Avtomobilning turg‘unligi




Download 19.64 Kb.
Sana19.05.2023
Hajmi19.64 Kb.
#61748
Bog'liq
Avtomobilning turg
Djumanazarov Kamoladdin, my future profession, karxanadagi qarim qatnas, using System, 5-mavzu, 1 Amaliy mashg\'ulot, Етакчи тавсияномаси, 4 Hududlar kesimida qishloq xo`jaligi mahsuloti-Продукция сельского хозяйства по регионам, doverennost-general-2, 3-dedline, 1918-1939 YILLARDA FRANSIYANING ICHKI SIYOSATI, The-Magic-of-Nominal-Sentences, Тема 9. Методы, формы и виды контроля результатов обучения информатике и информационным технологиям., kompyuter tarmoqlari 3

 Avtomobilning turg‘unligi
Turg‘unlik deganda avtomobilning surilish, sirpanish, ag‘dari-
lishga qarshilik ko‘rsatish xususiyatlari tushuniladi. Avtomobilning 
bo‘ylama va ko‘ndalang turg‘unliklari bo‘ladi. Bo‘ylama turg‘unlik-
ning yo‘qolishi avtomobillarda juda kam uchraydi, u juda keskin 
nishabliklarda sodir etilishi mumkin.
Shuning uchun avtomobil turg‘unligi haqida gap ketganda, odatda, 
uning ko‘ndalang turg‘unligi ko‘zda tutiladi. Avtomobil ning turg‘unligi 
bir necha ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bulardan asosiysi: aylana 
bo‘lib, harakatlanganda avtomobil surilishiga, (ag‘darilishiga) sabab 
bo‘ladigan eng katta tezlik; g‘ildirakning ko‘ndalang surilishiga sabab 
bo‘ladigan eng katta qiyalik burchak; avtomobilning ag‘darilishi 
boshlanishiga mos keladigan eng katta qiyalik burchak.

45
Yo‘lda harakatlanayotgan avtomobil turg‘unligi ko‘p hollarda, 


uning og‘irlik markazi balandligidan, bazasi, koleyasi, shinalar 
o‘lchami, konstruksiyasi, holati, yo‘lning egrilik radiusi va uning 
yuzasining holati, harakatlanish tezligiga bog‘liq bo‘ladi.
Sirpanchiq yo‘llarda ag‘darilishdan ko‘ra, uning surilishi 
yoki sirpanishi ko‘proq sodir bo‘ladi. Tishlanish sifatlari yaxshi 
bo‘lgan yo‘llarda ag‘darilish holatlari ko‘proq bo‘lishi mumkin. 
Og‘irlik markazi yuqori bo‘lganligi uchun yengil avtomobillardan 
ko‘ra, yuk avtomobillarining turg‘unligi kamroq bo‘ladi. Yuk 
avtomobillari yuklangan sari ularning og‘irlik markazi balandga 
ko‘tarilib, turg‘unligi yomonlashadi. Yuk avtomobili turg‘unligining 
yo‘qolishiga mahkamlanmagan yuklar ham sabab bo‘lishi mumkin.
Burilishlarda mahkamlanmagan yuk yukxonadan siljib, devorga 
urilib, avtomobilning ag‘darilishiga olib kelishi mumkin. Avtomobil 
sisternalari yoki o‘zi ag‘daruvchi avtomobil suyuq (masalan, 
suyuq qorishma) yuklarni tashiganda ham shunday bo‘lishi 
mumkin. Egrilik bo‘ylab harakatlanganda suyuqlik tashuvchi 
avtomobillarning yuki bir devordan ikkinchisiga siljib, chayqalib 
turadi va u avtomobil turg‘unligining yo‘qolishiga olib keladi.
Avtomobilni ishlatish jarayonida o‘zgaradigan ko‘p sonli 
faktorlardan, uning turg‘unligiga asosiy ta’sir qiladiganlari shina 
va tormoz tizimining texnik holatidir. Shina naqshlari yeyilgan 
sari yo‘l bilan tishlanish yomonlasha boradi va tezlikni oshirish 
yoki tormozlashda yonga surilish ehtimoli oshadi. Shina naqshlari 
to‘la yo‘qolgan g‘ildirakning tishlanish koeffitsiyenti, yangisiga 
qaraganda qariyb ikki barobar kam.
Sirpanchiq yo‘llarda surilishning oldini olish uchun ilashish 
mexaniz mini ajratmasdan avtomobilni tormozlash yaxshi samara 
beradi, chunki bunda aylanayotgan yetakchi g‘ildiraklarning 
dvigatel maxovi gi bilan bog‘langanligi ularning blokirovka bo‘-
lishiga qarshilik ko‘rsatadi.
Shibbalangan qorli va sirpanchiq yo‘llarda turumlangan shi-
nalardan foydalanish avtomobil turg‘unligini ancha oshiradi. 
Bunday shinalar bilan sinalgan avtomobilning tormoz yo‘li 2 – 2,5 
baravar kamaygani aniqlangan. Turumlangan shinalar avtomobilni 
barcha g‘ildiraklariga yoki yetakchi g‘ildiraklariga o‘rnatilishi 
kerak. Oldingi o‘qiga o‘rnatilganda har bir tormozlashda orqa 

46
o‘qning yonga surilishi oshib boradi. Yuk avtomobili tirkama yoki 


yarim tirkama bilan ishlatilganda, turumlangan shinalar, birinchi 
navbatda, tirkamaga o‘rnatilishi kerak.
Hozirgi zamon pnevmatik shinalarga sirpanishning oldini olish 
uchun turum o‘rnatiladi. U korpus va o‘zakdan iborat. Korpus po‘lat 
va qo‘rg‘oshin qorishmasidan tayyorlanadi, korroziyaga chidamli 
bo‘lishi uchun oksidlanadi. Ayrim hollarda plastmassadan yasalishi 
mumkin. O‘zak qattiq qotishmadan aylanishga chidamli qilib yasaladi. 
Turumning diametri yengil avtomobillar shinalarida 8 – 9 mm, yuk 
avtomobillarining yuk ko‘tarish qobiliyatiga qarab 15 mm gacha 
bo‘lishi mumkin. Uzunligi protektor qalinligiga qarab 10 – 30 mm. 
Yo‘l bilan kontaktda bo‘lgan shina qismida 8 – 12 dona turum bo‘lishi 
kerak. Turumning chiqib turgan qismi yengil avtomobillarda 1 – 1,5 
mm, yuk avtomobillarida 3 – 5 mm bo‘lsa, yaxshi foyda beradi.
Download 19.64 Kb.




Download 19.64 Kb.