79
Yuklamani uzgichlar ishlab chiqarish korxonalaridan yig‗ligan
ko‗rinishda keltiriladi.
Bu uzgichlarga quyidagilar kiradi: havoli uzgichlar (yoyni siqilgan
havo bilan so‗ndiradigan), avtogazli (gaz bilan yoyni so‗ndirish, yoy
so‗ndirish kamerasidagi narsalarga yoy ta‘siri natijasida organik oyna,
fibra va boshqalar), elektrmagnitli (yoyni magnitda so‗ndirish) va
vakuumli uzgichlar.
Avtogazli
uzgichlar
quvvati
1000
kVA
gacha
bo‗lgan
podstansiyalarda keng qo‗llaniladi, ularning tuzilishi ajratgichlarga
o‗xshash, faqat har bir qutbida plastmassa yoy so‗ndirish kameralari
borligi bilan farq qiladi, yoy so‗ndirish kamera ichida gazni
generasiyalovchi o‗rnatma organik oynaga ega. Yuklamani uzgichlar
qo‗llanilishi yuqori kuchlanishli saqlagichlar , to‗plamsiz umumiy ramada
saqlagichlar bilan o‗rnatiladigan ВНП-16 turli tortib turgichli ВНП-17
turli uzgichlar, eruvchan sim ko‗yganida saqlagich blok kontakt prujinasini
(chiqarib yuboradi) ozod qiladi va oxirida uchchala qutbni bo‗lgich
elektrmagnit zanjirini ulaydi.
Yuklamani uzgichlar qo‗shib o‗rnatiladigan zaminlash pichoqlarga
ega bo‗lishi mumkin (ВНз va ВНПз turli).
Yuklamani
uzgichlar
boshqarilishida
quyidagi
yuritmalar
qo‗llaniladi: ПР- 17 (qo‗l bilan boshqariladi ПРА-17 (qo‗l bilan ulanadi va
o‗chiriladi va masofadan avtomatik ravishda elektrmagnit yordamida
boshqariladi). Yuklamani uzgichlar o‗rnatilishi ajratgichlar bilan bir xil.
Yuklamani uzgichlar elektr zanjirida yuklama ostida va yuklamasiz
1000 V dan yuqori kuchlanishda zanjirni o‗chirishga mo‗ljallangan. Bu
uzgichlar
saqlagichlar
bilan
to‗plamlanadi,
shu
sababli
yuqori
kuchlanishlarda tok yuklamalarini o‗chirilishini ta‘minlaydi.
Uzgichlar quyidagi turlarda ishlab chiqariladi: ВН-16, ВНЗ-16
ВНП-16, ВНПз-16, ВНП-17, ВНПз-17. Harfli belgilanishi: V-uzgich, N-
yuklamali, P- o‗rnatilgan saqlagichli, z-zaminlash pichoqli. ВНП-17,
ВНП-16 dan saqlagich eruvchi simi ko‗yganda, qaysi qutbida ko‗yishidan
qat‘iy nazar uzgich qurilmani, elektr tarmog‗dan ajratadi.