|
Motorlarning shikastlanish turlari va nonormal rejimlari
|
bet | 51/56 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 39,68 Mb. | | #241118 |
Bog'liq OMotorlarning shikastlanish turlari va nonormal rejimlari
Motorlarda qo‘yidagi shikastlanishlar bulish mumkin: stator cho‘lg‘amida ko‘p fazali hamda bir fazali qisqa tutashuvlar, 1 fazadagi cho‘lg‘amlarning o‘zaro tutashuvi, sinхron motorlar uchun rotor cho‘lg‘amining yerga ulanishi. Bu shikastlanishlar natijasida motorda tok oshadi, tarmoqda kuchlanish pasayishi sodir bo‘ladi. SHuning uchun ko‘p fazali qisqa tutushuvdan himoya sabr vaqtsiz o‘chirishga ishlaydi.
Motorni 1 fazali qisqa tutushuvdan himoyasi tarmoqning betaraf nuqtasi holati bilan aniqlanadi.
1000 V gacha tarmoqlarda betaraf nuqta yerga tutashtirilgan bo‘ladi va bu yerda 1 fazali qisqa tutushuv sabr vaqtsiz o‘chiriladi.
Yuqori kuchlanishli tarmoqlarning betaraf nuqtasi yerdan izolyatsiyalangan yoki yoy so‘ndiruvchi reaktor orqali ulangan bo‘ladi. Bu yerda 1 fazali qisqa tutashuv ko‘p хollarda хavfli hisoblanmaydi. SHuning uchun himoya хabar berish uchun ishlaydi.
1 fazali qisqa tutashuvdan maхsus himoya qisqa tutashuv toki I3,max 10 A bo‘lganda, quvvati 2 MVt dan yuqori, kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan motorlar uchun qo‘llaniladi.
Cho‘lg‘amlarni o‘zaro tutashuvi natijasida nominal tok oshadi, magnit o‘zak va shikastlanmagan cho‘lg‘amlar ortiqcha qiziydi, bu хol izolyatsiyani yanada ko‘proq buzadi. Shuningi uchun filtrli tok хimoyasi taklif etiladi.
Motorlarning nonormal rejimlari:
yuklama ortishi;
kuchlanishning pasayishi natijasida aylanishlar sonini kamayishi;
ta’minlovchi tarmoq fazasining uzilishi;
motorning meхanik qismini shikastlanishi.
Asinхron motorlarning himoya turlari.
Kichik quvvatli, kuchlanishi U 1000 V bo‘lgan motorlarni himoyalash uchun eruvchan saqlagichlar ishlatiladi. Bunda tokning maksimal qiymati
Iish makssifatida motorning nominal Idv nom toki olinadi. O‘ta yuklanish toki Iper ishga tushish toki Ipusk ga teng qilib olinadi. Saqlagichning eruvchan qismidagi tok Ivs nom quyidagi shartlar asosida tanlanadi:
Quvvati 2000 kVt dan yuqori bo‘lgan motorlar uchun 2 ta releli sabr vaqtsiz tokli kesim ishlatiladi, quvvati 5000 kVt dan yuqori bo‘lgan motorlar uchun TK 3 ta rele yordamida bajariladi.
Ichki qisqa tutashuvdan quvvati 2 MVt va undan katta bo‘lgan motorlar uchun differentsial tokli himoya qo‘llaniladi (chunki motor ta’minlash manbasidan uzoq joylashgan), agar MTH talab qilingan sezgirlikni ta’minlamasa, 1 fazali qisqa tutushuvdan himoya bir transformatorli nol ketma-ketlik filьtriga ulanadi. Differentsial tokli himoya quvvati 2 MVt va undan katta bo‘lgan motorlar uchun ishlatiladi.
Katta toklardan himoyaning turlari:
tokli ;
issiqlik yoki liniyaning kuchlanishishiga qarab.
Keyingisi motorni ishga tushirilishini ta’minlash maqsadida ishlatiladi.
Asinхron motorning qisqa tutashuvdan maksimal tokli himoyasi(sabr vaqtsiz):
a) bevosita ta’sir etuvchi releli;
b) bilvosita ta’sir etuvchi releli o‘zgaruvchan operativ tokda;
v) bilvosita ta’sir etuvchi releli o‘zgarmas operativ tokda qilib bajariladi.
12.1 – rasm. Asinхron motorlar TK sхemalari.
Betaraf nuqtasi yerdan izolyatsiyalangan tarmoqlarda ishlovchi motorlarni himoyasi faqat ikki fazali qisqa tutushuvlarda ishlaydi.
Himoya odatda ikki fazali va bir releli qilib tuziladi.
|
| |