227
kuchlanish chulg‗amlari kuchlanish transformatoriga ulangan.
21-BOB. YUQORI VA PAST KUCHLANISHLI
SAQLAGICHLARNI ISHLATISH.
§21.1. Yuqori kuchlanishli saqlagichlarning turlari.
Eruvchan saqlagich – tok kuchi ma'lum bir qiymatdan oshib ketganda
zanjirni avtomatik o‗chirish operatsiyasini bajaradigan qurilma.
Saqlagichning asosiy elementi bo‗lib, eruvchan o‗rnatma (eruvchan
element),
kontaktli qism, yoyni so‗ndirish qurilma va yoyni so‗ndirish
muhit (21.1.1-rasm).
21.1.1-rasm. Eruvchan saqlagich ko‗rinishi:1 - boltli kontakt;2 - latun vtulka; 3 -
eruvchan o‗rnatma; 4 –fibrali trubka; 5 - latun qopqoq; 6 - mis kontaktli pichoq;
Eruvchan saqlagich turi: inersial va noinersial.
Inersial saqlagichlar
sezilarli qisqa muddatli ortiqcha o‗ta yuklanishlarga bardosh bera oladi.
Noinersial – o‗ta yuklanish xususiyati cheklangan saqlagichlar.
Kvarts saqlagichlarida (ПК) patron kvarts qumi bilan to‗ldirilgan va
yoyni cho‗zish, maydalash va qattiq dielektrik bilan ta‘sir qilish orqali
so‗ndiradi (21.1.2-rasm).