159
Kuch kabel liniyalari. Kuch kabellari ishlatilishida texnik xizmat
ko‗rsatilishi kerak va ta‘mirlash tadbirlari ularning ishlatilish ishonchligi
ta‘minlanishi lozim.
1000 Vdan yuqori kuchlanishli kabel muftalarini nazorat qilish xar
bir qurilmalarni nazorat qilishda bajariladi.
Suv osti kabellarini qarab chiqilishi energiya korxona bosh
muxandisi belgilagan muddatda olib borilishi kerak.
Davriy ravishda tanlangan holatda nazoratli qarab kabel liniyalari
texnik- muxandislik xodimi olib borishi kerak.
Toshqinlar davrida va jalalardan keyin, bundan tashqari kabel
liniyalari rele himoyasidan uchganida navbatdan tashqari nazorat qilish
olib boriladi.
Barcha nazorat qilishlarda aniqlangan kabel liniyalaridagi jarohatli
buzilishlarhaqida «Nuqsonlar va buzilishlar» kitobiga qayd qilinishi kerak.
Buzilishlar qisqa muddatda bartaraf qilinishi zarur.
Kuch tansformatorlari va moyli reaktorlar. Tansformator va moyli
reaktorlar ishlashida, ularning nuqsonsiz va ishonchli ishlashi quyidagi
yo‗l bilan ta‘minlanishi kerak:
-
o‗rnatilgan chegarali maromli haroratda, kuchlanishida va
yuklama me‘yoriga tug‗ri itoat qilinganida;
-
moy izolyatsiyasi me‗yoriy normada va tavsifi saqlanganida;
-
sovutish qurilmalari ishla yaroqli holatida,kuchlanish rostlanishida,
moy himoyasida va bosh.
Tashqarida o‗rnatilgan tansformatorlar va reaktorlar moy va
atmosfera ta‘siriga bardoshli ochiq ranga, bo‗yalgan bo‗lishi kerak.
Tansformatorlar va reaktorlar ishlatilishida moy aylanishi to‗xtashida
va sovutish suvi yoki ventilyator to‗xtaganihaqidasun‗iy sovutishni
ulamasdan ishga tushirishda sovutish signali ishlab ketishi kerak.
Tansformatorlarni (reaktorlarni) nazorat qilish quyidagi muddatlarda
olib boriladi:
a)
muntazam navbatchilik olib boriladigan qurilmalarda:
bosh elektrstansiya tansformatorlari va podstansiyalarning, asosiy va
zaxiradagi shaxsiy ehtiyoj tansformatorlari va reaktorlar - sutkada 1 marta;
b)
muntazam navbatchi xodimsiz qurilmalarda -kamida oyiga 1
marta, tansformator punktlarida - kamida 6 oyda 1 marta.