81
pishanglari asosiy pichoqlar ulanganda zaminlash pichoqlar ulanishiga yo‗l
qo‗ymaydi va teskarisi, ya‘ni asosiylari o‗chgandagina zaminlash pichoqlar
ulanadi.
Yuklama uzgichlari o‗chirilishi ПР-17 yuritmada qo‗lda yoki ПРА-
17 da qo‗lda yoki avtomatik ravishda motor orqali erkin ajratgich
mexanizmni boshqarish rele himoyasida masofadan yoki tugmacha orqali
joyida o‗chirish amalga oshiriladi. ВНП larni masofadan boshkarish zarur
bulganda ПС-10 turdagi Elektr magnitli yuritma bilan jihozlanishi
mumkin.
Yuklamani uzgichlar qat‘iy vertikal o‗rnatilishi kerak. Vertikallikdan
og‗ishi va engashishiga yo‗l qo‗yilmaydi. Ramaga o‗rnatib va mahkamlab
bo‗lingach pichoqlarning yoy so‗ndirish bo‗lmali oraliqlarga kirishi va
ishqalanmasdan ulanishi, mexanizmning ishlashini tekirishga kirishiladi.
Ishga tushirishdan oldin hamma mexanik tavsiflar ma‘lumotlari
uzgichni harakatga keltirish yo‗li bilan sinaladi. Buning uchun yuritmada
masofasiz 25 marta qo‗lda o‗chirib va 25 marta masofadan ulab-o‗chirish
operatsiyalari bajarilib tekshiriladi (qo‗lda va avtomatli motorda
masofadan o‗chirib qo‗lda ulash).