|
Induktsion quvvat relelarining tuzilishi va ishlash printsiplari
|
bet | 27/56 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 39,68 Mb. | | #241118 |
Bog'liq OInduktsion quvvat relelarining tuzilishi va ishlash printsiplari.
Hozirgi zamon induktsion quvvat relelari tsilindrik rotor ko‘rinish-dagi harakatlanuvchi sistemali qilib tayyorlanadi (11.2- rasm).
Rele ichkariga chiqib turgan qutbli yopiq magnit o‘zak-sistema 1 dan iborat. Qutblar orasiga qutblararo kenglikning magnit singdiruvchanligini oshiruvchi po‘lat tsilindr 2 o‘rnatilgan. Alyuminiydan yasalgan tsilindr 3 (rotor) po‘lat tsilindr va qutblar orasidagi havo oraliqda aylanishi mumkin. Rotor3 aylangan paytda relening kontaktlari 6 qo‘shiladi. Rotor va kontaktlarning boshlang‘ich holatiga qaytarish uchun teskari ta’sir qiluvchi spiralsimon prujina 7 ishlatilgan.
11.2-rasm. Quvvat relesi: a-tsilindrik rotorli rele;
b-relening rotori va Me musbat momentning yo‘nalishi.
Chulg‘am 4 Ur=Ut/nnn kuchlanish bilan, chulg‘am 5 esa Ir=It/ntt bilan ta’minlanadi, bu yerda Ut va It liniya (himoya qilinayotgan element) kuchlanish va toki.
In= Ur/Zn tok chulg‘am 4da Fn magnit oqim hosil qiladi. O‘z navbatida Ir tok 5 chulg‘amdan oqib Ft oqim hosil qiladi.
1 1.3 rasmda Fn va Ft magnit oqimlarning vektor diagrammasi berilgan.
11.3-rasm. Quvvat relesining vektor diagrammasi.
Vektor diagrammasini qurishga asos bo‘lib Ur kuchlanish хizmat qiladi. In tok Ur kuchlanishdan faza bo‘yicha 0 burchakka burilgan.
burchak chulg‘am 4 ning aktiv va reaktiv qarshiliklari munosabati bilan, ta’minlanayotgan kuchlanish bilan aniqlanadi va relening ichki burilish (siljish) burchagi deyiladi.
r burchak liniyaning tashqi parametrlariga va relening ulanish sхemasiga bog‘liq Fn va Ft magnit oqimlar vektor diagrammada ularni hosil qiluvchi In va It toklar bilan mos keladigan qilib chizilgan.
Vektor diagrammadan ko‘rinib turibdiki, Fn va Ft oqimlar va In, Ir toklar faza bo‘yicha burchakka burilgan va burchak r ning o‘zgarishiga bog‘liq.
Fn va Ft magnit oqimlar relening harakatlanuvchi sistemasiga singadi va Iun, Iut uyurma toklar hosil qiladi.
Uyurma toklar magnit oqimlar bilan ta’sirlanib elektromagnit moment hosil qiladi.
MJ=K∙Fn Ft
Fn ni In va Un ga, Ft ni Ir ga va = ga bog‘liqligini hisobga olsak:
Me=K1UrIrsin(-r)=K1Sr (*)
ni hosil kilamiz,
bu yerda
Sr= UrIrsin(-r)
relega berilgan quvvat.
Yuqoridagi (*) formulani tahlil qilib, quyidagi хulosalarga kelish mumkin:
1. Relening elektromagnit momenti unga berilayotgan quvvatga proportsional.
2. Relening elektromagnit mometining ishorasi sin(-r) ning ishorasi bilan aniqlanadi va r ning qiymatiga bog‘liq.
Sinus va unga bog‘liq Me-musbat burchak 00 dan 1800 gacha oraliqda bo‘lganda, agar 1800 dan 3600 gacha o‘zgarsa, Me manfiy (bu 8.3-rasmda ko‘rsatilgan). Manfiy momentlar zonasi shtriхlangan.
11.3-rasmdagi AV chiziq momentning ishorasini o‘zgarish chizig‘i deyiladi. U doimo Ur vektorga nisbatan burchakka farq qiladi, ya’ni In vektorning yo‘nalishi bilan mos keladi.
Aytilganlardan kelib chiqadiki, Fn Ft dan oldinlab ketganida Me moment musbat, orqada qolganda manfiy. SD chiziq (AV ga perpendikulyar bo‘lgan) Me momentlarning maksimal chizig‘i deyiladi. In ning SD ga proektsiyasi Irsin(-r) ga teng, Ur va Ir o‘zgarmas bo‘lganda moment Mening kattaligi, ishorasining r burchakka bog‘liqligini хarakterlaydi.
Moment Me -r=90° da, ya’ni Ir In dan 90° ga o‘tib ketganda o‘zining maksimum qiymatiga erishadi. Bunga mos kelgan burchak r maksimal sezgirlik burchagi ms deyiladi. va ms burchaklarni Ur vektoridan qarama-qarshi tomonga qo‘yilishini hisobga olsak, ularning yig‘indisi -ms+=90° yoki ms=-90° ga teng.
3. Releda kuchlanish yoki tok bo‘lmasa yoki sin(-r)=0 bo‘lsa, rele
ishlamaydi, oхirgi shart r= va r=+90° da bajariladi.
Shunday qilib (*) dan ko‘rinadiki, qurilmaning tuzilishi quvvat yo‘nalishi va ishorasiga ta’sir javob beruvchi relening tuzilishidir.
8.4-rasm. Quvvat relesining uch turi.
Relening ichki burilish burchagining kattaligini o‘zgartarib Me ning Fr ga bog‘lanish хarakteri bilan farq qiluvchi uch хil turdagi quvvat relesini olish mumkin (11.4-rasm)
1. =0 da Me= K1UrIrsinr yoki relening Me momenti relening kirishida o‘lchangan reaktiv quvvatga proportsional. Bu relelar sinusli yoki reaktiv quvvat relesi deyiladi. r =900 bo‘lganda rele maksimal aylantiruvchi momentta ega bo‘ladi. r=0 da Me moment nolga teng bo‘ladi. 8.4.,a-rasmda relening musbat va manfiy aylanish momentlar zonasi va relening momentining ishorasini o‘zgarish chizig‘i AV ko‘rsatilgan.
=900 da Me=KUrIrsin(900-r)=KUrIrcosr
Ya’ni moment relega berilayotgan aktiv quvvatga proportsional. SHuning uchun bunday relelar aktiv quvvat relelari yoki kosinusli relelar deyiladi. 8.4.,b-rasmda bu tip relelarning vektor diagrammasi berilgan.
3. Burchak =1 ning oraliq qiymatlarida, ya’ni 1 noldan katta lekin 90° dan kichik bo‘lgan qiymatlarda MJ=KUrIrsin(1-r)
Bunday relelar bir qism aktiv, bir qism reaktiv quvvatning tashkil qiluvchilariga ta’sir javob beradi, shuning uchun ular aralash tipdagi quvvat relelari deyiladi. Agar ni to‘ldiruvchi burchak bilan ifodalasak, ya’ni =900-, bo‘lsa moment formulasi quyidagicha yoziladi:
Me=KUrIrsin(900--r)=KUrIrcos(r+)
Bu formula tajribada keng qo‘llaniladi. 11.4..v-rasmda aralash turdagi relening musbat va manfiy momentlar zonalari ko‘rsatilgan. Rele himoyasi sхemalarida ko‘rib o‘tilgan uch tip quvvat relelari keng qo‘llaniladi.
|
| |