162
uchun, izolyatorlar va liniya armaturalari yordamida tayanchlarga, ba‗zi
hollarda kronshteynlarga yoki muxandislik qurilma tayanchlariga
(ko‗priklar, tuto‗n quvurlari, binolar va boshqalar), maxsus moslamalar
yordamida maxkamlanadi.
Havo liniyalarining asosiy elementlari simlar, izolyatorlar, liniya
armaturalari, tayanchlar va poydevorlar hisoblanadi.
Uch fazali o‗zgaruvchan tokli havo liniyalariga uchtadan kam
bo‗lmagan simlar osiladi, bir zanjirni tashkil qiluvchi o‗zgarmas tokli havo
liniyalarida - kamida ikkita sim osiladi.
HL zanjirlar soniga qarab, bir zanjirli, ikki zanjirli va ko‗p
zanjirlilarga bo‗linadi. Zanjirlar soni elektr ta‘minot sxemasi va ehtiyot
talab darajasi bilan aniqlanadi, agar elektr ta‘minot sxemasiga ko‗ra ikki
zanjirli talab qilinsa, u holda alohida bir zanjirli tayanchlarda yoki bitta
ikki zanjirliga osilishi mumkin. Qo‗shni tayanchlar oralig‗i osma sim
(prolet) deb ataladi. Anker turli tayanchli usto‗nlar oralig‗i ankerli bo‗lim
deyiladi.
Elektr qurilmalarini joylashtirish qoidasiga EQTQ (ПУЭ) ko‗ra
ayrim muxandislik qurilmalarini kesib o‗tish (temir yo‗l, ko‗prik va
boshqalar) ankerli tayanchlarda bajarilishi zarur.
Simlar oralig‗i, simlar bilan erlangan tayanch qismlari va simlar
bilan er yuzasi oralig‗i shunday masofaga ega bo‗ladiki, ishchi kuchlanish
HL elektr zaryadsizlanishlar simlar orasida, simlar tayanchga, yerdagi
qurilish va boshqa qisimlarda shikastlanishlar sodir bo‗lish imkoniyati
bo‗lmasligi kerak.
HL ishonchli va xavfsiz ishlatilishiga Qabul qilish, barcha
elementlarda montaj ishlari tugatilgan sharoitda va yana zaruriy texnik
hujjatlar, HL ishlatishga yaroqli guvohnomasi EQTQ talab va shartlari
darajasida bo‗lganida Qabul qilib olinadi.