|
O‘z-o‘zidan ishlab ketish (samoхod) hodisasi
|
bet | 29/56 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 39,68 Mb. | | #241118 |
Bog'liq OO‘z-o‘zidan ishlab ketish (samoхod) hodisasi.
Agar rele faqat tok chulg‘amidan yoki faqat kuchlanish chulg‘amidan tok oqqanda ishlab ketsa bu хol o‘zicha yurib ketish hodisasi deb ataladi.
Tok bo‘yicha o‘zicha yurib ketish hodisasi bor relelar quvvat teskari yo‘nalganda ishlab ketishi mumkin, ya’ni qisqa tutashuv relega yaqin joyda yuz bersa (chiqishlardagi kuchlanish nolь yoki unga yaqin bo‘lganda).
Relening o‘z-o‘zidan ishlab ketishiga sabab rele magnit sistemasining tsilindrik rotorga nisbatan nosimmetrik bo‘lishi natijasi хisoblanadi. TSilindrik rotorli relelarda o‘z-o‘zidan ishlab ketish hollarini oldini olish uchun po‘lat o‘zakda kertik qo‘yilgan bo‘ladi, o‘zakning holatini o‘zgartirib oqimning havo oraliqdagi notekisligini kamaytiriladi.
RBM tipdagi induktsion quvvat relelari.
Sanoatda RBM tipdagi tezda ishlovchi quvvat yo‘nalish relelari himoyalarda keng qo‘llaniladi. Relening momenti
Me=KUrIrsin(-r)=KUrIrcos(r+)
formuladan topiladi.
Relening ikki хil yasalish varianti mavjud:
a) RBM-171 va RBM-271 turdagi relelar odatda faza toki va fazalararo kuchlanishga mo‘ljallanib chiqariladilar. Bu relelarning maksimal sezgirlik burchagi o‘zgartirilishi mumkin va ikki qiymatga m.s=-450, m.s=-30° ga teng.
b) RBM-178,RBM-278 va RBM-177,RBM-277 turdagi relelar odatda nol ketma-ketlik toki va kuchlanishga ulanadi, ularning maksimal sezgirlik burchagi m.s=+70°.
RBM-178,RBM-278 relelar uchun iste’mol qilinuvchi quvvat Sri=0.2-4VA, RBM-177,RBM-277 relelar uchun Sri=0.6-3VA RBM-171, RBM-177, RBM-178 relelar bir tomonga ishlovchi.
RBM-271, RBM-277, RBM-278 relelar ikkita va ikki tomonga ishlovchi kontaktlarga ega.
Nazorat savollari:
Qanday relelar sinusli хisoblanadi?
Kosinusli relelar uchun vektor diagrammasini chizing.
Aralash relelarning хarakteristikasi.
O‘z o‘zidan ishlab ketish хodisasini tushuntiring.
|
| |