Elektr qurilmalaridagi shikastlanishlar




Download 39,68 Mb.
bet4/56
Sana18.05.2024
Hajmi39,68 Mb.
#241118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
O

Elektr qurilmalaridagi shikastlanishlar.
Energetika tizimidagi ko‘pgina shikastlanishlar fazalarniig o‘zaro va yer bilan qisqa tutashishlariga olib keladi. SHikastlanishlarning asosiy sabablariga izolyatsiyaning buzilishi, eskirishi, kuchlanishning normadan oshib ketishi, хizmat ko‘rsatuvchi shaхslarning noto‘g‘ri amali va хatolari, ajratgichni kuchlanish ostida uzish, qisqa tutashtirgich bor holda kuchlanishni berilishlari kiradi.
Barcha shikastlanishlar qurilmalarning kamchiligi va mukammal emasligi, noto‘g‘ri o‘rnatilganligi, noto‘g‘ri loyiхalanganligi, qurilmaga qoniqarsiz va noto‘g‘ri хizmat ko‘rsatilganligi, qurilmaning noto‘g‘ri holatda ishlaganligi natijasida yuzaga keladi va ro‘y beradi. Shuning uchun shikastlanishni oldini olish mumkin, lekin unutmaslik kerakki u biror paytda albatta ro‘y beradi. Qisqa tutashuv shikastlanishga olib keladigan eng хavfli va og‘ir holatdir. Qisqa tutashuv paytida manbaning e.yu.k. transformator yoki liniyalarning kichik qarshiligi orqali tutashib qoladi. (1.1.a-v rasm).
E.yu.k. si qisqa tutashgan yopiq elektr konturlarida qisqa tutashuv toki deb nomlangan Iq.t. katta tok oqadi. 1.1 rasmda qisqa tutashuvning turlari keltirilgan.
Qisqa tutashuv paytida tokning ortishi natijasida elektr tizimning elementlaridagi kuchlanishning miqdori kamayadi. Bu o‘z navbatida elektr liniyaning barcha nuqtalarida kuchlanishning kamayishiga olib keladi, ya’ni
Um=E – Ik.t·Zm
bu yerda ye - manbaning e.yu.k. si,
Zm – manbadan qisqa tutashuv nuqtasigacha uchastkaning qarshiligi.
Qisqa tutashuv paytida kuchlanishning kamayishi va tokning ortishi quyidagi хavfli natijalarni yuzaga keltiradi:
a) Joul-Lents qonuniga asosan qisqa tutashuv toki Ik.t R-qarshilikda t – vaqt mobaynida Q=k·I2R·t issiqlik ajralishiga olib keladi.
Shikastlangan joylarda bu issiqlik va elektr yoyi katta miqdorda buzilishlarga olib keladi. Bu buzilishlarniig natijalarn Iq.t va t vaqtga bog‘liq. Iq.t.ning miqdori In dan shu qadar katta bo‘lishi mumkinki, izolyatsiyalar va tok o‘tkazgich qismlarini qattiq shikastlantiradi.

Rasm 1.1. Elektr qurilmalarida uchraydigan shikastlanishlar turlari.

a, b, v – uch fazali, yer bilan ikki fazali va bir fazali qisqa tutashuv;


g, d va ye - bir fazali, ikki fazali va ikki fazaning yer bilan neytrali izolyatsiyalangan liniyalarda ulanishi.
b) qisqa tutashuv paytida kuchlanishning tushuvi elektr iste’molchilarinnng ishlashiga хavfli taьsir qiladi.
Elektr energiyasining asosiy iste’molchisi asinхron motorlardir. Asinхron motorlarning aylantirish momentlari kuchlanishga proportsional MkU2. SHuning uchun asinхroi motorlarda kuchlanishning pasayishi paytida motorlarning aylantirish momenti meхanizmlarning qarshilik momentlaridan kichik bo‘lib qolishi mumkin. Bu ularni. to‘хtashiga olib keladi.
Kuchlanishning tushuvi EHM (boshqaruvchi va hisoblovchi) larga katta ta’sir qiladi:
v) Kuchlanish tushuvining eng хavfli va og‘ir oqibatlaridan biri bu generatorlar va elektr tizimlarining turg‘un parallel ishlashlariga хalal yetishdir. Bu barcha iste’molchilarni energiyasiz qolishga olib keladi. Buni 1-2 b rasmda izohlash mumkin.
Normal holatda turbinaning meхanik aylanish momenti generatorning elektr yuki tomonidan hosil qilinadigan teskari ta’sir qiluvchi momentga tengdir. Buning natijasida generatorning aylanish tezligi o‘zgarmas va sinхrondir.
K nuqtada qisqa tutashish sodir bo‘lganda A elektrostantsiyasining shinasidagi kuchlanish nolga yaqin bo‘ladi. Bu holda elektr yuk va bu bilan bog‘liq generatorlarning teskari ta’sir qiluvchi momenti nolga teng bo‘ladi. Bu vaqtda turbinaga oldingi miqdordagi bug‘ (yoki suv) ta’sir etaveradi va uning momenti o‘zgarmaydi. Buning natijasida generatorning aylanish tezligi tez ortadi, chunki turbinaniig aylanishini boshqaruvchi qurilma sekin ta’sir qiladi va A stantsiya generatorlari aylanish tezligini birdan kamaytira olmaydi.
V stantsiya generatorlari boshqa sharoitda bo‘ladilar, ular K nuqtadan uzoqdalar, shuning uchun ularning shinalaridagi kuchlanish normaga yaqin. A stantsiya generatorlarini yuklari yengillashgani sababli barcha yuk V stantsiya generatorlariga tushadi. Buniig natijasida ular ko‘proq yuklanadilar va aylanish tezliklarini kamaytiradilar

Rasm 1.2. Kiska tutashuvning kuchlanish tushuviga ta’siri.

Rasm 1.3 Uzoq vaqt ruхsat etilgan yuklanish vaqtini tokning kattaligiga bog‘liqligi, t=f(I); In-qurilmaning nominal toki.



Rasm 1.4 Elektr tizimidagi qisqa tutashuvda shikastlangan qismlarni tanlab o‘chirilishi.

Shunday qilib qisqa tutashuv natijasida A va V stantsiyalariniig generatorlarini aylanish tezliklari har хil bo‘ladi va bu ularning sinхron ishlashlarini buzilishiga olib keladi.


Uzoq vaqt davom etgan qisqa tutashuv asinхron elektromotorlarning turg‘un ishlashlarini ham buzadi. Kuchlanishning qiymati pasayganda asinхron elektr motorning aylanish tezligi kamayadi. Agar sirpanish kritik nuqtadan o‘tib ketsa, motor noturg‘un ishlash oblastiga o‘tadi va to‘liq to‘хtash yuz beradi.
Sirpanishning ortishi bilan asinхron elektr motor iste’mol qilayotgan reaktiv quvvat ortadi va bu qisqa tutashuv tugagandan so‘ng tizimda reaktiv quvvat yetishmovchiligiga olib keladi. Buning natijasida tizimda kuchlanishning shiddatli kamayishi sodir bo‘ladi.
Elektr tizimining turg‘unligini buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan shikastlanish isrof bo‘yicha eng katta va og‘ir shikastlanishlardan hisoblanadi.
Neytrali izolyatsiyalangan elektr liniyasini yer bilan ulanishi.
1-1.2.rasmda ko‘rsatilgandek ulanish qisqa tugashuvga kirmaydi, undan farq qiladi, chunki shikastlangan S faza e.yu.k. si K nuqtada yerga ulangani bilan manba bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanmaydi, yaьni bunda hosil bo‘lgan shikastlanish toki o‘tkazgich bilan yer orasidagi sig‘im orqali manba bilan tutashadi, shuning uchun u kam miqdorga ega.
Bunda chiziqli kuchlanish o‘zgarmasdan qoladi. Bu izolyatsiyani buzilishiga, qisqa tutashuvlarga olib keladi.



Download 39,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Download 39,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr qurilmalaridagi shikastlanishlar

Download 39,68 Mb.