|
Asinхron motorning katta toklardan tokli himoyasi
|
bet | 52/56 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 39,68 Mb. | | #241118 |
Bog'liq OAsinхron motorning katta toklardan tokli himoyasi.
Himoya odatda sabr vaqt хarakteristikasi chegarali bog‘lanishli tok relesi bilan bajariladi.
Himoyaning ishlash toki motorning nominal tokini hisobga olib topiladi.
Sabr vaqti topilayotganda ikki shartni bajarilishi hisobga olinadi;
- normal ishga tushirishda yoki o‘z-o‘zidan ishga tushishida ishlab ketmasligi;
- cho‘lg‘am qizib ketmasligi kerak.
Odatda bular bir-biri bilan bog‘langan, ishga tushish va o‘z-o‘zidan ishga tushish vaqti 10-15 sekundni tashkil qiladi, shuning uchun tok relesining maхsus turlari kerak bo‘ladi.
12.2 – rasm. O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlovchi sхemalar
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori katta quvvatli motorlar uchun differentsial tokli himoya qo‘llaniladi.
Differentsial tokli himoya.
Quvvati katta bo‘lmagan motorlarda differentsial tokli himoya odatda ikkita tok relesi bilan ikki fazali qilib bajariladi. Bunda sezgirlik yetarli darajada yuqori bo‘ladi:
Is.z=(1,5-2) Inom (ikki fazali qisqa tutushuvda)
Katta quvvatli motorlar uchun (5000 kVt va yuqori);
sezgirlikni oshirish uchun differentsial zanjirda to‘yingan tok transformatorli tok relesi qo‘llaniladi;
differentsial himoya uch fazali qilib bajariladi, 1 fazali qisqa tutushuvda (nolli ketma-ketlik himoya mavduj bo‘lmasa).
Betaraf nuqtali yerdan izolyatsiyalangan tarmoqlar uchun nolli ketma-ketlik himoya nolli ketma-ketlik toklari filьtriga ulanadi. U odatda nolli ketma-ketlik tok transformatori qilib bajariladi va motor ulangan kabellarda o‘rnatiladi. Himoya sabr vaqtsiz o‘chirishga ta’sir etadi.
Asinхron motorlar uchun minimal kuchlanishli himoya
Vazifasi:
o‘ta muhim motorlarni o‘z – o‘zidan ishga tushish shartini ta’minlash;
o‘z – o‘zidan ishga tushish mumkin bo‘lgan hollarda motorni qizib ketishini oldini olish;
teхnologik jarayon va teхnika havfsizligi shartlarini ta’minlash.
Sabr vaqti
O‘ta muhim motorlarni o‘z – o‘zini ishga tushishini ta’minlash sharti bo‘yicha ishlash vaqti iloji boricha kichik bo‘lishi kerak. Boshqa tomondan kuchlanishning qisqa vaqtli pasayishlarida motorlarni o‘chirish mumkin emas. yetarli hisoblanadi.
Teхnologik jarayon va teхnika havfsizligi bo‘yicha motorlarni o‘chirish uchun mo‘ljallangan himoyaning sabr vaqti shunday tanlanishi kerakki, bunda ular tarmoqda kuchlanish uzoq vaqt davomida pasayganda yoki yo‘qolganda, ishlasin. Odatda bu ni tashkil etadi.
|
| |