93
Montajdan oldin o‗lchov tansformatorlarida, montaj oldi tekshiruv
ishlari olib boriladi. Pasport ko‗rsatkichlariga to‗g‗ri kelishi, farforli
izolyatorlari va ularning armirovkalari
darz ketmaganligi butunligi, nafas
olish qurilmalar nuqsonlari hisobga olinadi; moyning balandlik sathi va
oqmayotgani
tekshiriladi; chulg‗amlarning elektr qarshilik izolyatsiyalari
yuqori va pastki kuchlanishlari o‗zaro va tanaga nisbatan o‗lchanadi;
chulg‗amlar butunligi va tansformatorlar transformasiya koeffisenti
tekshiriladi.
Tok tansformatorlarining qutblari va ikkilamchi chulg‗amlar
uchlarining markalanganiga to‗g‗ri kelishi tekshiriladi.
Agar o‗lchov tansformatorlarning tashqi ma‘lumotlari ma‘lum bo‗lib
va ichki qismlarining o‗lchov natijalariga ko‗ra nosozlikka moyilligi
ko‗rsatilgan bo‗lsa, chiqarib olinadigan aktiv
qismlarini tekshirish uchun
idishdan (bokdan) chiqariladi. Chiqarib olingan qism toza xonada, va 12
soatdan ko‗p vaqt moysiz qolishiga yo‗l qo‗yilmasligi kerak.
O‗lchov tansformatoriarining 6 kV va undan yuqori kuchlanishlilari
atrof muhit harorati 25 С bo‗lganida 6 MOm past kuchlanishlilari
chulg‗amlari o‗zaro va tanaga nisbatan,
yuqori va past kuchlanish
chulg‗amlar oralig‗da, va yuqori kuchlanish chulg‗am va tanaga nisbatan
50 MOm dan kam bo‗lmasligi kerak. Keltirilgan ma‘lumotlar tavsiya
qilinadi deb hisoblanadi, amaliyotda esa EQTQ da o‗lchov tansformatorlari
chulg‗amlarining izolyatsiyasi qarshiligi miqdori me‗yorlashtirilmagan.
O‗lchov
tansformatorlarni
montaj
qilishda
ular
tayanch
kostruksiyalar ustida vertikal va gorizontal o‗rnatilishi ta‘minlangan
bo‗lishi kerak.