189
asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Ajratgich - bu
kontaktli kommutatsion apparat, elektr zanjirlarini
toksiz yoki kam tok bilan, o‗chirilgan holatda
izolyatsiyalangan masofa,
kontaktlar oralig‗ida xavfsizlikni ta‘minlash uchun ajratish va ulashga
mo‗ljallangan.
Ta‘mirlash davrida ajratgichlar bilan bo‗limlar orasida ko‗rinishli
oraliq hosil qilinadi. Bu kuchlanish ostida qolgan va ta‘mirlashga
chiqariladigan apparatlarni bir-biridan ajratib turadi. Ajratgichlar bilan tok
ostida ajratish mumkin emas, ular yoyni o‗chirish moslamasiga ega emas,
sho‗nga ko‗ra kontaktlar orasida elektr yoyi hosil bo‗ladi, shu sababli
ajratgichlar, uzgichlar oldindan o‗chirilgan qurilmalar bo‗limlarini ulash va
ajratish uchun foydalaniladi. Ajratgichlarni yuklama ostida ajratish o‗z-
o‗zidan katta nosozliklarga olib kelishiga sabab bo‗ladi.
Statistik
ma‘lumotlarga
ko‗ra
elektr
tarmoqlarida
sodir
bo‗layotgan
nosozlikliklarning 20-30% ajratgichlarni yuklama ostida qayta ulab-
ajratishlar bilan bog‗liq.
Ajratgichlarning tokni o‗chirish miqdoriga o‗ning konstruktiv
tuzilishi (pichoqlarning
gorizontal, vertikal joylashishi), qutblar orasidagi
masofa, qurilma nominal kuchlanishi,
shu sababli ruxsat etilish
operatsiyasi qo‗llanma va direktiv ko‗rsatmalar orqali o‗rnatiladi. Misol
uchun tansformatorlar, kuchlanishii yuklama ostida rostlash YuOR (РПН)
li bo‗lganida, ularni oldin uyg‗onmagan (yuklanishsiz) holatga keltirish
kerak, chunki magnitlanish tez kamayadi. Magnito‗tkazgichda
induksiya
kamayganida, bu keltirilgan kuchlanishga bog‗liq (16.1.1 - rasm).
Bundan tashqari, yuklanishsiz tansformatorlami o‗chirishda avvalo
oldin neytralini ishonchli erlash kerak, agar tansformator nominal ishlagan
holatida neytrali erlanmagan bo‗lsa. Agar tansformator
neytrali reaktor
orqali еrga ulangan bo‗lsa, oldin o‗ni ajratish zarur.