§12.4 Elektr uskunalar ishonchligi ishlatilishga bogʻliqligi




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/199
Sana16.02.2024
Hajmi5,59 Mb.
#157767
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   199
Bog'liq
DARSLIK ETT montaj va ishlatish (6)

§12.4 Elektr uskunalar ishonchligi ishlatilishga bogʻliqligi. 
Elektr qurilma - elektr qurilmalarini himoya qilish va ishlashini 
boshqarish nazorati uchun xizmat qiladi. 
Elektr texnik qurilma - bular ajratish - ulash va himoya qiluvchi 


160 
(kommutatsion) apparatlar. Elektr apparatlar ishlatilish xossalariga ko‗ra, 
yuklanishiga, apparatning asosiy bajaradigan vazifasiga ko‗ra, qo‗llanilish 
sohasiga, qaysi turdagi tokda ishlashi, atrof-muhit ta‘siridan himoyalanishi, 
konstruktiv tuzilishi va boshqa sifatlarga qarab guruhlarga bo‗linadi. Elektr 
apparatlar bajaradigan vazifalariga ko‗ra uch guruhga bo‗linadi: 
kuchlanish tarmoqlarini ulash va ajratish apparatlari (har xil turdagi 
ajratgich va uzgichlar, ajratgich va ayirgichlar, moyli, vakuumli, elektr 
magnitli, HHevmatik havo bosimi ostida,elegazli uzgichlar; 
himoya apparatlari: elektr qurilmalarini qisqa tutashuv va ortiqcha 
yuklanishdan himoya va o‗ta kuchlanishdan himoya (razryadniklar va 
nochiziqli o‗ta kuchlanishdan chegaralovchi) zaryadsizlantirgichlar; 
o‗lchov qurilma apparatlari: kuchlanish va tok tansformatorlari. Bu 
qurilmalarda to‗plamli qurilmalar ham qo‗llaniladi, himoya kommutatsiya 
vazifasini bajaruvchi apparatlar. Misol uchun avtomatik uzgichlar. 
Elektr apparatlarga vazifalariga qarab shartli talablar qo‗yiladi, bu 
ishlatilish va qo‗llanilish talablari. 
Har bir apparat maxsus talablardan tashqari, barcha elektr apparatlar 
kabi, ma‘lum bir umumiy talablarni qoniqtirishi zarur: 
a) 
elektr apparat ishlatilayotganda, o‗ning ishchi yuzasidan yuklama 
toki o‗tadi va tok o‗tkazgich bo‗laklari issiqlik chiqaradi va apparat 
qiziydi. Bu harorat mo‗ljallangan miqdordan, shu apparat va motorlari 
uchun me‘yorlanganidan oshmasligi kerak; 
b) 
har qanday elektr tarmog‗ida me‘yorsizlik (o‗ta yuklanish) va 
nosozlik (halokat) holati qisqa tutashuv jarayoni sodir bo‗lishi muqarrar. 
Bu jarayonda apparatdan o‗tayotgan tok bir necha barobar katta bo‗ladi. 
Apparat bu toklar ta‘sirini keyinchalik ishlatilishiga to‗siq bo‗lmaydigan, 
ya‘ni hech qanday shakl o‗zgarishsiz bajarilishi kerak; 
v) 
tarmoqda ishlatilayotgan har bir elektrapparat ortiqcha kuchlanish 
ostida ishlashiga to‗g‗ri keladi. O‗ning elektr izolyatsiyasi bu kuchlanishlar 
ostida ishonchli himoyalay olishi kerak; 
w) 
har bir elektrapparat ixcham, oddiy va ishlatishga qulay, engil, 
arzon va oddiy tuzilishli bo‗lishi kerak; 
x) 
apparatlar kontaktlari himoyalash va boshqarish tarmog‗idagi 
nosozlik holatlaridagi toklarni va nominal yuklamada ishlatilayotgan 
holatdagi toklarni apparat kontaktlari ulay olishi va ajrata olish 
imkoniyatiga ega bo‗lishi kerak. 
Apparatlarni ishlab chiqarishdagi yuqorida keltirilgan texnikaviy 
yuksalishlariga asosan qo‗llanilayotgan materiallar sifatiga bog‗liq. 
1000 V dan yuqori kuchlanish kommutatsiya apparatlar yuqori 
kuchlanishda ishlatilayotgan, bo‗lgich va o‗lchov apparatlar ajratish 


161 
jarayonida sodir bo‗ladigan tarmoqdagi yuklama ostida ajratganida 
o‗chirish sodir bo‗lishida, apparatlar kontaktlari orasidagi elektr yoyi tez 
o‗chirilishi haqida atroflicha tusho‗nchaga ega bo‗lmasdan ishlatishiga 
kiritilishi mumkin emas. 
Yonuvchi yoy kommutatsiya apparatlarining kontaktlarini kuydiradi 
va muddatidan oldin еmirilishiga olib keladi; ajratish vaqti oshishi 
yonidagi faza tok o‗tkazgichlariga yoki elektr qurilma еrga ulangan 
sirtlariga o‗tib qisqa tutashuvga sabab bo‗ladi, bu esa nosozlik holatini 
yuzaga keltiradi. 
Elektr yoyi, bu gazdagi mustaqil ko‗rinishdagi zaryadsizlanish 
hisoblanadi, zaryadlangan zarrachalar (elektron va ionlar) tashkil qilgan 
oqimi bilan katta zichlikda harakatlanadi, 10000 A/sm
2
va yuqori haroratli 
gazning zaryadsizlanish plazmalari (10000 K gacha). Demak elektr yoyi 
zaryadlangan zarrachalar oqimi hisobiga sodir bo‗ladi. Elektr zaryadlarini 
tashuvchi bo‗lmasa-yoy ham yo‗q. Bu hol yuzaga kelishida ionizatsiya va 
termoionizatsiya to‗qnashishi sabab bo‗ladi (yoki ularning har xil- 
kumulyativligi). 

Download 5,59 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   199




Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§12.4 Elektr uskunalar ishonchligi ishlatilishga bogʻliqligi

Download 5,59 Mb.
Pdf ko'rish