5.6.2-rasm. I - kontakt tugunlarida bosimni aniqlash va II - uzgich kontaktlari qarshiliklarini ampermetr-voltmetr usulida o‗lchash usuli: I. a) - barmoqsimonlarda; b) - rozetkalilarda; v) - yon tomonlilarda; g) - cho‗tkalilarda; 1 - harakatsiz kontakt; 2 - harakatlanuvchi kontakt; 3 - dinamometr; 4 - kontakt bosimini o‗lchash uchun moslama; 5 - yordamchi pona; II. 1 - akkumulyator; 2 - reostat; 3 - asbobni qayta ulagich; 4 - rezistor; 5 - asbob shunti; 6 - moyli uzgich. Agar o‗tish qarshiligi me‘yoriy ko‗rsatkichdan yuqori bo‗lsa,
ko‗rsatkich yuqorilik sababi barcha elementlarni tekshirib kontaktlar
tugunlarini nazoratdan o‗tkazilib tekshiriladi. Nuqsoni topilgan qismga
ishlov byerilib rostlanadi, keyin yana qayta o‗lchanadi.
Kommutatsiya
apparatlar
kontaktlari
bilan
metal
ramaga
mahkamlangan, pastki qismiga elektrmagnitli yuritma joylashtirilgan.
Yuqoridagi o‗tuvchi izolyatorlarga harakatlanmaydigan asosiy va
yordamchi kontaktlar va magnitli purkagich yoyni so‗ndirish bo‗lmalari
mahkamlangan. Pastki izolyatorlarda harakatlanuvchi kontaktlar yuritma
va kommutatsiya apparatlar o‗qiga izolyatsiyalangan tortqichlar vositasida
joylashtirilgan.
Bob bo‗yicha nazorat savollari. 1.
Bo‗lgich va qisqa tutashtirgichlar haqida ma‘lumot bering.
2.
Yuklamani uzgichlar haqida nimalarni bilasiz?
3.
Kam moyli uzgichlar haqida nimalarni bilasiz?
4.
Yuklamani uzgichlar montaji qanday olib boriladi?
5.
Elegazli uzgichlar haqida nimalarni bilasiz?
6.
Kuch uzgichlarning yuritmalari haqida nimalarni bilasiz?
7.
Elegazli uzgichlar montaji qanday olib boriladi?
92
8.
Kichik hajmli moyli uzgichlarning yuritmalari haqida nimalarni
bilasiz?
9.
Uzgich yuritmalariga qoʻyiladigan talablar qanday?
10.
Uzgichlar kontaktlarining bir vaqtda ulanib-ajralanishini
roslash qanday bajariladi?