225
Elektr
qurilmalar,
tok
o‗tkazuvchi
qismlar,
izolyatorlar,
maxkamlagichlar,
to‗siqlar,
tutib
turuvchi
konstruksiyalar,
izolyatsiyalovchi va boshqa oraliqlar shunday tanlanishi va o‗rnatilishi
kerakki, bunda:
1) elektr qurilmaning normal ish sharoitida paydo bo‗ladigan
kuchlar, qizish, elektr yoyi yoki boshqa hodisalar (uchqun, gaz chiqishi, va
hokazo) uskunalarni shikastlanishi, KZ yoki
erga tutashishlar paydo
bo‗lmasligi,
shuningdek,
xizmat
ko‗rsatuvchi
xodimlarga
zarar
yetkazmasligi kerak;
2) KZ tasirida yuzaga kelgan elektr qurilmasini normal ish sharoitlari
buzilgan taqdirda, shikastlanishni bartaraf etilishi ta‘minlangan bo‗lishi
kerak;
3) Biror zanjirdan kuchlanish yechilganda,
undagi apparatlar, tok
o‗tkazuvchi qismlar va konstruksiyalarning qo‗shni zanjirlarni normal
ishlashini buzmasdan xavfsiz tekshirish, almashtirish va ta‘mirlash
imkoniyati mavjud bo‗lishi kerak;
4) Uskunani qulay transportirovka qilish imkoniyati mavjud bo‗lishi
kerak.
§20.4. 1 kV gacha kuchlanishli taqsimlovchi boshqarish shitlarni
ishlatish
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‗lgan taqsimlovchi qurilmalar
ishlatilishida quyidagilar belgilanadi:
1.
TQ, ularda o‗rnatilgan asboblar va apparatlar bilan birgalikda,
amaldagi EQTU (PUE) talablariga mos kelishi shart.
2.
Korxonaning TQ
xonalari, kuchlanish ostidagi uskunalari mavjud
boshqa tashkilot xonalariga tutash bo‗lsa, ulardan izolyatsiyalangan
bo‗lishi va alohida qulflanadigan chiqishga ega bo‗lishi shart.
3.
Ishga tushirish-rostlash apparatlarining
va himoya apparatlarining
tok o‗tkazuvchi qismlari bexosdan tegib ketishdan to‗silgan bo‗lishi shart.
Maxsus xonalarda (elektr mashinalar, shchitlar,
stansiya boshqaruvi
xonalarida va sh.u.) apparatlarni himoya qobiqlarisiz ochiq o‗rnatishga
ruxsat beriladi.
20.4.1-rasmda past kuchlanishli taqsimlash qurilmasi shiti keltirilgan