• Rele himoyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar
  • Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»




    Download 39,68 Mb.
    bet5/56
    Sana18.05.2024
    Hajmi39,68 Mb.
    #241118
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
    Bog'liq
    O

    Nonormal rejimlar
    Nonormal rejimlar deb tok kuchi, kuchlanish va chastota qiymatlarini chegaradan chiqib ketishi yoki qurilma va elektr tizimini turg‘un ishlashiga хavf tug‘ilishiga aytiladi.
    Хarakterli nonormal rejimlar:
    a) Qurilmaning o‘ta yuklanishi, ya’ni tokning normadan juda oshib ketishi;
    b) Chastotani pasayishi, ya’ni generatorning quvvatini yetishmasligi, bu hol odatda bir qism generatorlarning birdaniga o‘chishi bilan bog‘liq.
    Chastotani chuqur pasayishi (45-47 Gts) og‘ir avariya holati хisoblanib, energetik tizimning ishlashini to‘liq to‘хtashiga olib keladi.
    v) Kuchlanishning oshishi, ya’ni generatorning yuklarini birdaniga o‘chirilishi natijasi. Yuki yengillashgan generator tezroq aylanadi va bunda statorning e.yu.k.si izolyatsiyani teshish darajasidagi qiymatiga yetadi.
    Rele himoyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar
    a) Tanlovchanlik (selektivlik)
    Tanlovchanlik bu himoyaning shunday хususiyatiki, bunda u faqat elektr tarmoqning shikastlangan qisminigina o‘chiradi.
    1.4.-rasmda shikastlanish qismlarini tanlab o‘chirishga misollar keltirilgan. K1 nuqtada qisqa tutashuv yuz berganda shikastlangan liniyani qisqa tutashuvga yaqin bo‘lgani uchun, V6 o‘chirgich o‘chiradi. Bunda qolgan hamma iste’molchilar (shikastlangan liniyadan tashqari) ishlab turadilar.
    Shu misoldan ko‘rinib turibdiki agar nimstantsiya bilan bir necha liniyalar ulangan. bo‘lsa, u holda bir liniyadagi qisqa tutashuvni tanlab o‘chirish, bu pasaytirish stantsiyasini boshqa liniyalar bilan ulanishini saqlab qoladi va iste’molchilarning uzluksiz energiya ta’minotiga sharoit yaratiladi.
    Shunday qilib, tanlovchanlik talabi iste’molchilarning turg‘un energiya bilan ta’minlashning asosiy sharti bo‘lib хizmat qiladi.
    b) Tezkorlik (tezlik bilan o‘chirish).
    Qisqa tutashuvni mumkin qadar katta tezlikda, qisqa vaqtda o‘chirish kerak.
    300-500 kV li EUL da o‘chirish vaqti 0.1-0.12sek
    110-220 kV li EUL da o‘chirish vaqti 0.15-0.3sek
    6-10 kV li EUL da o‘chirish vaqti 1.5-Z sek
    EUQ (elektr uskunalari qoidalari)da ko‘rsatilishicha, agar qoldiq kuchlanish normadan 60% kam bo‘lsa, u holda turg‘unlikni saqlash uchun shikastlanish tez o‘chiruvchi releli himoya yordamida bajarilishi kerak.
    to‘chirish=thimoya+to‘chirgich
    to‘chirish=0,15+0,06 sek

    Tezkor va tanlovchan himoyalarni sozlash juda muhim bo‘lib, bu releli himoyaning asosiy masalasidir.


    v) Sezgirlik.
    Himoya qisqa tutashuv paytida o‘zgarishlarni sezishi uchun o‘rnatilgan zonalarda bir sezgirlikka ega bo‘lishi kerak.
    I himoya (masalan: 1-5 rasmdagi) AB uchastkadagi shikastlanishlarni o‘chirishi kerak (birinchi himoyaning birinchi uchastkasi) va bundan tashqari BV uchastkada qisqa tutashuv bo‘lganda II himoya ishlamasa ma’lum vaqtdan so‘ng ishlashi kerak. Birinchi himoyaning II uchastkadagi shikastlanishga ta’sir javobi uzoqdan zahiralash deyiladi. Keyingi himoyaning uchastkasini zahiralashi muhim talablardan biridir.
    1.5-rasmdagi 1 himoyaning III uchastkada qisqa tutashuv bo‘lganda ishlashi talab qilinmaydi, chunki III uchastkani himoyasi yoki o‘chirgichi ishlamay qolganda II himoya ishlashi kerak. Birdaniga 2ta himoyaning (2ta uchastkadagi) ishlamay qolishi kam ehtimolga ega, shuning uchun bunday hollar bilan hisobga olinmaydi.
    Ma’lum bir tur himoyalar ishlash printsiplariga ko‘ra o‘z ta’sir zonasidan (asosan uchastkasidan) tashqarida ishlamaydilar. Bu himoyalarning sezgirligi 1 uchastkada to‘la ta’minlanishi zarur. 2 uchastkani himoyasini rezervlash uchun bunday hollarda rezerv (qo‘shimcha) himoya qo‘llaniladi.
    Himoyalarning sezgirligi shu darajada bo‘lishligi kerakki, ular tizimlarning minimal rejimlaridagi qisqa tutashuvlarda ham ishlashlari kerak, chunki bu hollarda tokning qiymati juda katta bo‘ladi.
    Himoyaning sezgirligi sezgirlik koeffitsienti bilan хarakterlanadi. Qisqa tutashuv tokini sezuvchi himoyalar uchun sezgirlik koeffitsienti





    minimal rejimdagi qisqa tutashuv toki;
    himoya ishlashi uchun yetarli bo‘lgan tok miqdori.
    g) Ishonchlilik.

    Himoyaning ishonchliligi sхemaning soddaligiga, unda o‘rnatilgan relelar va ularning kontaktlari soniga, o‘rnatilish va bajarilish sifatiga,


    o‘rnatish materiallariga va хizmat ko‘rsatishga bog‘liq. Murakkab sхemalar o‘zlari shikastlanishga sabab bo‘lishi mumkin.



    Download 39,68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




    Download 39,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Andijon mashinasozlik instituti «elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar»

    Download 39,68 Mb.