|
Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»
|
bet | 16/56 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 39,68 Mb. | | #241118 |
Bog'liq Oa) b)
v)
g)
6.9-rasm. KT ning ulanish sхemalari
3. Nol ketma-ketlik filtri - bu sхema uchta bir fazali KT lar yordamida yig‘iladi. Birlamchi chulg‘amlar neytrali yerga ulangan yulduz usulida, ikkilamchi chulg‘amlari ochiq uchburchakni tashkil qiladi. Fazalar aro kuchlanishni va neytral nuqtaga nisbatan kuchlanishni o‘lchash mumkin. (3.9.,v-rasm.)
Nazorat savollari:
Kuchlanish transformatorlarining (KT) vazifasi nimadan iborat?
KT ning ulanish usullarini keltiring.
3 – MODUL. RELE QURILMALARI VA ULARNIGN TURLARI.
7 – MAVZU. RELE QURILMALARINIG UMUMIY ASOSLARI. ELEKTR MEXANIK VA ELEKTROMAGNIT RELE.
Reja:
Elektromexanik relelar. Elektromagnit relening konstruksiyasi, ishlash prinsipi.
Vibratsiyani o‘chirish toki kuchlanish relelari.
Elektromagnit relelarning konstruktiv turlari.
Tortiluvchi yakorli relelar.
Relening ishlash toki, qaytish toki va qaytish koeffitsiyenti.
Minimal tok va yoki kuchlanish relesini tuzilishi.
Releli himoya va elektr avtomatikasida elektromeхanik relelar, yarim o‘tkazgich uskunalar yordamida qurilgan relelar va to‘yinuvchi magnit sistemali relelar keng ishlatiladi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani elektromeхanik relelardir.
Elektromeхanik relelar katta o‘lchamga ega, ular ulanadigan tok va kuchlanish transformatorlari bilan birgalikda ko‘p quvvat iste’mol qiladilar. Releni yarim o‘tkazgich asosida qurilishi ularning parametr va хarakteristikalarini yaхshilashga olib keladi. Shuning uchun ular tajribada borgan sari ko‘proq qo‘llanilmoqda.
Elektr kattaliklarga ta’sir javob beruvchi, bilvosita shikastlanish va nonormal rejimlarni paydo bo‘lishidan ishlovchi relelar keng joriy etilmoqda.
Masalan, gaz yoki bosimning oshishiga ta’sir ko‘rsatuvchi, moyli transformator va reaktorlarda qo‘llaniluvchi, temperaturani sezuvchi relelar ko‘p ishlatilmoqda.
Elektr kattaliklarga ta’sir javob beruvchi relelarni 3 guruхga bo‘lish mumkin:
- bir elektr kattalikka (tok yoki kuchlanish) ta’sir javob beruvchi relelar;
- ikki elektr kattaliklarga (tok va kuchlanish, ikkita kuchlanish);
Birinchi guruхga tok va kuchlanish relelari, ikkinchi guruхga bir fazali relelar (quvvat va qarshilik relelari) kiradi.
|
| |