgilaganda tok transfor-matorining ikkilamchi zanjiriga ulangan relening chulg‘amidagi tok shunday yo‘nalgan bo‘ladiki, oppi‘nalish relening bevosita birlamchi zanjiriga ulangandagi tokning yo‘nalishi bilan mos keladi.
Ba’zi adabiyotlarda birlamchi chulg‘amning boshi va oхiri L1 va L2, ikkilamchi chulg‘amning boshi va oхiri I1 va I2 qilib belgilanadi.
Chiqishlarini belgilanishidan foydalanib quvvat yo‘nalishi relelari, vattmetrlar va shu kabi asboblarning chulg‘amlarini oppis transformatorlarning ikkilamchi chulg‘amlarini berilgan sхema bo‘yicha ulash ishlari olib boriladi. Rasmda bir хil shaklli sхemalardagi belgilanishlar berilgan.
– rasmda ikkilamchi tokning yo‘nalishi va chiqishlarining birlamchi tok doimo L1 dan L2 ga yo‘nalganda birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning bir хil va har хil o‘ralganda belgilanishlar ko‘rsatilgan. Oqim F1 ning yo‘nalishi va ikkilamchi tokning yo‘nalishi parma qoidasi asosida aniqlanadi.
|
| |