107
TTQ seriyali KM-1da TTQ2-10-20 dagi rele shkaflari qo‗llaniladi.
To‗plamli taqsimlash qurilmalari elektrmagnitli yuritmali ВЭМ-10 turli
uzgichlar TT-2-10 E/E seriyali ishlab chiqariladi. Ular TTQ-2-10-20
kamera bilan birlashishini ta‘minlaydi. VE-10 elektrmagnitli uzgichlar
TTQ va КЭ-10/20
seriyali, КЭ-10/31,5 da yaratiladi. Bunday TTQ lar
sanoat korxonalarida tez-tez kommutatsiyalanadigan elektr qurilmalarida
ishlashga mo‗ljallangan. Ular to‗la izolyatsiyalangan
shinalardan tashkil
topgan, bu ularning yuqori ishonchliligini ta‘minlaydi. Hozirgi davrda
vakuumli va elegazli uzgichlar yoyni so‗ndirish qurilmalari,
moyli
elektrmagnitli va havoli uzgichlarni tobora siqib chiqarmokda. Bu shundan
iboratki vakuumli va elegazli yoy so‗ndirish kamida 20 yilgacha ta‘mir
talab qilmaydi. Moyli va elektrmagnitli uzgichlar esa o‗chirilayotganida
erkin uglerod bug‗ zarrachalaridan ifloslanadi, bundan tashqari izolyatsiya
holati pasayadi, chunki uning yuzasiga nam havo tushadi. Yuqorida
keltirilgan sabablar tofayli har 4 yilda kamida 1 marta yog‗ni almashtirish
zarurati to‗g‗iladi.
Zamonaviy uzgichlar kommutatsiyalash
va mexanik zaxiralari
ta‘mirlanish muddatlar aro foydalanish 15-20 yilni tashkil qilishini talab
qiladi. Bu shartni an‘anaviy yoyni so‗ndirish usullarida bajarish imkoni
yo‗q. Shunga qaramasdan bu uzgichlar hozircha
ishlab chiqarilaveradi,
chunki bo‗larni yaratish ancha oddiy va narxi bir muncha qayta
o‗zlashtirilayotgan havoli va elegazli uzgichlar yaratilishiga nisbatan
sezilarli darajada arzon.